F.U.Qodirova 1970-yil 23-dekabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Umumiy o‘rta ta’limni “Oltin medal”ga tamomlagan. Ish faoliyatini 1987-yildan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatida tarbiyachi-enaga lavozimidan boshlagan. 1993-yil Nizomiy nomidagi TDPI Defektologiya yo‘nalishini tamomlagan “Imtiyozli diplom” bilan tamomlagan. 1997-2018-yillar mobaynida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi hodimlarining malakasini oshirish markaziy institutida ishlagan. 2006-yilda “Kar va zaif eshituvchi bolalar so‘zlashuv nutqini rivojlantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009-yilda dotsent unvoniga ega bo’lgan. 2020-yil “Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Xalqaro darajada interfaol usullardan foydalanish va joriy etish bo‘yicha trener.
Chirchiq davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri. Institut huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengash ilmiy kotibi. F.U.Qodirovaning jami 14 ta, jumladan, kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari uchun 12 ta, aqli zaif bolalar maktablari uchun 2 ta darsliklari amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda. U maxsus maktablarda o‘qitiladigan 5 ta fandan davlat talablari, o‘quv dasturlari, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya hamda 130 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etgan. F.U.Qodirova bugungi kunda 7 ta mualliflik patentiga ega bo‘lib, 3 ta mahalliy va 1 ta xorijiy jurnal muharriri hisoblanadi.