Maraximov Avazjon Raximovich, 1960- yil 9 - oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.
1968 - 1978 - yillarda Uchko‘prik tumanidagi 24 - o‘rta maktabda o‘qigan, 1983- yilda Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) amaliy matematika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha “Muhandis-matematik”, texnika fanlari doktori, professor. Isroil davlati Xalon texnologiya universiteti va Yaponiya Soka universiteti Faxriy professsori hamda Yevroosiyo universitetlari rektorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. Qoraqolpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi.
Mehnat faoliyatini 1984 - yilda Toshkent politexnika institutida boshlagan. Dastlab ilmiy xodim, muhandis, katta muhandis (1984-1988), keyinchalik “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti (1988-2001) lavozimlarida ishlagan.
2001-yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyatini davom ettirgan: “Tarmoq texnologiyalari” kafedrasi mudiri (2001-2002) va “Informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektor” lavozimlarida (2002-2004) faoliyat olib borgan. 2004-2006- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Informatsion texnologiyalar va masofaviy o‘qitishni rivojlantirish boshqarmasi” boshlig‘i, 2006-2010- yillarda vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2010-2012- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziri lavozimda faoliyat yuritgan. 2012-2016- yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Boshqarishda axborot texnologiyalari” kafedrasi professori vazifasida ishlagan.
2016-2021- yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2021- yildan hozirgi vaqtgacha Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Avaz Raximovich Maraximov axborot texnologiyalari va boshqarishning intellektual tizimlari sohasida yirik mutaxassislardan biri hisoblanadi. 120 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, jahonning 30 dan ortiq yetakchi jurnallarida ilmiy maqolаlari, 5 ta monografiya va 3 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan.
A.Maraximov O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizim ishlab chiqish va tadbiq etishda hamda Respublika ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni va boshqaruvida axborot texnologiyalari rivojlantirishga yo‘naltirilgan, iqtidorli talaba, mustaqil izlanuvchi va doktorantlarning ilmiy-ijodiy faoliyatiga yordam beradigan 5 ta qoidani o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishida faol qatnashgan, intellektual tizimlar va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya bilan o‘zaro hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Bulardan tashqari A.Maraximov tomonidan quyidagi ishlanmalar yaratilgan va amaliyotda qo‘llanilgan:
A.Maraximov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, 2018-2019- yillarda Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati; 2019-2020- yillar Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati; 2021- yildan hozirgi vaqtgacha Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi deputati sifatida faol ishlar olib bormoqda.
Oilali. 5 nafar farzandi bor.