Olim

KAMALOVA DILNAVOZ IXTIYOROVNA

Texnika fanlari doktori, dotsent

   Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 1990-yilda Samarqand shahrining Bog‘ishamol tumanida tavallud topgan. Umumiy o‘rta ta’limni Navoiy shahridagi 16-sonli maktabda olgan. Maktabni 2008-yilda imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlagan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 2008-2012 yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakulteti “Fizika va astronomiya” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. U o‘qishi davomida 2009-yilda Kamolot stipendiyasi sovrindori, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, 2011-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi g‘olibi bo‘lgan. 2012-2014 yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Magistratura bo‘limida “Fizika o‘qitish metodikasi” mutaxassisiligi bo‘yicha ta’lim olgan. U o‘qishi davomida 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 2014-2016 yillar davomida Navoiy davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini olib bordi. Faoliyati davomida “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 2017-2019 yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUKda tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul qilingan va samarali ilmiy faoliyati davomida 2019-yilning 2-noyabrida 02.00.07 – “Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi” va 01.04.06 – “Polimerlar fizikasi” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozitsion polimer materiallar ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Negmatov Soyibjon Sodiqovich va texnika fanlari doktori, professor Umarov Abdusalom Vaxitovich ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovnaning buguni kunga qadar Scopus Xalqaro ma’lumotlar bazasidagi hamda turli nufuzli bazalardagi ilmiy-amaliy jurnallarda, Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya etgan ro‘yxatdagi Xalqaro va milliy jurnallarda, Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy, amaliy, nazariy va texnikaviy anjumanlarda 100 dan ortiq ilmiy izlanish natijalari chop etilgan.



   Kamalova Dilnavoz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli guvohnomaga ega 9 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan tasdiqlangan 25 ta elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalari muallifi hisoblanadi. “Jalpi fizika” (Elektromagnetizm) nomli darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4-oktabrdagi №892-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №892-042. “Umumiy fizika fanidan laboratoriya ishlari” (Molekular fizika) nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №110-068. «Лабараторные работы по курсу астраномии» (Obshaya astronomiya) nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №237-014 «Umumiy fizika fanidan laboratoriya ishlari» (Mexanika) nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №233-0115. «Jalpi astronomiya» darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-73. «Mexanika va molekular fizika» nomli darsligi akademik litseylarning chuqurlashtirilgan yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0754. «Optika va atom fizikasi» nomli darsligi akademik litseylarning chuqurlashtirilgan yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0755. «Elektrodinamika asoslari» nomli darsligi Akademik litseylarning chuqurlashtirilgan yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0756. «Astronomiya kursidan amaliy mashg‘ulotlar» (Astrofizika) nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0783. «Umumiy fizika fanidan laboratoriya ishlari» (Elektromagnetizm) nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-784. «Umumiy astronomiya» nomli darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-788. «Mexanika va molekular fizika» nomli darsligi akademik litseylarning aniq fanlar (texnika) yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0793. «Elektrodinamika asoslari» nomli darsligi Akademik litseylarning aniq fanlar (texnika) yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0794. «Optika va atom fizikasi» nomli darsligi akademik litseylarning aniq fanlar (texnika) yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxatga olish raqami №302-0795. Kamalova Dilnavozning hammualliflikda tayyorlagan “Study of the characteristic features of the strongest broadening of the EPR signal in polystyrene-based polymer compositions” nomli monografiya Germaniyaning “LAP. Lambert Academic Publishing” nashriyoti elektron platformasida joylashtirilgan.



   Kamalova Dilnavoz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” DUKda 2019-yil 4-yanvardan jamoatchilik asosida MRT-OT-2019-25 “Разработка новых выбропоглошаюших  полимерных композиционных материалов и  покритий на основе органоминералних ингредиентов и индустриалних отходов производств для изготовления деталей различних машин, механизмов и технологического оборудования, обеспечиваюших снижение шума и улучшение экологической обстановки в производственних помешениях на лно и хлопкоперерабативаюших, металлургических и других предприятих” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy loyihasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. Kamalova Dilnavoz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” DUKda 2019-yil 5-yanvardan o‘rindoshlik asosida IL-432105745 loyihasiga katta ilmiy xodim lavozimiga o‘rindoshlik asosida qabul qilingan va hozirgi kunda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Kamalova Dilnavoz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” DUKda 2020-yil 3-yanvardan o‘rindoshlik asosida F-7-90 loyihasiga katta ilmiy xodim lavozimiga shartnoma asosida qabul qilingan va hozirgi kunda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Kamalova Dilnavoz “International journal of advanced technology and natural sciences” nomli hamda “Science and innovation” nomli Xalqaro jurnallarda va “Ijodkor o‘qituvchi” deb nomlangan milliy jurnalda tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kamalova Dilnavoz “Journal of innovations in scientific and educational research” nomli milliy jurnalda tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritishi bilan bir qatorda ushbu jurnalning bosh muharriri ham hisoblanadi. Kamalova Dilnavoz 2020-yil 28-sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining “Eng yaxshi yosh olimlar – 2020” Xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘lgan va I darajali diplom hamda “Eng yaxshi yosh olimlar – 2020” yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.



   Kamalova Dilnavoz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 2021-yil 28-yanvarda oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” 2021-yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi g‘olibi (ikkinchi kitob) bo‘lgan. D.I.Kamalova 2020-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh ilmiy metodik markazda Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan “Masofaviy ta’limni tashkil etish texnologiyalari”, “English (Beginner)” masofaviy kurslarini, 2021-yilda “Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, matfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari” masofaviy kursini, 2022-yilda “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” masofaviy kurslarini to‘liq o‘zlashtirgan. D.I.Kamalova 2020-yil 20-noyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 9-noyabrdagi 89-03-4514-sonli xatiga asosan ISSN 2181-144X standart raqamli “International Journal of Advanced Technology and Natural Science” Xalqaro ilmiy jurnali hamda “Faol yoshlar va ilmiy izlanuvchilar” jamoatchilik kengashi hamkorligida “Ilm-fan va texnikaning rivojlanishida innovatsion yondashuvlar” nomli ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etib, yuqori saviyada o‘tkazgan. 2021-yil 17-may kuni Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F sonli farmoyishiga asosan “Astronomiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etib, yuqori saviyada o‘tkazgan.



   D.I.Kamalova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonining 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bir mahallaga – bitta ziyoli ma’naviy homiy” tamoyili asosida Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bo‘lib, faoliyati davomida mahalladagi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, ta’lim va tarbiyaviy sohalarda o‘z ko‘magini berib kelmoqda. Ushbu mahallada yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida samarali faoliyat olib borayotganligi uchun mahalla raisi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan. D.I.Kamalova 2021-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi rahbari huzurida 2019-yil 28-avgust kuni o‘tkazilgan 15-sonli majlislar bayoning ijrosini ta’minlash maqsadida “Universitet – maktab – mahalla – oila” modelini yo‘lga qo‘yish maqsadida Navbahor tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan. D.I.Kamalova 2021-yil 31-mart kuni Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 44-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi” ni o‘tkazish bo‘yicha qizlarni odob-axloq qoidalari ruhida tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, hunar o‘rgatish, bandligini ta’minlash kabi ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni ijobiy tajribalarini ommalashtirish, munosib taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Qizlar odobi targ‘ibotchisi” tanlovida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egallagan. D.I.Kamalova iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borishi natijasida, bevosita uning rahbarligida “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi 4-kurs talabasi Botirova Noiba 2020-yilda Respublika fan olimpiadasida “Astronomiya o‘qitish metodikasi” fanidan faxrli 1-o‘rinni egallagan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining I darajali diplomi bilan taqdirlangan. D.I.Kamalova iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borishi natijasida, bevosita uning rahbarligida “Texnologik ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabasi 2-kurs talabasi Ergasheva Durdona 2021-yilda Respublika fan olimpiadasida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan faxrli 2-o‘rinni egallagan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining II darajali diplomi bilan taqdirlangan. D.I.Kamalova ilmiy rahbarligida “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mansurova Shabnam Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasining 2020-2021 yilgi sovrindori bo‘lgan, bundan tashqari “Yil talabasi-2020” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. D.I.Kamalova rahbarligida “Fizika va astronomiya” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Namozova Nilufar Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasining 2021-2022 yilgi sovrindori bo‘lgan. Bulardan tashqari, “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ravshanova Saodat, “Fizika va astronomiya” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ibragimova Nigora, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ergasheva Durdonalar “Yil talabasi-2021” tanlovida turli nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.



   Kamalova Dilnavoz o‘zining tashabbuskorligi, intiluvchanligi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faolligi, kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish ko‘nikmasiga ega ekanligi, yurtimiz tarixini mukammal bilganligi hamda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan chet tillarini (rus va ingliz tillari) puxta egallaganligi muhim ahamiyatga ega. Iqtidorli talaba Ibragimova Nigora va magistrant Botirova Noibalar Xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘lganligida ham ustozining xizmatlari beqiyos. D.I.Kamalova ilmiy rahbarligida “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ibragimova Nigora Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasining 2021-2022 yilgi sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, 2022-yilda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida, Kamalova Dilnavoz 2021-yilning 4-iyun sanasida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Fizik elektronika” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga tasdiqlandi. 2021-yilning 25-noyabr sanasida Innovatsion rivojlanish vazirligida Innoweek-2021 innovatsion g‘oyalar haftaligida doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna nafaqat ilmiy sohada balki, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy sohalarda ham faol hisoblanadi. Buni 2021-yilda o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika ilmiy ma’rifiy ko‘rik tanlovida ishtirok etib, “Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganligidan ham ko‘rish mumkin. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 2021 yilning 26 dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichida “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.



   Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, yurtimiz ravnaqi, uning istiqboli, ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek mehnat faoliyatida hamda ilm-fan sohasidagi ilmiy izlanishlarida yutuqlarga erishayotgan ko‘plab talaba-yoshlar “BEST PUBLICATION” ilmiy tadqiqotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi direktorining 2022-yil 5-may kunidagi №9 sonli buyrug‘iga binoan Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna o‘ziga topshirilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, o‘zining aql-zakovati, bilimdonligi va mehnatsevarligini namoyon eta oldi. U yetuk pedagog va ilmiy xodim bo‘lib, kelajakda soha bo‘yicha masalalarni mustaqil ravishda hal eta oladi. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yolg‘iz ayollarga hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘mak berish, shuningdek o‘zining chuqur bilimi bilan yordamga muhtoj hamda og‘ir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida barchaga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelmoqda. Mahallada istiqomat qiladigan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, hududni obodonlashtirish, yolg‘iz keksalar va nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, yurtimizda kechayotgan og‘ir pandemiya davrida mahallada istiqomat qilib kelayotgan o‘quvchilar bilan Zakovat intellektual o‘yinini tashkil qilib kelmoqda. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati “O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi” ning ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha a’zosi hisoblanadi.



   Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna Navoiy shahar bosqichida “Eng samarali innovatsion loyiha” (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari uchun) nominatsiyasi bo‘yicha I o‘rinni egallagan. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon Fanlari akademiyasi prezidiumining (2022-yil 22-fevraldagi 2/02-2022 raqamli bayonnomasi) qaroriga ko‘ra faxriy akademik ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi 437-sonli qaroriga asosan “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi, ushbu harakatga Navoiy viloyatidan ilm-fan yo‘nalishida Kamalova Dilnavoz ham kiritildi. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna 2020-yildan buyon Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK mustaqil izlanuvchisi bo‘lib qabul qilingan va samarali ilmiy faoliyati davomida 2022-yilning 21-sentyabrida 02.00.07 – “Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi” va 01.04.06 – “Polimerlar fizikasi” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozitsion polimer materiallar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini texnika fanlari doktori, professor Umarov Abdusalom Vaxitovich hamda texnika fanlari doktori, professor Negmatova Komila Soyibjonovnalar ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Bugungi kunda Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna Navoiy davlat pedagogika instituti “Fizika va astronomiya” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori (DSc) hisoblanadi. Bundan tashqari, institut “Yosh olimlar” kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna fidoyi, vatanparvar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglaydigan olima ayol.Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna ikki nafar farzandning onasi. Namunali oila bekasi.