Isomiddin Ikromovich Ikromov 1951- yil 16-iyunda Jizzax viloyati Jizzax tumanida ishchi oilasida dunyoga keldi. Ilmga bo‘lgan intilish uni Sadriddin Ayniy nomli Samarqand davlat pedagogika institutiga yetakladi. O‘quv dargohining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini 1973 - yil imtiyozli diplom bilan bitirgach, 1973 - yil Jizzax shahridagi Alisher Navoiy nomli maktabda ishladi. U o‘zini iqtidori, ilmi bilan tez orada maktab jamoasini hurmatini qozondi. Biroq uning ilmga bo‘lgan cheksiz muhabbati, uni Jizzaxdan Samarqandga ketishiga Samarqand ilmiy-adabiy muhitida kamol topishiga sabab bo‘ldi.
1975- yil Samarqandga qaytib borgan Isomiddin Ikromov institutning o‘zbek adabiyoti kafedrasida ish faoliyatini davom ettirdi. Isomiddin Ikromov ustozi professor Hotam Umurov rahbarligida adabiyotshunoslikning tanqidchilik sohasida ilmiy ish ustida ishladi. Uzoq yillar samarali izlanishlari natijasi o‘laroq 1988-yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tanqidida lirika masalalari (H.Yoqubov, S.Mamajonov, O.Sharafiddinovlar ijodi misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Isomiddin Ikromovning adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, to‘g‘rirog‘i lirikasining sinchi, tanqidchi olimlar tomonidan o‘rganilishi masalarini o‘rganishi ham uning salohiyatli olim ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotshunos olim Isomiddin Ikromov tabiatida ham chinakam olimlarga xos mehr-oqibat, fidoiylik va ziyraklik ustuvor edi. Аyniqsa, yoshlarimiz maʼnaviyati, madaniyatiini yuksaltirish, ularda ezgulik, odamiylik, bagʼrikenglik kabi fazilatlarini shakllantirish va kelajakka munosib yetuk shaxs sifatida kamol topishini taʼminlash ana shunday fidoiy ustozlar faoliyatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Isomiddin Ikromovning “Studentlarni ilmiy-tadqiqiot ishlariga o`rgatish” (1979),
“Hozirgi o‘zbek adabiy tanqidi” (1982) monografiyasi, “Adabiyotshunoslik asoslari” (2001) va “Yangi pedagogik texnologiya” (2007) kabi uslubiy qo‘llanmalari, qolaversa, qator adabiyotshunoslik muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan 100dan ortiq maqolalari chop etilgan.
Isomiddin Ikromovich Ikromov “Antik dunyo” ilmiy akademiyasi professori, “Antik dunyo” ilmi-ma’rifat jurnali tahrir a’zosi edi.
Isomiddin Ikromov ish faoliyatlari davomida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, kafedra mudiri hamda dekan lavozimlarida ishlagan.