Hamidova Muhayyoxon Obidovna, 1972 yil 1 dekabrda Namangan viloyati Uychi tumani Yorkatay qishlog‘ida, ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1979 yilda Namangan viloyati Uychi tumani Yorkatay qishlog‘idagi 11-o‘rta maktabining 1-sinfiga o‘qishga borib, 1989 yilga qadar ushbu maktabda o‘qidi va o‘rta ma’lumotga ega bo‘ldi. 1989 yilda Namangan davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, 1994 yilda tamomladi va o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi kvalifikatsiyasiga ega bo‘ldi ( № 063302 raqamli diplom). 1994 yil 2 sentyabrdan Namangan davlat universitetining o‘zbek adabiyoti kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 1996 yilning 2 sentyabridan Namangan davlat universitetining o‘zbek adabiyoti kafedrasining stajor - tadqiqotchi o‘qituvchisi sifatida ilmiy faoliyatini boshladi.
1996 yil dekabr- 1999 yil dekabr oylari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi aspiranturasida o‘qidi va “Hozirgi o‘zbek adabiyotida milliy qahramon muammosi (Shukur Xolmirzayev ijodi misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (01 №006923 raqamli diplom).
1999 yil dekabr - 2001 yil avgust oylari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi bo‘limiga kichik ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi. 2001 yil avgust - 2020 yil Namangan davlat universitetida turli lavozimlarda ishlab keldi (boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi - 25.08.2001; mazkur kafedraning katta o‘qituvchisi - 2.09.2002; mazkur kafedraning dotsent vazifasini bajaruvchisi - 06.05.2003; dotsent - 2.04.2007; kafedra mudiri- 15.11.2012; dotsent-17.12.2013; kafedra mudiri -15.05.2019; dotsent-16.03.2020; boshlang‘ich ta’limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor v.b.-02.10.2021).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2006 yil 23 fevraldagi 122/1-bayonnomasi bilan dotsent ilmiy unvonini oldi (03 № 005148 raqamli diplom). 2021 yil 2 oktabrdan boshlab Namangan davlat universitetining boshlang‘ich ta’limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor v.b. lavozimida ishlab kelmoqda. “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Ona tili”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “Ona tili nazariyasi va amaliyoti”, “Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti”, “Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi”, “Notiqlik san’ati” kabi fanlardan ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish bilan birga, fakultetda ijodkor talabalar uchun tashkil etilgan “Ilhom chashmalari” to‘garagi rahbari sifatida ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garak a’zolarining “Bunchalar shirinsan hayot”, “Ikki yo‘l”, “Baxt sururi”, “Onamdayin bo‘lolmas hech kim”, “Qidir meni orzularingdan...”, “Chashma” kabi she’riy to‘plamlari matbuotda chop ettirildi. Unga biriktirlgan iqtidorli talabalardan Umarova Ziyoda Ahat qizi Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’sis etilgan “Kamolot stipendiyasining 2015, 2016 yildagi sovrindori bo‘ldi. Sultonov Shohruh Rahmon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy Davlat stipendiyasining 2020-2021-o‘quv yilgi tanlovi g‘olibi hamda bakalavriat uchun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasini 2021/2022 o‘quv yili tanlovi sohibi bo‘ldi.
Shu kunga qadar 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari ilmiy jurnallar, Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallarida, jurnallarida chop etilgan. “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti”, “Ona tili nazariyasi va bolalar adabiyoti” nomli darsliklari, “Bolalar adabiyoti fanini o‘qitishda badiiy obraz tahliliga o‘rgatish”, “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Notiqlik san’ati”, “Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari, “Munaqqid saodati (filologiya fanlari doktori, akademik Baxtiyor Nazarov hayotiga chizgilar)”, “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash maskani” nomli risolalari, “Hozirgi o‘zbek adabiyotida milliy qahramon muammosi (Shukur Xolmirzayev ijodi misolida)”, “O‘tkir Hoshimov nasrining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi”, “Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Shukur Xolmirzayev ijodini o‘rganish”,“Shukur Xolmirzayev nasrining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi” nomli monografiyalari, “Bolalar adabiyoti va folklor”, “Ona tilidan mashqlar to‘plami”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “Jahon bolalar adabiyoti”, “Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish”, “Boshlang‘ich sinflarda Po‘lat Mo‘min va hayoti va ijodini o‘rganish”, “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida yozuvchi shaxsini o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish”, “Ona tili fanidan mashqlar to‘plami”, “Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanidan o‘quv materiallarini loyihalash” nomli uslubiy qo‘llanmalari, “Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish va himoya qilish”, “Iqtidorli talabalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”, “Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodi”, “Sulton Jo‘ra va Hakim Nazir ijodi”, “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari to‘plami” nomli uslubiy ko‘rsatmalarini chop ettirdi. Ayni paytda “Shukur Xolmirzayev nasrining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.