Artikova Hafiza To‘ymurodovna Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasi professori biologiya fanlari doktori. 2021 yildan buyon Buxoro davlat universiteti kafedrasi professori. H.T.Artikova shu davr mobaynida butun kuch-g‘ayratini pedagogik sohaga, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilashga safarbar etib kelmoqda. H.T.Artikova pedagogik sohaga, qishloq xo‘jaligi sohasiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlari sohasida ham ma’lum darajadagi ishlarni bajarib, 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘ldi. H.T.Artikova o‘z mehnati jarayonida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yosh mutaxassislarni tayyorlash ixtisosli fanlarni o‘qitish metodologiyasini yangilash, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda xorijiy tajribadan keng foydalanish kabi ishlar bilan shug‘ullanmoqda. H.T.Artikova tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlari natijalari ilmiy seminarlarda muntazam ravishda muhokama etilib, nufuzli milliy va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. U yangilikga intilish, mehnatsevarlik, kamtarlik fazilatlari tufayli universitet jamoasi hurmatiga sazovordir. Universitetda ishlash jarayonida H.T.Artikova qishloq xo‘jaligi sohasi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil ravishda ilmiy ishlar bajarishga layoqatli yosh mutaxassis va ayni paytda uning ilmiy qiziqish ko‘lami kengayib bormoqda.
H.T.Artikova ayni paytda universitetning barcha jamoat ishlarida ham muntazam qatnashib kelmoqda. H.T.Artikova kamtarin shaxs, mohir pedagog, jonkuyar ustoz, sofdil, intizomi va madaniyati yuksak inson. Jamoat o‘rtasida esa izlanuvchan, talabchan rahbar. O‘z vazifasini vijdonan bajaruvchi rahbar sifatida universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida alohida hurmat-e’tiborga sazovordir. H.T.Artikova doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish, siyosiy ijtimoiy va ilmiy metodik saviyasini yuksaltirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, vijdonan va mas’uliyat bilan xizmat qilib kelmoqda. H.Artikova oliy ta’lim tizimida yuksak iste’dodi, kasbiy mahorati, jonkuyarligi, izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi bilan salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. Buni uning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hammualliflikda tayyorlagan va vazirlik grifi asosida chop etilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan “Tuproq biologiyasi” (2014) to‘liq namoyon eta oladi.
H.T.Artikova taniqli tuproqshunos olima, oliy ta’lim sohasida ko‘p yillik tajribaga ega fidoyi ustozlardan biri sifatida mamlakatimizda ilm-ma’rifatni rivojlantirishga, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, ilmiy saviyasini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. H.T.Artikova vatanparvar va fidoyi ustoz murabbiy sifatida o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi bilan uyg‘un bog‘lagan holda talaba va magistrlarga saboq berish barobarida iqtidorli yoshlarni ilmga yo‘naltirib, hozirgacha tuproqshunoslik fanining dolzarb ilmiy muammolari tadqiqi bo‘yicha 2017-2021 yillar davomida 8 nafar shogird tayyorlab kelmoqda.
H.Artikova 1997 yil tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish davlat institutining sirtqi aspiranturasiga o‘qishga kirib «Buxoro vohasi Shoxrud kanali atrofidagi tuproqlarning sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi» mavzusida ilmiy tekshirish ishlarini olib bordi. Bu ishlar natijasida, 2005 yilda “Buxoro vohasi tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi” mavzusida 03.00.27-Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik himoyasini, 2019 yilda “Buxoro vohasi tuproqlarining evolyutsiyasi, ekologiyasi va tuproq unumdorligini oshirish” mavzusida fan doktori dissertatsiyasini Tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat institutida muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda u o‘zining ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. U 100 tadan ortiq ilmiy ishlarni chop qilib, Xalqaro, Respublika va Buxoro yosh olimlar anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqda. H.Artikova universitetning jamoat ishlarida ham yetakchi bo‘lib, 2005 yildan 2011 yilgacha universitet Xotin-qizlar kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu davr ichida viloyat ishchi guruhlarida, shahar voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasida faol ishtirok etdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida universitet, vazirlik miqyosida o‘z takliflari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, universitetdagi o‘quv jarayoni, tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, mehnat va ijro intizomi borasida samarali ishlarni amalga oshirgan. 2007 yil Buxoro viloyatida Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan (Special Olimpics) xalqaro olimpiada o‘yinlari davomida imkoniyati cheklangan bolalarga yaqindan turib yordam berganligi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlar yordamini faol tashkil etganligi uchun taqdirlangan. 2007 yil 29 dekabrda №1093 raqamli tabiiy fanlar konsepsiyasi va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirgan. Viloyat tomonidan tashkil etilgan rahbarlik lavozimlariga zahira ro‘yxatlariga kiritilgan nomzodlarni o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quvga ishtirok etgan hamda 2008 yili 5 mart kuni sertifikat berilgan. 2009 yil 15 iyundan 19 iyungacha “Yuksak ma’naviyatli shaxsga qo‘yiladigan talablar majmui” kursida qatnashganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazining №1583 raqamli sertifikatini qo‘lga kiritgan.
X.T.Artikova ilmiy rahbarligida O‘zbekiston davlat yer loyihalash instituti Buxoro filiali bilan hamkorlikda 1:10000 masshtabli tuproq sho‘rlanish xaritasi tuzilib, ishlab chiqarishga tavsiya qilingan. 20 nafar iqtidorli talabalar hamda 31 ta malakaviy bitiruv ishi dolzarb mavzularda tadqiq qilingan. H.T.Artikova 2011 yil 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi farmoniga binoan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Fakultetdan iqtidorli talabalari Akramova Moxina “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi universitet bosqichida faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritishda, talabalar o‘rtasida blib o‘tadigan “QVZ” va shunga o‘xshash tanlovlarning faol targ‘ibotchisi sifatida jamoada hurmat e’tibor qozondi. So‘nggi uch yilda fakultet talabalaridan Talabalar Respublika Fan olimpiadalarida faxrli 1 va 2 o‘rinlarni egallashda va Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiatlari Halimova Shoxina, (2019 yil), Xudoyberidiyeva Sabina (2020 yil) Atoyeva Ruxsora (2021 yil) lar g‘oliblikni qo‘lga kiritishda H.Artikovaning xizmatlari beqiyos. 2012 yilning 16-17 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash-mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Ushbu konferensiya materiallari bo‘yicha talaba-yoshlarga ma’ruzalar tashkil etdi. H.T.Artikova doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish, siyosiy ijtimoiy va ilmiy metodik saviyasini yuksaltirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, vijdonan va mas’uliyat bilan xizmat qilib kelmoqda.