Olim

ADIZOV BAXTIYOR RAHMANOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Baxtiyor Rahmanovich Adizov 1960-yil 16-noyabr kuni   Buxoro tumanidagi Kulonxona qishlog‘ida dehqon oilasida tavvallud topdi.



1978-yil tumandagi Alisher Navoiy nomidagi 4-sonli maktabni a’lo baholarga bitirgan, 1979-yili Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetiga o‘qishga kirdi.  



1983-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatib,  o‘sha yildan boshlab institutning  Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida pedagoglik faoliyatini boshladi.



1985-1987-yillarda  Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti stajor-tadqiqotchisi, 1987-1990-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti, 1991-1993-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich sinflar pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 1993-1995-yillarda Buxoro davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi dotsenti, 1995-1997-yillarda Buxoro davlat universiteti  Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, 1997-2007-yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti dekanining o‘quv ishlari buyicha muovini, 2007-2012-yillarda  Buxoro davlat universiteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2012-yildan  Buxoro davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri,  2012-yilning noyabridan Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.



 B.R.Adizov ilmiy izlanishlari davomida 150 dan ortiq ilmiy ishlari chop qilindi. Jumladan, 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (“Ona tili didaktikasi”, “Didaktika”, “Umumiy didaktika”, “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari”, “Ta’lim texnologiyasi”), 130 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari respublika va chet el jurnallarida hamda ilmiy konferensiya materiallarida chop etildi.



 Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etish nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, o‘z ilmiy maktabini yaratdi. Ustoz rahbarligida 2 nafar fan doktori, 10 nafar fan nomzodi tayyorlandi. Bundan tashqari, B.R. Adizov rahbarligida universitetda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining pedagogika va psixologiya fanlaridan zaruriy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Pedagogik mahorat” jurnali nashr etilib kelmoqda. Ushbu jurnalning bosh muharriri sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.



B.R.Adizov qator yillar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi pedagogika fanlari  doktori  ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha D.113.20.01 raqamli Ixtisoslashgan ilmiy kengashga hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Ilmiy kengashga a’zo sifafida ishtirok etdi.



 2019-yil 30-dekabrdan Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03./30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi, shu qaror bilan  Termiz davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli ilmiy kengash a’zosi, yana shu qaror bilan Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli ilmiy kengash a’zosi va shu kengash huzuridagi ilmiy seminar a’zosi, Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.



B.R.Adizov bugungi kunda didaktika sohasida qator tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati ta’lim muassasalarida oʻqitish sifatini yaxshilash sohasida alohida izlanish olib bordi.



B.R.Adizov rahbarligida “Oila–maktab–universitet” konsepsiyasini ishlab chiqildi.



B.R.Adizov rahbarligidagi Buxoro davlat unversiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish  mintaqaviy markazi o‘tgan  vaqt davomida  mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan  mintaqaviy markazlarning  norasmiy ravishdagi tayanch  ta’lim muassasasiga  aylandi.  Ustoz B.R.Adizov mamlakatimizning didaktika fanining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlardan biri sanaladi. Chunonchi, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning samaradorligini oshirishga doir tadqiqotlari tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.



B.R.Adizov mintaqaviy markaz direktori sifatida xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirish va ilgʼor xorijiy taʼlim markazlari va tashkilotlari bilan taʼlim, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar doirasida tajriba almashish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yil Rossiya Federatsiyasining Kazan Federal  universiteti, Qozogʼiston Respublikasining Janubiy Qozogʼiston pedagogika universiteti, Muxtor Аvezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston davlat universitetlari bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilgan.



B.R.Adizov 2 doktorlik, 10 dan ortiq fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga rahbarlik qilganlar va ular diplomlarini olgan. Hozirgi kunda 15 nafar tadqiqotchilarga ilm yo‘lida yordam berib kelmoqdalar.