Olim

ERGASHEVA YULDUZ ALIMOVNA

Tarix fanlari doktori, professor

Yulduz Ergashevaning xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi, institut rahbariyati, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan bir necha bor Faxriy Yorliqlar bilan taqdirlangan. 1999-yili Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni, 2016-yil O‘zbekiston Respublikasi 25 yilligi, 2017-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasi 25 yilligi ko‘krak nishonlari, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi 30 yilligi, 2022-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi ko‘krak nishonlari hamda 2020-yil “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.



       Yu.Ergasheva 1963-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. U 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.



U 1990-yilda O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ta’limini rivojlanishi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 1998-yilda O‘zbekiston madaniyati: holati, rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. (50-60 yillari) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.



   Umumiy mehnat staji - 38 yil. Respublika “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi,   “Yurt kelajagi” va Zulfiya nomli davlat mukofoti tanlovining viloyat hakamlar hay’ati a’zosi, 2012 yildan Qashqadaryo “Olima” uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



Yu.Ergasheva 1985-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (Hozirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti) “O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi” kafedrasi oʻqituvchi lavozimida boshladi. U 1992-1993-yillari Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi assistenti, 1993-1995 yillari O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 1995-1997-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti doktoranti, 1997-2000-yillari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 2000-yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.



        Yu.Ergasheva yurtimizning taniqli va obro‘li tarixchi olimalaridan biridir. U O‘zbekiston tarixi va madaniyati sohasida 320 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan: 3 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 16 ta monografiya, 7 ta risola, 2 ta ma’ruzalar matni, 17 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatmalar, 26 ta xalqaro anjuman maruzasi, 3 ta grant (loyiha) muallifi. Monografiyalari Angliya va Hindistonda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Qozogiston, Qirgiziston ilmiy jurnallarida chop etilgan. 



   So‘nggi uch yil ichida Yu.Ergasheva  tomonidan 3 darslik, 6 ta o‘quv va 4 ta uslubiy qo‘llanma, 3 risola, 6 ta monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan 27 ta maqola xorijiy nashrlarda chop qilgan. Shu jumladan, Forobiy nomli Qozog‘iston Milliy Universiteti professori bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning buyuk diniy allomalari (Velikiye religiozniye deyateli Sentralnoy Azii) mavzusida o‘quv qo‘llanma chop ettirilib,  ikki mamlakat o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.



Yu. Ergasheva Qashqadaryo viloyatida birinchi fan doktori, professor ayoldir. Olima ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘quv jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda olib borishga qaratadi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Har yili kafedrada uning rahbarligi ostida O‘zbekiston tarixining muammolari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi.



Jumladan, u 12 ta respublika ilmiy konferensiyasi, 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va 1 ta xalqaro ilmiy seminar hamda 2 ta mintaqaviy ilmiy seminarlarga tashkilotchilik qildi va 16 ta ilmiy to‘plamlarni chop ettirishga muvaffaq boldi. So‘nggi uch yil ichida 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya, xususan 2020 va 2021-yillarda Koronavirus pandemiyasi sharoitida xalqaro onlayn konferensiyalar (7 ta Yevropa va MDH davlatlaridan olimlar ishtirok etdi), 2022-yilda esa xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etdi.



        Uning rahbarligida O‘zbek davlatchiligi, shaharsozligi va madaniyati tarixida Qarshi shahrining o‘rni mavzusida amaliy loyiha (umumiy qiymati 22,0 mln. som), XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi mavzusida fundamental tadqiqot loyiha (umumiy qiymati 39,0 mln. som), Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti mavzusidagi O‘zR FA FTQF (umumiy qiymati 4,0 mln. som) loyihalari bajarilgan. 2017-yil sentabr oyida Globalistika-2017 xalqaro Kongress doirasida tashkil etilgan YUNESKO maktabida Ijtimoiy fanlardan malaka oshirib, Sertifikat bilan taqdirlangan. Olima viloyat OTMlarni ilmiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib xissasini qo‘shmoqda. Uning ilmiy rahbarligi ostida 2 fan doktori (DSc), 18 ta fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), 4 ta magistr tayyorlandi.



So‘nggi uch yil ichida uning rahbarligida 2 ta fan doktori (DSc), 12 ta falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalar shogirdlari tomonidan tarix fanidan himoya qilindi. Hozirgi vaqtda uning rahbarligi ostida 3 ta tadqiqotchi fan doktori (DSc), 5 ta falsafa (PhD) doktorlik va 4 ta magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. U o‘qitishning ilgor pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi va milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari bilan uygun bog‘lagan holda talabalarga saboq beradi, hamda oquv jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar asosida yangiliklar bilan boyitishga harakat qiladi. 2019-yildan O‘zMU huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli Ilmiy Kengash, SamDU huzuridagi PhD.31.01.2019.Tar.02.10 raqamli Ilmiy Kengash azosi, TerDU huzuridagi PhD. 03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy Kengash rais o‘rinbosari hamda 2021-yildan QarDU huzuridagi PhD.03/27.02.2021. Tar.70.05 raqamli Ilmiy Kengash  a’zosi, uning qoshida Ilmiy seminar raisi sifatida tarix sohasidagi ilmiy ishlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, yaratilgan ilmiy ishlarni dolzarbligini baholashda faol ishtirok etib kelmoqda. 



       Olima pedagogik faoliyat bilan birga jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi. U Sho‘rtangazkimyo majmuasi, Sho‘rtan neft-gaz masuliyati cheklangan jamiyati va Muborak gazni qayta ishlash zavodi bilan xojalik shartnomalari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boradi. U institutning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etadi va ustoz-murabbiy sifatida talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib boradi.



Yu. Ergasheva Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari kengashining deputati (2014 y., 2019 y.) etib saylangan. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati sifatida 2015 –yildan hozirgi vaqtgacha fuqarolar murojaatiga muvofiq deputatlik so‘rovi bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, saylovchilarni muammolarini hal etishda amaliy yordam berib kelmoqda. Jumladan, saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda Prezident qaror va farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, saylovchilarni qiziqtirgan muammolar yuzasidan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda. O‘zi saylangan okrugdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi, harbiy qismlardagi saylovchilarning muammolari bildirilgan murojaatlariga asosan deputatlik so‘rovi bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, mavjud muammolarni ijobiy hal qilishda jonbozlik qilmoqda.



      U xalq deputatlari viloyat kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi sifatida joylarda xotin-qizlar va yoshlarga oid masalalarni hal qilishda amaliy ko‘mak berib kelmoqda. U oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, huquqiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, iste’dodli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish o‘zining bor aql-zakovati, bilim va tajribasini, tashkilotchilik qobiliyatini qaratib kelmokda, hamda Xizmat-beminnat mavzusidagi loyihada, Oilaga ma’rifat ulashib mavzusidagi va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.



U ibratli oila bekasi, fidoyi, kamtarin inson, jonkuyar olima, ustozlik va ilmiy ijodkorlik qobiliyatlari bilan respublika  ziyolilari orasida alohida hurmat qozongan.