Olim

DEXKONOVA MA’MURA ULMASOVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.

   Dexkonova Ma’mura Ulmasovna 1964-yilning 17-oktabrda Farg‘ona viloyati Qо‘qon shahrida tug‘ilgan. Dexkonova Ma’mura  Farg‘onali viloyati Qо‘qon shahri xalq ta’limi bо‘limiga qarashli 29-о‘rta ta’lim maktabini 1982-yili tamomlab, Y. Oxunboboyev nomidagi Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining Tо‘qimachilik ta’lim yо‘nalishiga о‘qishga qabul qilingan. Dexkonova Ma’mura  institutga о‘qishga kirgan paytidan boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi yosh talaba sifatida о‘zini kо‘rsatib, fakultetning faol talabalaridan biri bо‘lib kelgan. O‘quv jarayonlarida ham barcha fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirib, o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimlarni egallaganligi sababli o’z faoliyatini 1989-yilda Toshkent shahar   56-chi  hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish ta’limi ustasi  sifatida boshlagan. 1991-yilda О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta instituti uslubchisi, о‘quv bо‘limi boshlig‘i, о‘qituvchisi, katta о‘qituvchi, kafedra mudiri bо‘lib ishlagan. 2006-yilda  О‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi О‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish bо‘limi yetakchi eksperti lavozimida ishladi. 2010-yilda  Toshkent temir yо‘l muhandislari institutining “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti,  2020-yilda  О‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi “Ta’lim texnologiyalari” kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan.



   Bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika unversitetining “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasida dotsenti lavozimida faoliyat kо‘rsatmoqda.  Uning tashabbusi bilan xorijda  4 ta seminar treninglar, jumladan 2001 yilda “Ta’sis” loyihasi doirasida “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” tashkillashtirilgan.  2001-2003  yillarda  “Osiyo taraqqiyot banki”ning  “Ta’lim samaradorligini oshirish yо‘llari”, “Baholash metodlari”, “Kadrlar tayyorlash falsafasi” loyihalarida trenerlik qilib boshqargan.  Loyihalarda trener, bosh trener, regional koordinator bо‘lib faoliyat olib borgan. 2002-2003-yillarda esa multiplikator, trenera - multiplikator, moderator  “GTS-Germaniya texnikaviy hamkorlik” loyihalarida vazifalarini bajargan. 2003-2005-yillarida  “Kasb-hunar kollejlarida о‘quv ishlarini tashkil etish muammolari” va  “Kasb-hunar kollejlarida о‘quv ishlarini tashkil etish va me’yoriy hujjatlarini bir tizimga solish” direktorlari uchun о‘quv seminarlarini tashkillashtirgan. 2004-yilda  Avstraliya,  Malaziya  va Indoneziya kabi davlatlarda tajriba almashish va malaka oshirgan.  2011-yilda “Iste’dod” jamg‘armasida, Davlat va jamiyat qurish akademiyasida “Boshqaruv” bо‘yicha malaka oshirgan. 2017-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan. 2010-2011, 2011-2012, 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019-о‘quv yillarida institut miqyosida tashkillashtirilgan “Pedagogik texnologiyalar” bо‘yicha seminar-treninglarda trener, moderator bо‘lib ishtirok etgan. Dexkonova Ma’mura Ulmasovna bugungi kunda 150 tadan ortiq ilmiy ishlarning muallifidir. Uning ilmiy maqolalari “Ta’lim texnologiyasi”, “Xalq ta’limi”, “Kasb-hunar ta’limi”, “Ilm sarchashmalari”, “International Journal of Recent Technology and Engineering”, “Jour of Advanced Research in Dynamical & Control Systems”, “International Research Journal of Human Resource and Social Sciences”, “Sciences of Europe” kabi jurnallarda nashr etilgan.