Olim

UMURZAKOV O‘KTAM PARDAYEVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Umurzakov O‘ktam Pardayevich 1952-yilning 20-avgustida Samarqand viloyatida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.



1969-1974 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.



Mehnat faoliyatini 1974-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, Malaka oshirish fakulteti dekani, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash markazi prorektori, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani, Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor,  rektor maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2017-2021-yillar davomida TIQXMII rektori, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati  lavozimlarida faoliyat olib borgan.



1988-yilda «Обоснование и выбор технологических методов повышения работоспособности шестеренных насосов гидросистем с учётом режимов эксплуатatsiи мобилной хлопководческой техники» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.



2003- yilda «Пути повышения эффективности исползования ресурсного потенциала аграрного сектора экономики (на материалах Республики Узбекистан)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.



O‘.P.Umurzakov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 3 ta darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, xalqaro va respublika miqyosidagi jurnallar hamda konferensiyalar ilmiy to‘plamlarida 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, Respublika ilmiy ommaviy jurnallarida va xalqaro indeksiyalashgan Scopus, Web of Science, bazasidagi jurnallarda chop ettirgan. Shu bilan birga, 5 ta patent, 8 ta tavsiyanoma, 10 dan ortiq metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar muallifidir. 2 nafar doktorlik (DSc), 5 nafar nomzodlik va 5 nafar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan 3 nafar doktorlik (DSc) va 9 nafar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan



Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli Ilmiy kengash raisi sifatida ham faoliyat olib borgan.



O‘.P.Umurzakov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, Irrigatsiya va melioratsiya, Moliyachi ma’lumotnomasi, Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana, Sustainable Agriculture, Agroiqtisodiyot, Agro ilm, Business Economics O‘zbekiston Zamini, Agrobiznes inform, FAN VA TURMUSH jurnallari tahririyat a’zosi bo‘lgan.



O‘.P.Umurzakovning tashabbusi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlab chiqarishning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, 15 dan ortiq yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilgan.



Niderlandiyaning Wageningen Universiteti, AQShning Michigan Shtati Universiteti va Mississippi Shtati Universiteti, Slovakiyaning Nitra Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Vengriyaning Obuda Universitetlari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom berish bo‘yicha magistratura va Belorus milliy Texnika Universiteti bilan bakalavriat  qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga quyilgan. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish asosida o‘quv reja va fan dasturlari yangidan shakllantirildi.



O‘.Umurzakov boshchiligida institut ta’lim sohasida respublika va xalqaro maydonlarda ko‘plab yutuqlarga erishmoqda. So‘ngi 3 yilda 96 nafar tadqiqotchi PhD dissertatsiyasini va 17 nafari esa DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib ilmiy darajaga erishdi va institut ilmiy salohiyati 52,4 foizni tashkil etdi. Institutda so‘ngi 3 yilda ilmiy salohiyat 14,7 foizga o‘sdi.



Xalqaro indeksatsiya qilingan Scopus, Web of Science, Science Direct kabi jurnallarda maqolalarni chop etilishida keskin o‘sish bo‘ldi, 2019- yilda 161 ta,   2020 -yilda – 543 ta,  2021- yilda 513 ta maqolalar nashr qilindi.



Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingida 2019-2020-yil umumiy natijalari bo‘yicha 2- o‘rini va muhandislik sohasida eng yuqori ko‘rsatkich          1-o‘rinni egalladi. 2021 yilda esa Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingida  1- o‘rinni egalladi.



Hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jahon universitetlari xalqaro reytingi QS mintaqaviy reytingida 301 o‘rinni va Times Higher Education (THE)  tomonidan o‘tkazilgan xalqaro predmet reytingida 201 - o‘ringa loyiq deb topildi.