Olim

TESHABOYEV RUSTAM DADADJONOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

   Teshaboyev Rustam Dadadjonovich  1946 -yil 20- martda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan.1963 -yili 5-sonli o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan. Shu yili Toshkent politexnika institutiga o‘qishga kirgan.1968 -yili shu institutning qurilish fakultetini bitirib, yo‘llanma bilan Farg‘ona politexnika institutiga assistant - o‘qituvchi  vazifasiga ishga kelgan. 1969 - yili harbiy xizmatga chaqirilgan. 1971-1974- yillarda Moskva injener-qurilish institutida  aspiranturada tahsil olgan va 1975 - yili texnika fanlari nomzodi dessertatsiyasini yoqladi. 1975 - yili Farg‘ona politexnika institutining “Sanoat va grajdan qurilishi” kafedrasi mudiri vazifasiga saylangan. 1976- yildan 1998 -yilgacha Qurilish fakultetining kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarida dekan lavozimida ishlagan. 1997 -yili Toshkent Arxitektura–qurilish institutidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash Ilmiy kengashda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini muvoffaqiyatli himoya qildi. Qurilish mavzusiga doir 130 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etilgan, uchta monografiya, oltita o‘quv darslik va qo‘llanmalar muallifi. Ikki chaqiriq Qirguli tuman va Farg‘ona shahar kengashi deputatligiga saylangan.



   1998- yildan 2005- yilgacha FarPI ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari prorektori vazifasida ishlagan. 2005 -yil 23- iyuldan Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetining Farg‘ona Filiali direktori lavozimida ishlagan. 2001 - yili “O‘zbekiston Respublikasining 10 yilligi”, 2006 - yili “O‘zbekiston Respublikasining 15 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. 2011 - yili 22 - dekabrda  Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida  respublika miqyosida xizmat safarida vafot etgan.