Olim

AXMEDOVA MUKARRAMXON TURSUNALIYEVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b

   Axmedova Mukarramxon 1969-yilning 2-fevralida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. O‘rta maktabni bitirib, 1992-1998i yillarda - Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi, 1994-2001-yillarda - Qo‘qon shahridagi 22 - o‘rta maktab o‘qituvchisi, keyinchalik  Qo‘qon shahridagi respublika yengil sanoat kasb-hunar kollej o‘qituvchisi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti “Ta’lim standartlari nazariyasi va metodikasi” bo‘limi ilmiy xodimi,  O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti “Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti “O‘quv-metodika” bo‘limi inspektori va “Pedagogik texnologiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasining katta o‘qituvchisi.



   Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasining   pedagogika fanlari nomzodi, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasining dotsenti. Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasining dotsenti, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasining dotsenti,  2021 y.  -  h.v. - Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda dotsent M.T.Axmedova doktorlik dissertatsiya mavzusi ustida faoliyat olib bormoqda. M.T.Axmedova 90 ga yaqin ilmiy jurnallarda maqolalar yozgan. “Journal of Pedagogical Inventions and Practices” xalqaro miqyosdagi ilmiy bazalarga kiritilgan ilmiy jurnalga tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 60ga yaqin OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda va 2ta Scopus, 12 ta xalqaro nufuzli jurnallarida, 30 ta Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida ilmiy maqolalar nashr qilgan. 2 ta “Tibbiy ta’limda neyropedagogika va neyropsixologiya asoslari” va “Bo‘lajak tibbiyot xodimlarining konfliktologik madaniyatini rivojlantirish” nomli monografiyalar chop etgan. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari loyihalari bo‘yicha ishchi guruh a’zosi. O‘quv-uslubiy ishlardan “Pedagogik konfliktologiya” fanidan Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, darslik shuningdek, “Pedagogik va psixologik konfliktologiya”, “Umumiy pedagogika” nomli darsliklar hamda “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fanidan Magistratura ta’lim yo‘nalishi uchun darsliklar muallifidir. “Pedagogik kompetentlik”, “Neyropedagogika”, “Pedagoglarda kasbiy sifatlarni shakllantirish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etgan. “Pedagogik konfliktologiya fanidan mustaqil ta’limni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma chop etgan. M.T.Axmedova ma’naviyat va ma’rifat ishlarida ham faol bo‘lib, Xalqaro, Respublika, TTA miqyosida bir qator tadbirlar tashkil qildi. Dotsent O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.