Olim

SANAYEV ERMAT SHERMATOVICH

Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent

   Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug’ilgan. 1998-yil Mirzo Ulug’bek nomidagi litsey internatini imtiyozli diplom bilan, 2004-yili Toshkent kimyo-texnologiya institutini magistratura bo’limini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004-yilida “Zebiniso ona” Toshkent qandolatchilik fabrikasining injener-texnologi lavozimida mehnat faoliyatini boshlgan. 2006-2013 yillarda “Agreks food” Toshkent un tegirmonida injiner-texnolog lavozimida ishlagan. 2013-2018 yillarda “Ardent foods” qandolat fabrikasida texnolog lavozimida ishlab, Yevropaning Germaniya, Italiya mamlakatlarida, xususan Rim, Milan, Ferrari, Venetsiya shaharlarida va Turkiyaning Istanbul shahrida tajriba almashinuv dasturlari doirasida faol qatnashib zamonaviy bilim ko’nikmalari va tajribalarini orttirdi. Shuning bilan bir qatorda Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasida oziq-ovqat sanoati mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalar va usullarni ishlab chiqish bo’yich ilmiy loyihalarida (start up) faol qatnashdi. 2019-2020 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi assistenti, katta o’qituvchisi shuningdek doktarantura bo’limining mustaqil tadqiqotchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2021 yilda “Noan’anaviy va tez tayyorlanadigan makaron ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishning innovatsion uslublari” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi va texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) unvoniga ega bo’ldi. 2022 yildan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Go’sht-sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqda.



   Dotsent E.Sh.Sanayev “Tezpishar makaron ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’yicha 2004 yildan buyon to xozirgi kungacha faol shug’ullanib, mamlakatimiz va bir qator xorijiy oliygohlarning taniqli olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yetuk mutaxassis olim sifatida tanilgan. Uning ilmiy ishlari mamlakatimiz va xorijda xususan Italiya, Fransiya, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. E.Sh.Sanayev “O’zbekistonda glyuteinsiz non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’yicha (2021-2023) O’zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar ilmiy grantida ishtirok etmoqda. Dotsent E.Sh. Sanayev ilmiy pedagogik faoliyati davomida –ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan 1ta monografiya, 50 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta darslik,  6 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlagan. Dotsent E.Sh.Sanayev ilmiy pedagogik faoliyati davomida ko’plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Uning shogirdlari bugungi kunda oziq-ovqat sanoatining yirik korxonalarining mutaxassislari, texnologi, etakchi labaranti, texnologik uskunalar operatori shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida, davlat va jamoat boshqaruvning turli boʼgʼinlarida mehnat qilmoqdalar. Hozirgi kunda dotsent E.Sh.Sanayev Toshkent kimyo-texnologiya institutining  “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakultet qoshida tashkil etilgan “Central Asian Food engineering and technology” xalqaro ilmiy jurnalining ilmiy kotibi lavozimida faoliyat olib bormoqda.