Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna 1974-yil 13-martda Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Shoberdi qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1991-yil Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Shoberdi qishlog‘idagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabini kumush medal bilan tamomlab Toshkent davlat pedagogika institutining Tabiyot fanlari fakultetiga o‘qishga kirgan.
2006-yilda “Biologiya darsliklari o‘quv materiallarini loyihalashning didaktik asoslari” mavzusida 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 2018-yil “Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish” mavzusida 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. G.Ergasheva rahbarligida 30 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlar, 15 nafar magistrlik dissertatsiyalari; 6 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) o‘z ilmiy ishlarini himoya qilgan. Ayni vaqtda 2 ta fan doktoriga ilmiy maslahatchi va 15 dan ortiq p.f.f.d. (PhD) bo‘yicha tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. O‘z izlanishlari davomida G.S.Ergashevaning xorijiy, respublika jurnallarida, ilmiy to‘plamlarida va konferensiya materiallarida 110 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari; 20 dan ortiq metodik, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklari chop etilgan. O‘zROO‘MTV tomonidan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar uchun nashr guvohnomalari va mualliflik guvohnomalariga ega. Oilali 4ta farzandi bor.