Olim

BABAYEVA DONO RAZZAQOVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor

   Babayeva Dono Razzaqovna, 1968-yil 10-yanvarda Toshkent shahri Sobir Raximov tumanida tug’ilgan. 1985-yil o’rta maktabni imtiyozli, 1992-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim  yo’nalishining kechki bo’limini imtiyozli diplom bilan  bitirgan. 1985-1986 yillarda     Toshkent shahridagi 528-bolalar bog’chasida tarbiyachi yordamchisi bo’lib mehnat faoliyatini boshlagan. 1987-1996 yillarda Toshkent shahridagi 528-bolalar bog’chasi tarbiyachisi lavozimida ishlagan. 1997-1999 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU aspiranturasini tamomlagan. 2000-2001 yillarda    Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha va oila ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi. 2001-2002 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi. 2002-2012- yillarda     Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti. 2012-2018- yillarda Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti. 2018 -2019-yillarda  Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi professor v.b. 2020-yildan boshlab Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan. Dissertatsiyani 2001 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika fanlari nomzodi darajasini beruvchi K.067.18.03 raqamli ixtisoslashgan ilmiy Kengash yig’ilishida “Tevarak-atrofni o’rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirish” mavzusida 13.00.02 o’zbek tilini o’qitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha himoya qilgan. 2005-yil  O’zbek tili o’qitish nazariyasi va uslubiyoti ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 03 № 004980 .2020-yilda 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. 05 № 003423.



   Professor  Babayeva Dono Razzaqovna “Nutq o‘stirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi 2009-yil, “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” nomli darsligi 2018-yil, “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” elektron darslik № DGU 08008 2020-yil, “Bolalarni nutq o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanma 2020-yil, “Doshkolnaya pedagogika” nomli o’quv qo’llanma 2020-yil, “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” nomli o’quv qo’llanma 2021-yil, “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalar” nomli o’quv qo’llanma 2022-yil,  “Bolalarninig ijtimoiy moslashuvi’ nomli o’quv qo’llanma 2022-yil, “Nutq o’stirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli darsligi 2022-yil, “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” nomli darslik, “Tevarak-atrofni o’rganishda maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’lanishli nutqini o’stirish” mavzusidagi monografiyasi nashir etildi. Hozirgi kunda professor D.R.Babayeva  Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”  kafedrasi professori  lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. Uning rahbarligida kafedrada “Ilmiy-uslubiy” seminar olib boriladi hamda  doktarantlarga, ilmiy tadqiqotchilarga rahbarlik qiladi. Professor D.Babayevaning kafedradagi faoliyati davomida 1ta monografiya, 6 ta o’quv qo’llanma 3 ta darslik , 1 ta elektron darslik  va bir qancha uslubiy qo’llanmalari  bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari hamda magistratura bosqichlari uchun tayyorlangan. Respublikamizdagi ilmiy jurnallarda 126 dan ortiq ilmiy maqola materiallari, xorijiy jurnallari va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarida Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda to’plamlarida  maqolalari va tezislari nashrdan chiqqan. Babayeva Dono Razzaqovna 2011-yilning “Eng yaxshi guruh murabbiysi”, 2015-yilda “Oliy ta’lim muassasasininig eng yaxshi pedagogi”  tanlovininig universitet bosqichida pedagogika ta’lim sohasida, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi pedagogi” nominatsiyasida, 2017-yilda “Olima” uyushmasining, “Ilm yulduzlari” intellektual ko”rik tanlovining “Olima ayol” tanlovining g’olibi, 1-darajali diplom, 2017-yil “Eng mohir pedagog” nominatsiyasi bilan taqdirlandi, 2019-yil “Eng yaxshi darslik” tanlovida 2-o’rin g’olibi, 2021-yilda O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoat ishlarida faolligi va ta’lim tizimidagi samarali mehnatlari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi, “Eng fidoyi” ustoz nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Babayeva Dono Razzaqovna fakultetda “Sharqona oila bekalari” ma’naviy hamda  “Talaba tadqiqotchi”  ilmiy to’garaklariga rahbarlik qilib  kelmoqda. U ustoz-shogird an’analariga rioya qilish bilan birga maktabgacha ta’lim sohadagi islohatlar, oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi borasida olib boriladigan ishlar bo’yicha  yoshlarga maslahatlar berib kelmoqda. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimedia ta’lim resurslaridan,  nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining elektron resurslaridan (www.harvard.edu, www.westminster.ac.uk, www.ox.ac.uk, www.uclan.ac.uk, www.uma.es, www.upmf-grenoble.fr) va mahalliy elektron resurslaridan (www.edu.uz, http://uzedu.uz, www.ziyonet.uz, www.bimm.uz, www.tdpu.uz, www.tuit.uz) keng foydalanadi. Shuningdek, D.R.Babayeva samarali ilmiy faoliyat olib borish bilan bir qatorda XTB, RTM, TDPU, TVDPI, TVPQTMO hamkorligida tashkil qilingan “Mahorat maktabi” o’quv seminarida maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha mas’ul sifatida qatnashib keldi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyi, Toshkent pedagogika kolleji,  Yangiyo’l tumani xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji, Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi, Uchtepa tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi, Toshkent shahridagi 530-183-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini olib borgan.



   U kafedra professor-o’qituvchilari bilan mazkur akademik litseyda kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli tadbirlar, davra suhbatlari, treninglar tashkil etishgan. Jumladan, 2017-yil 25-aprelda Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni ota-onalari uchun yaratilgan 5 nomdagi qo’llanma asosida bolalarni oilada maktab ta’limiga tayyorlash” mavzusidagi o’quv-seminar, 2017-yil 17-yanvarda Yakkasaroy tumanidagi 530-Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’limni boshqarishga innovatsion yondashuv” mavzusida seminar-trening,   Yangiyo’l tumani xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’qituvchilari uchun “Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ahamiyati”  mavzusida o’tkazilgan ilmiy-amaliy seminar, 2017-yil 9-martda Uchtepa tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kun davomida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilayotgan o’yin va o’yinchoqlar va ularni bolalarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishdagi ahamiyati” mavzusida o’tkazilgan. D.R.Babayeva ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda ishtirok etib kelmoqda. Faoliyati davomida 80ga yaqin kurs ishlari, 50ga yaqin bitiruv malakaviy ishlari va 18dan ortiq magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan. 2017-yil 30-mayda Nizomiy nomidagi TDPUda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”  Davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, fidoiy xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi ayollar o’rtasida o’tkazilgan “Ilm yulduzlari” IV Respublika intellektual ko’rik  tanlovining universitet bosqichida “Eng mohir pedagog”, “Yilning eng yaxshi darsligi” nominatsiyasida diplom bilan taqdirlandi. D.R.Babayeva davlat grantlari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarishda faol ishtirok etgan, u psixologiya fanlari doktori, professor Z.Nishonova rahbarligidagi A1-16 raqamli amaliy loyiha doirasida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan. Mazkur loyiha doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy o’yinlarning ahamiyati («Maktab va hayot» jurn., 2017-yil, 3-son. 19-20 betlar); Nutqni rivojlantirish vositalari va usullari (“Maktabgacha ta’lim” jurn., 2017-yil, 8-son, 14-16-betlar) nomli maqolalar nashr etilgan. Shu bilan bir qatorda  D.R.Babayeva fakultet Kengashi va fakultet o’quv-uslubiy kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.



   D.R.Babayeva xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasalari miqyosida tashkil qilingan konferensiya, seminar va anjumanlarda faol ishtirok qilib keladi. Jumladan,  “Malaka oshirish tizimida boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish: muammo va yechimlari” mavzusida  o’tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari  hamkorligida  bolalar nutqini o’stirish yo’llari” nomli maqolasi bilan;  Toshkent shahrida o’tkazilgan “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo’nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiyada “Oila va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida bolalar nutqini o’stirish yo’llari” nomli maqolasi bilan; 2018-yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan "Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar» mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiyada «Maktabgacha yoshdagi bolalarninig nutq madaniyatini rivojlantirish mazmuni» nomli maqolasi bilan, 2019-yilda Musiqiy ta’limning pedagogik, psixologik va falsafiy talqini” mavzusida,  2019-yilda “Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorini rivojlantirish: yangi shakillar va ta’lim mazmuni”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgan va ishtirokchi Sertifikatiga ega bo’lgan. 2017-yil 3-yanvardan 2017- yil 28-fevralgacha TDPU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida  Pedagogika va psixologiya qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatdi (MA № 006561. 28.02.2017 y. Reg.№ 781). 2021-yil 3-martdan 31-martgacha  TDPU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida  Pedagogika va psixologiya qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatdi (MA № 028414. 3.03.2021 y. ). Professor D.R.Babayeva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko’plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.  Uning shogirdlari bugungi kunda oliy, o’rta maxsus va xalq ta’limida, davlat va jamoat boshqaruvning turli bo’g’inlarida mehnat qilmoqdalar.