M.R.Bakiyev 1947-yil 5-iyulda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1964-yili maktabni oltin medal bilan tamomlab, shu yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutiga o‘qishga kirib, 1969-yili “Gidrotexnika qurilishi” fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Injener gidrotexnik. 1969-1973- yillarda aspiranturada tahsil oldi. 1971-72- yillarda Harbiy xizmatda bo‘lgan. 1973-yili Gidrotexnika inshootlari kafedrasi assistenti lavozimiga ishga taklif qilingan. 1974-yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan.
1975-1980-yillari Gidrotexnika qurilishi fakulteti dekani muovini vazifasida ishlagan. 1980-1981 yillari Moskva shahrida Maxsus chet tillar kursida o‘qigan va un aʼlo baholarga tugatib 1981-1984-yillar Mali Respublikasida xizmat safarida bo‘lgan va Politexnika qishloq xo‘jalik institutida Gidrotexnika fanidan fransuz tilida dars bergan. Shu davrda institut talabalari uchun fransuz tilida “Ouvrages hydrotechniques” darsligini chop qilgan. 1992-yilda unga professor unvoni berilgan va shu yili Moskva shahrida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.
Institutda Gidrotexnika qurilishi fakulteti partiya byurosi raisi, institut partiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1985-1992- yillarda Gidravlik izlanishlar xalqaro assotsiatsiyasi (MAGI) milliy qo‘mitasi aʼzosi, 1992-2011-yillarda MGU qoshidagi MDH davlatlararo ilmiy-koordinatsiya kengashi aʼzosi,1993-2000-yillarda TIQXMMI qoshidagi K120.06.02 Ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi, 1998-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi OAK texnik ekspert kengashi aʼzosi, 1999-2015- yillarda “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi ekspert kengashi ekspert guruhi aʼzosi, 2000-2005-yillarda TIMI qoshidagi K120.06.02 birlashgan ixtisoslashgan kengash raisi, 2005- yilda TIMI qoshidagi K120.06.02 birlashgan ixtisoslashgan kengash aʼzosi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
2000-2003-yillarda “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i, 2003-2004 yillarda “Magistratura” fakulteti dekani, 2004-2008-yillarda “Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakulteti dekani, “Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab, qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shgan.
Uning tashabbusi va rahbarligida 4 ta bakalavriat va 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayoniga “Gidrotexnika inshootlari ishonchliligi”, “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi”, “Selga qarshi va o‘zan rostlash inshootlari”, “Gidrotexnikada ilmiy tadqiqot” yangi fanlar kiritildi, hamda u tomondan namunaviy va ishchi fan dasturlari ishlab chiqilgan. “UZGIP” va Suvxo‘jaliknazorat inspeksiyasida kafedra filiallari tashkil qilinib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘langan darslar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi, tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlik rejalari tuzilib, ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda. Ilmiy maʼruzalar bilan xalqaro, MDH, Respublika va institut miqiyosidagi kongress, simpozium va konferensiyalarda qatnashgan.
Qator xalqaro grantlar sovrindori, shular jumlasidan AQShning qishloq xo‘jaligi departamenti PL-480 loyihasi, Yevropa hamjamiyatining TEMPUS xalqaro magistratura dasturi, Jahon banki granti, Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi bo‘yicha xo‘jalik shartnomalariga rahbarlik qilib, institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va kafedra professor-o‘qituvchilarini qo‘shimcha ish haqi olishiga ko‘maklashib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan 2008-yilda homiy tashkilotlar hisobiga
G binoning 3 qavati taʼmirdan chiqarildi. Bakiyev M.Rning yaratgan ilmiy maktabi izlanishlari yo‘nalishlari va olingan natijalari quyidagilardan iborat:
Ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha yangi konstruksiyalar Amudaryoda (149 Damba), Sultonsanjar to‘g‘oni drenaj tizimi ishini tiklashda (2014) ishlab chiqarishga va o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan.
Uning magistranti «Kelajak ovozi» Respublikasi yoshlar tanlovi g‘olibi (2012), ilmiy izlanuvchi – tadqiqotchi shogirdi bilan birgalikda bajarilgan ishlanmalari “IX innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika tanlovida qatnashib Faxriy yorliq bilan taqdirlangan (2016).
M.R.Bakiyev “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura davlat taʼlim standartlarini tayyorlashga maʼsul xodim sifatida oliy taʼlimni isloh qilishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasi bo‘yicha o‘quv-metodik birlashmaning «Gidrotexnika inshootlari va ulardan foydalanish» sho’basi raisi sifatida ishlagan, hozirda ixtisoslashgan kengash raisi muovini, institut kengashi, “O‘zbekgidroenergo”AJ soha bo‘yicha Ilmiy texnik kengashi aʼzosi, Qurilish vazirligida loyihalar eksperti. Sardoba suv ombori avariyasi sabablarini aniqlash bo‘yicha DXX tomonidan tuzilgan ishchi guruh azosi sifatida faoliyat olib borgan.
M.R.Bakiyev ilmiy va ilmiy-metodik ishlarni muvoffaqiyatli olib borib 500 dan ortiq ilmiy ish chop ettirgan, shu jumladan fransuz tilida “Gidrotexnika inshootlari” darsligi, 15 ta darslik va 12 ta o‘quv qo‘llanmasi, 7 ta monografiya, 6 ta maʼruzalar to‘plami, 6 ta mualliflik guvohnomasi, 7 ta patent, 14 ta O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tavsiyanomalar, 42ta chet el jurnallaridagi maqolalar. “Gidrotexnika inshootlari” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida II o‘rin (2009), “Gidrotexnika inshootlarini loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi I o‘rin (2015) bilan taqdirlangan. 2023-yilda 3 tomlik Gidrotexnika inshootlari darsligi chop qilindi.
M.R.Bakiyev rahbarligida 21 ta nomzodlik, PhD va 3 ta doktorlik dissertatsiyasi yoqlangan, shu jumladan 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi Fransiyaning Bordo 1 universiteti bilan xalqaro hamkorlikda bajarilgan hamda Fransiya va O‘zbekiston diplomlari olingan, hozirgi paytda 2 nafar doktorantga va 3 nafar mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalari kabi taʼlim-tarbiya ishlarida erishilgan yutuqlarga munosib hissa qo‘shganligi uchun, 1994 yilda “Suv xo‘jaligi aʼlochisi” ko‘krak nishoni, 1998 yilda “Shuhrat” medali, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 va 25 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi 25 va 30 yilligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 2000 yilda unga “Qoraqolpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berilgan.
Bakiyev M.R oilali, uchta farzand, to‘qqizta nevara, uchta evarasi bor. Turmush o‘rtog‘i Polvonova Raʼno o‘zbek tili o‘qituvchisi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, ikkinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston xalq maorifi aʼlochisi va “Xalq talimi fidoyisi” ko‘krak nishonlari sovrindori.