Gaibnazarova Zumrat Talatovna, o‘zbek, 1981-yil Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Oilali, 2 farzandning ziyoli onajonisi va suyukli ayol.
2002-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Menejment yo‘nalishini (bakalavr) imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2004-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Innovatsion menejment yo‘nalishini (magistr) darajasini imtiyozli diplom bilan tugatishga muyassar bo‘lgan.
Nomzodlik dissertatsiyasini 2012-yilda Toshkent moliya instituti huzuridagi D.067.60.01 raqamli Ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Innovatsion investitsiyalashtirish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari” mavzusida 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Z.T.Gaibnazarova 2015-yilda Muhandislik ta’limi dasturining sifati va akkreditatsiyasi bo‘yicha Xalqaro ekspert etib tayinlangan.
2017-yildan 2021-yilgacha MANEB Xalqaro Akademiyasining muhbir a’zosi sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.
2017-yilda “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi va berildi.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatligi saylovida nomzod sifatida qatnashdi va hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi hisoblanadi.
2021-yildan esa MANEB Xalqaro Akademiyasining Akademigi sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Doktorlik dissertatsiyasini 2021-yilda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengashda “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga ta’siri” mavzusida 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
2022-yilda “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni tasdiqlandi va berildi.
2023-yildan hozirga kungacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Fundamental iqtisodiyot" kafedrasi professori lavozimida o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyatini jo‘shqin olib bormoqda.
2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining 2021- yil 30 dekabrdagi 247-son buyrug‘iga asosan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha “Iqtisodiyot” sohasi Eksperti sifatida ish olib bormoqda.
Z.T.Gaibnazarova 2019-yildan Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligining Oliy ilmiy tekshirish institutining “Sotsialno-trudoviye issledovaniya” nomli Ilmiy-amaliy jurnalining va G.V.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining “Nauka i praktika” nomli Ilmiy-analitik jurnalida tahririyat a’zosi sifatida ilmiy faoliyatini olib bormoqda.
2019-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasidagi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar” nomli Ilmiy-metodologik va ilmiy-uslubiy jurnalining tahririyat a’zosi hisoblanadi.
2021-yildan AQSHning Nyu York shahrida ro‘yxatdan o‘tgan ISSN Print: 2376-659X, ISSN Online: 2376-6603, http://www.sciencepublishinggroup.com/j/eco, Economics (ECO) jurnalida tahririyat a’zosi hisoblanadi.
Uning olib borayotgan pedagogik, ilmiy-tadiqiqot va amaliy ishlari Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Italiya, Belgiya, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida o‘tkazilgan va tashkil etilgan xalqaro miqyosidagi konferensiya hamda seminarlarda ma’ruza qilingan va chop etilgan.
Bugungi kunda Xalqaro ko‘rsatgichlar ma’lumotlariga ko‘ra i.f.d., prof. Zumrat Gaibnazarovaning ilmiy maqolalariga iqtiboslar ko‘rsatkichi xalqaro ma’lumotlar bazalarida https://www.researchgate.net/-3, https://scholar.google.com/-5, https://www.scopus.com/-1, https://elibrary.ru/ - 25 ni tashkil etmoqda.
Zumrat Talatovna tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida mahalliy va xorijiy jurnallarda hamda xalqaro va respublika konferensiyalarida 150 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan. Shuningdek, 4 ta monografiya ilmiy doiralardagi tadqiqotchilar foydalanishlari uchun tayyorlab nashr etilgan.
Zumrat Gaibnazarovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarida Iqtisodiyot yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha taxsil oluvchi bakalavriat hamda magistratura talabalari foydalanishlari uchun 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘lanma, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta darslik va 2 ta elektron darslik kabi o‘quv-uslubiy ishlari nashr etilgan.
Z.T.Gaibnazarova 2012-2016-yillar davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida 530326-TEMPUS-1-2012-1-IT-TEMPUS-SMGR “QUEECA - Markaziy Osiyoda muhandislik ta’limi sifati” deb nomlangan loyihasida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Natijada, Respublikada birinchi marta Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va asbobsozlik” ta’lim yo‘nalishining “Asbobsozlik” ixtisosligiga Yevropa Ittifoqining “EUR-ACE-Yevropa muhandisi” sifat belgisini olishga muyassar bo‘lindi va “Toshkent shahar muhandislik ta’limi Assotsiatsiyasi” tashkil etilgan. Mazkur xalqaro grant doirasida 1 ta elektron kitob, 3 ta ilmiy maqola, 2 ta xorijiy nashrlarda maqola hamda respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda tezislar chop ettirilgan.
2021-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) ning “Yashil ish o‘rinlarini yaratish orqali ekologik barqaror iqtisodiyotga adolatli o‘tish uchun kasaba uyushmasi strategiyasini ishlab chiqish” deb nomlangan loyihada xalqaro ekspert sifatida ishtirok etishi natijasida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
2021-yilda UNESCO UNITWIN OCW/OER Initiative (UUOOI) Janubiy Koreyaning UNESCO UNITWIN HOST, Handong Global University boshchiligidagi va Janubiy Koreya Ta’lim Vazirligi homiyligidagi grant sohibasi bo‘lgan.
2021-2022-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘quvchilarni kasbiy mahoratini, intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyat va kompetensiyalarni shakllantirish”mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasining konsultanti sifatida faol ish olib bormoqda.
2022-2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan MRB-2021-560 “Zamonaviy sun’iy intellekt usullari asosida elektrokardiografik signallarni tahlil etish, ishlov berish va masofali monitoringini algoritmik va dasturiy komplekslarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda guruh a’zosi yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyatini olib bormoqda.
2015-2016-o‘quv yillarida Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakulteti kengashi va o‘quv-uslubiy kengashi a’zosi bo‘lgan.
O‘zMUda yakuniy Davlat attestatsiyasini OO‘MTVning 22.05.2009 yildagi № 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq o‘tkazish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 15- apreldagi “Davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 221-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zMU rektori A.R. Maraximovning 19.04.2017 yil № 01-184-sonli buyrug‘iga asosan “Kadrlar menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha Bakalavriat Davlat Attestatsiya Komissiyasining a’zosi sifatida faoliyat olib bordi.
2021-2022-o‘quv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 11.05.2021 yil 527-sonli buyrug‘iga asosan 5350300-Axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalari sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat hamda 07.04.2022 yil 8(721)-sonli buyrug‘iga asosan 5A350303 - Raqamli iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat Attestatsiya Komissiyasining raisi va a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.
2021-2022-o‘quv yilida Urganch davlat universiteti rektorining 2022-yil 14-yanvardagi 10-Sh-sonli buyrug‘iga asosan Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (xalqaro va ichki turizm) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat hamda Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat Attestatsiya Komissiyasining raisi sifatida faoliyat olib borgan.
Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2021-yil 30-oktyabrdagi 01/9-05-829-sonli buyrug‘iga asosan 2021-yilning 10- noyabridan 22-noyabrigacha tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilikka hamda stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi talabgorlardan 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarini olishda komissiya a’zosi sifatida ishtirok etgan.
Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2021-yil 21-dekabrdagi 01/9-05-1022-sonli buyrug‘iga asosan universitetda tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchilar hamda stajyor-tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilish holati hamda erishilgin natijalar samaradorligi monitoringini o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zosi sifatida ishtirok etgan.
Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2022-yil 16-fevraldagi 01/9-05-82 sonli va 2022-yil 12 maydagi 01/9-05-321 sonli buyrug‘iga asosan tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilardan 2022-yil fevral va may oylari sessiyasi davrida 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon olish uchun imtihon hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.
Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2022-yil 17-maydagi 15-I sonli buyrug‘iga asosan 2022-yil 24-may kuni tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilardan 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazishda komissiya a’zosi sifatida ishtirok etdi.
Z.T.Gaibnazarova 2020-2022-yillar davomida quyidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD) darajasini olish uchun ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilarga rasmiy opponent sifatida faoliyat olib bordi: Karimov Sanjar Mirvositovich, Razikov Akmal Ergashevich, Xasanxonova Nodira Isametdinovna, Xonkeldieva Komilaxon Ravshanjon qizi, Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi, Ilyosov Asrorjon Axrorjon o‘g‘li.
Z.T.Gaibnazarovaning ilmiy rahbarligida 2021-2023 yillar davomida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD) darajasini olish uchun 3 ta shogird: M.S.Saitkamolov, N.Sh.Isaeva, N.Sh.Dexkanovalar tayanch doktoranturada ilmiy ishlarini olib borish orqali o‘z vaqtida 08.00.03 –“Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Hozirgi kunda 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 5 ta ilmiy tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda:
Z.T.Gaibnazarova ilmiy rahbarligi ostida 2018-2019-yillarda 5230100-“Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)”, 5230200-“Menejment” va 5231900-“Korporativ boshqaruv” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 30 dan ortiq talabalar bitiruv-malakaviy ishlarini va 2022-yilda 5A231900- “Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
2019-yil 30-dekabrdan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi va 2021-yildan boshlab Toshkent davlat texnika huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.1.03.05 raqamli Ilmiy kengash a’zosi.
2020-yil 31-dekabrdan boshlab Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi va 2021-yildan Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/31.12.2020.I.09.04 Ilmiy kengash a’zosi sifatida o‘zining yuqori ilmiy salohiyatini namoyon etgan holda davlatimizga yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashda yaqindan yordam berib kelmoqda.
2021-yildan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Urganch davlat universitetlari huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Bir martalik Ilmiy kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar a’zosi sifatida ish olib bormoqda.
U ilmiy-pedagogik tadqiqotlar bo‘yicha Buyuk Britaniya (British Council), Germaniya (GIZ), Belgiya (ENAEE), Rossiya (AEER) sertifikatlariga ega.
Gaibnazarova Zumrat Talatovna o‘z kasbi bo‘yicha ilm va o‘quv jarayonlaridagi innovatsion yangiliklardan xabardor bo‘lish va tajriba oshirish maqsadida xorijda va O‘zbekistonda doimiy ravishda malaka oshirib kelgan hamda bir qator ilmiy-amaliy seminar-treninglarda o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirgan. Jumladan, ta’lim dasturlarining xalqaro jamoa-kasbiy akkreditatsiyasi, interfaol uslublar, axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish, pedagogik va innovatsion texnologiyalar hamda ulardan o‘quv jarayonida foydalanishning afzalliklari kabi mavzular bo‘yicha seminar-treninglarda qatnashgan va sertifikat hamda diplomlar bilan taqdirlangan. Ular: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha; Toshkent shahrida Rossiya muhandislik ta’limi Assotsiatsiyasi seminar treningida; Italiyaning Florensiya Universitetida TEMPUS dasturi loyihasi doirasida “QUEECA” ENAEE; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” fondining Distansion ta’lim olish markazida; AQSHning Connecting Youth making a difference in the world (iEARN) loyihasi doirasida; Koreya Respublikasining Korea Industrial Technology Foundation(KOTEF); Rossiyaning Moskva energetika institutida; Germaniyaning FH Zwickau Hochshulinstitut (DAAD) loyihasi doirasida;O‘zbekistondagi Bureau of Cultural and Educational Affairs (IREX) seminar treninglari.
Z.T.Gaibnazarova 2018-yil sentyabr-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining Stipendiyasi g‘olibi sifatida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetida “Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inson kapitali samaradorligini oshirish konsepsiyasi” mavzusida ilmiy-pedagogik stajirovkasini muvaffaqiyatli amalga oshirib keldi (Guvohnoma PK MGU №017889, 2018- yil 15-dekabr).
2019-yil yanvar-fevral oylarida British Council tomonidan tashkillashtirilgan “Creative Spark” nomli Oliy ta’limda tadbirkorlik dasturi bo‘yicha malaka oshirgan (Sertifikat, 2019 yil 14 fevral).
2020-yil dekabr oyida Belorussiya milliy texnika universiteti filiali “Personalni rivojlantirish hamda menejment bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlararo instituti” da 144 soat hajmidagi “Innovatsion menejment, tashkil etish va uslubiyat” nomli ilmiy-o‘quv loyihasini hamkorlikda tayyorlashda qatnashdi (Sertifikat №00361, 2020 yil 30 dekabr).
2021-yil sentyabr oyida Kazan davlat energetika universitetida “SMART ENERGY SYSTEMS 2021: razvitie novix energeticheskix sistem i texnologiy” mavzusida muvaffaqiyatli malaka oshirib keldi (Guvohnoma №10711-21, 2021 yil 8-dekabr).
2021-yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Siyosiy partiyalar va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi” da “Saylov qonunchiligi va siyosiy partiyalarda ishlarni tashkil qilish” mavzusi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallab muvaffaqiyatli tamomlagan (Sertifikat №1-18455, 2021-yil).
2022-yil yanvar-fevral oylarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida 288 soat xajmidagi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ixtisosligi bo‘yicha malaka oshirdi (Malaka attestati MA №038210, 2020-yil 28-fevral).
Gaibnazarova Z.T. ilmiy va pedagogik faoliyati davomida Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasida har yili tashkil etiladigan Xalqaro miqyosidagi konferensiyalarni tashkil etish hamda ilmiy ishlarni tahrir qilishda katta hissa qo‘shib keladi.
Shuningdek, Belarus Respublikasining Belorussiya milliy texnika universiteti (http://tdtu.uz/2022/05/15/tgtu-bntubudushhee-razvitie-sovmestnyx-podgotovitelnyx-programm/), Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti va Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti bilan ta’lim, ilmiy-texnik, pedagogik va o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda faol ishtirok etib hamkorlik olib borish bo‘yicha bir qator shartnomalar tuzib keldi va hamkorlik aloqalarini o‘rnatib universitet va kafedra professor-o‘qituvchilarining ikki tomonlama o‘zaro manfaatli ishlarni olib borishlariga ko‘maklashib kelmoqda.
Zumrat Talatovna Gaibnazarova 2022- yildan Belorussiya milliy texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti qo‘shma tayyorlov fakulteti rahbari sifatida o‘z faoliyatini olib bordi.
Zumrat Talatovna Gaibnazarova 2022- yilda Belorussiya Respublikasining Minsk shahridagi Belorussiya milliy texnika universiteti (http://tdtu.uz/2022/04/18/novyj uroven-vozmozhnostej-v-sisteme-obrazovaniya-i-nauchnyx-issledovanij-v-oblasti-inzhenernoj-ekonomiki-tashgtu-i-bntu/) va Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetlarida ilmiy-pedagogik xizmat safarida bo‘lib, Xalqaro konferensiyalarda (http://tdtu.uz/2022/04/21/ sovremennye-problemy-menedzhmenta obsudyat-na-konferencii-v-leti/) ma’ruza bilan ishtirok etdi hamda universitet talabalari uchun Xalqaro Akademik mobillik dasturi asosida Ma’ruza darslarini berib qaytdi.
Ushbu xizmat safarining mantiqiy davomi sifatida Toshkent davlat texnika universiteti Olima uyushmasi rahbari o‘rinbosari Gaibnazarova Zumrat Talatovna “Olima ayollarning fan va ta’limga qo‘shgan hissasi” Xalqaro onlayn seminar tadbirini Belorussiya milliy texnika universiteti Olima ayollar Ittifoqi a’zolari bilan birgalikda ilmiy va pedagogik faoliyatdagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha yuqori darajada (http://tdtu.uz/2022/05/14/ mezhdunarodnyj-seminar-vklad-zhenshhin-uchenyx-v-nauku-i-obrazovanie/) o‘tkazdi.
Bugungi kunda Z.T.Gaibnazarova universitet, fakultet va kafedra miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 2022-2023-o‘quv yili davomida TDIU talabalar turar joyida Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini universitet tomonidan samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ochiq muloqotlar oyligi” doirasida fakultet talaba-yoshlari bilan muntazam ravishda ilmiy-amaliy munozaralar va uchrashuvlar olib bordi, o‘quv-tarbiyaviy ishlar yuzasidan muloqot o‘tkazadi. Shuningdek kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar va seminarlarni tashkil etadi hamda bajarilishini ta’minlaydi.
Z.T.Gaibnazarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Yoshlarga oid beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni tashkil etib kelmoqda, ulardan: “Taraqqiyot strategiyasi-inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish garovidir”, “Kitob-tafakkur qanoti”, “Tadbirkorlikni jadal va yanada rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir” kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari universitet va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda qatnashib kelmoqda.
Zumrat Talatovna Gaibnazarova iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri - sanoat iqtisodiyoti, innovatsion menejment, korporativ boshqaruv, intellektual va inson kapitali, iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan tajribali pedagog va salohiyatli olima ayol.
Zumrat Talatovna Gaibnazarova talabalik davridan boshlab hozirgi kungacha o‘zining yuksak pedagogik va ilmiy salohiyatini universitet rivojlanishi uchun bag‘ishlab, universitet ilm-fan jamoatchiligi hurmatini qozonib kelmoqda.
Z.T.Gaibnazarova mehnatkash, mas’uliyatli, o‘ziga topshirilgan vazifani sidqidildan bajaradi, tirishqoq. U asosan o‘quv jarayoni va jamoaning ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlanishiga katta e’tibor qaratadi. O‘quv jarayonida talaba, magistrantlarning hamda doktorantlar bilimini yanada oshirish, ular o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni topishga harakat qiladi. Talaba, magistrant, doktorantlar va kafedra jamoasi orasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqda. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqda. Kamtarin, mehnatsevar, qat’iyatli, xushmuomala, ilmiy salohiyati yuqori pedagog va o‘ziga talabchan olima ayol hisoblanadi.