Olim

TADJIYEV ANVAR YULDASHEVICH

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

   Tadjiyev Anvar Yuldashevich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent, International Academy of natural historiy Doctor of science, honoris causa, Rossiya tabiiy bilimlar akademiyasi professori. 1977-yil 21-martda Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy shaxrida tug’ilgan. 1994 yilda o’rta maktabi tamomlagan. 1996-2000 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriat, 2002 yilda esa magistratura bo’limini paxtachilik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. A.Yu.Tadjiyev o‘z mehnat faoliyatini 1995 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Gidromexanizatsiya” ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna daryo ishchisi bo‘lib ishlashdan boshlagan. 1996-2000 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Agronomiya fakultetida tahsil olgan. Talabalik yilarida Universitet miqyosida o‘tkaziladigan turli xil madaniy va ma'rifiy tadbirlar doirasida o‘tkaziladigan yig‘ilish va anjumanlarda faol ishtirok etgan. Agronomiya fani bo‘yicha o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Bu davrlarda A.Tadjiyev mikrobiologiya va biotexnologiya, tuproqshunoslik va agrokimyo laboratoriyalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarin yanada mustahkamlagan.



   2000-2002 yillarda shu oliygohning magistratura bo‘limida Paxtachilik mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim olib, O‘zbekiston paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (O‘zPSUEAITI) da professor Sh.N.Nurmatov rahbarligida “Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning S-6524 va S-4910 navlarining suv va oziqa me'yorini o‘rganish” mavzusidagi magistrlik ishini bajardi. Bu davrlarda o‘z sohasining yetuk fan arboblari akad. Q. Mirzajanov, prof. A.E.Avliyoqulov, G.A.Bezborodov, Sh.N.Nurmatov, Sh.J.Teshayev, Sh.Abduolimov kabi olimlardan fanning sir asrorlarini o‘rgangan. 2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti Tuproq mikrobiologiyasi laboratoriyasida aspiranturada tahsil olib, “Bug‘doy rizosferasining fosfor parchalovchi mikroorganizmlarini ajratish, o‘rganish va amaliyotda qo‘llash” mavzusida ilmiy izlanishni b.f.d. G.I.Djumaniyazova rahbarligida olib borgan va 2010 yilda ilmiy ishni muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu davrlarda mikrobiologiya va biotexnologiya sir asrorlarini mamlakatimiz va MDHning yirik ilm-fan nomoyondalari akademik T.F.Aripov va M.E.Mavloniy, professorlar Q.Davranov, I.Djumaniyazov, Dj.Kutliyev, T.G.Gulyamova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjibayeva, M.Sagdiyeva, G.I.Djumaniyazova hamda yosh olimlar B.Yusupov, A.Maxsumxanov, O.Pulatova, B.Alimova, M.Mamiyev, S.Egjimov va A.Xujakulov kabilardan o‘rgangan.



   2010-2011 yilda Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti Umumiy biolgiya kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2011-2012 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman hokimligi “Iqtisodiyot” bo‘limining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassisi, so’ngra esa I-darajali mutaxassisi va bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2013-2014 yillarda Urganch davlat universiteti “Barqaror taraqqiyot va ekologik ta'lim kafedrasi” o‘qituvchisi, 2014-2015 yildan shu kafedraning mudiri lavozimida o’z faoliyatini olib borgan. 2015-2017 yillarda “Tuproqshunoslik” kafedrasi mudiri lavozimida so‘ngra esa kafedra dotsenti sifatida o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan. 2018 yil sentyabrdan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarin saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi hamda Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2020 yildan hozirgi kungacha Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Biotexnologiya kafedrasida dotsent lavozimida o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirib yoshlarni ilmga chanqoq qilib tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. A.Yu.Tadjiyev universitetning ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tadbirlarida tashkilotchiligi va faolligi bilan ajralib turadi. 2020 yilda Rossiya Federativ Respublikasining International Academy of natural History xalqaro tashkiloti Prezidumi tomonidan  Doctror of sciense, honoris causa darajasi berilgan. 2021 yil 12 yanvarda esa Rossiya tabiiy bilimlar akademiyasi Prezidumi qarori bilan professor ilmiy unvoniga tasdiqlangan. 2022 yildan Qoxira (Misr Arab Respublikasi) Xalqaro paxta tadqiqotchilari assosiatsiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



   A.Yu.Tadjiyev mikrobiologiya, biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi doir 60 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublikamizning OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarida, Respublika hamda xorijiy davlatlarning simpozium va konferentsiyalarida muhokama qilingan Rossiya, Frantsiya, Ispaniya, Polsha va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarda chop etilgan.  Ayni paytda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi va biotexnologiyalarni taraqqiy ettirish, ilm-fanni yanada rivojlantirish va yosh kadrlarni tayyorlash borasida faol ishtirok etib magistrlik ishlariga rahbarlik, PhD ilmiy ishlariga ilmiy opponentlik hamda taqrizchi sifatida o’z bilim va ko’nikmalari bilan yoshlarni ilm yo’lida tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Ilmiy pedagogik foaliyati davomida 1 ta monografiya, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 5 ta uslubiy tavsiyanoma, 5 ta uslubiy ko‘rsatma va 5 ta ilmiy-amaliy qo‘llanmalari nashr etish bilan birga darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish borasida qizg’in ish olib bormoqda. Faoliyati davomida bir qator xo‘jalik shartnomalari va DITD doirasida loyihalar ishtirokchisi sanaladi. A.Yu.Tadjiyev o‘z kasbiga mehr bilan yondashadigan, to‘g‘riso‘z, izlanuvchan, tirishqoq va talabchan mutaxassis sifatida jamoa mehrini qozongan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.