Olim

IMAMOV ERKIN ZUNNUNOVICH

Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Professor E.Z.Imamov 1946-yilning 15-noyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan. Uylangan, ikkita farzandi bor (qizi -1974 va oʻgʻli 1976-yillarda tugʻilganlar). Farzandlari - oliy ma’lumotlilar, shu bilan birga - oʻgʻli yuridik fanlar nomzodi.



Otasi - Zunnun Imamov, harbiy uchuvchi, unvoni general-mayor, yuridik fanlar nomzodi, keyinchalik ichki ishlar vazirligini mas’ul hodimi bo‘lib ishlagan. Onasi - Roza Imamova-Muratova - uy bekasi, 6 farzandini oʻstirdi, tarbiya qildi, oliy ma’lumotli qildi (1ta filolog, 3 ta professor, 1 ta tadbirkor, 1ta yurist)



E.Z.Imamov 1954-65-yillarda Toshkent shahar A.S.Pushkin nomidagi 10-sonli oʻrta maktabda tahsil oldi. Fizika, matematika, adabiyot, geografiya, tarix, chizmachilik uning eng yaxshi koʻrgan fanlari edi. Oʻqish davrida bir necha loyihalash institutlarida (Tashgiprogor, Uzgiprogor, UzNIIEP va boshqalar) amaliy mashgʻulotlarni olib borish bilan birgalikda chizmachi boʻlib ishlagan. Mashina  chizmachiligi boʻyicha chizmachi-detallashtiruvchi kasbini oʻzlashtirdi va tegishli guvohnomasini olgan.



E.Imamov 1965-yili oʻrta maktabni a’lo baholarga kumish medali bilan tamomlab ,V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga bitta imtihonni a’lo bahoga topshirgan holda muvaffaqiyatli oʻqishga qabul qilindi.



Universitetda oʻqigan yillari “Nazariy fizika” kafedrasi talabasi boʻlib, kvant optika (koggerent elektromagnit nurlar  va golografiya), yadro fizikasi (yadroning qoʻbiqli modeli), maxsus nisbiylik nazariyasi (Terrel effekti) muammolari boʻyicha kurs ishlari doirasidagi ilmiy izlanishlari yuzasidan bir necha marta ilmiy seminarlarda ma’ruza qilgan.



1969-yilda beshinchi kurs talabasi E.Imamov amaliyot oʻtash va diplom ishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun sobiq SSSR ning Fanlar Akademiyasining A.F.Ioffe nomidagi Leningrad Fizika texnika institutiga bir yilga yuborildi. Institutning mashhur olim, professor Solomon Meyyorovich Rivkin boshqarib kelgan “Yarimoʻtkazgichlarda nomuvazanat jarayyonlar” laboratoriyasining katta ilmiy hodimi, fizika matematika fanlari doktori Anatoliy Aleksandrovich Grinbergni ilmiy rahbarligida “Fotonlar bilan zavqlantirilgan tok anizatropiyasining nazariyasi” mavzusi boʻyicha E.Imamov 1970-yilda diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.



Ushbu mavzu boʻyicha tadqiqotlarni V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti fizika fakultetining stajer-tadqiqotchi sifatida sobiq SSSR ning Fanlar Akademiyasining A.F.Ioffe nomidagi Leningrad Fizika texnika institutiga ikki yilga xizmat safariga yuborilgan davrda E.Z.Imamov davom etti. 



Qisqa vaqt ichida 7 ta ilmiy maqola “Fizika texnika poluprovodnikov - FTP” jurnalida chop etib, 1972-yilda Varshavada yarimoʻtkazgichlar boʻyicha Xalqaro ilmiy anjumanda doklad qilib, nomzodlik 3 ekzamenlarni topshirib, tadqiqotlar natijalarini “Teoriya toka uvlecheniya fotonami v klassicheskoy i kvantovoy oblastyax chastot - Klassik va kvant chastotalarda fotonlar bilan zavqlantirilgan tok nazariyasi” mavzuda himoya qilish uchun LFTIni tavsiyasini oldi.   Unga asoslanib nomzodlik dissertatsiyasini fizika matematika fanlari boʻyicha OʻzSSR FA Birlashtirilgan Ixtisoslashgan Kengashida 1972-yil 6-dekabrda muvaffaqiyatli himoya qildi.



Ish yuzasidan SSSR FA ning muhbir a’zosi, fizika matematika fanlari doktori, professor V.I.Perel va fizika matematika fanlari nomzodi D.A.Aronovlar  rasmiy opponent boʻldilar, M.I.Kalinin nomidagi Leningrad Politexnika instituti esa yetakchi ilmiy tadqiqot muassasasi edi.



1983-1985-yillarda E.Z.Imamov  doktorlik dissertatsiyasini yakunlash uchun katta ilmiy xodim lavozimiga oʻtdi va SSSR FA ning A.F.Ioffe nomidagi Leningrad Fizika texnika institutiga  ikki yillik ilmiy xizmat safarida boʻldi. U yerda “Teoriya opticheskix i fotoelektricheskix yavleniy s uchastiyem primesnyx tsentrov v poluprovodnikax – Yarimoʻtkazgichlarda kirishmalar qatnashishi bilan vujudga kelgan optik va fotoelektrik hodisalar nazariyasi” mavzusida tadqiqotlar olib bordi,  muhokamalar oʻtkazdi va institut qoshidagi D.003.23.02 Ixtisoslashtirilgan Kengashda “01.04.10 - yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” mutaxassisligi boʻyicha 1990-yil 20-sentabrda  muvaffaqiyatli himoya qildi.



Ish yuzasidan I.V.Kurchatov nomidagi atom energiya instituti hodimi,  fiz.mat.fanlari doktori, professor  K.A.Kikoin, Ulyanov (Lenin) nomidagi Leningrad elektrotexnika instituti  professori, fiz.mat. fanlari doktori, professor  V.N.Abakumov va M.I.Kalinin nomidagi Leningrad Politexnika instituti professori, fiz.mat. fanlari doktori, professor V.A.Xarchenkolar rasmiy opponent boʻldilar. Ukraina FA ning yarimoʻtkazgich instituti esa institutni professor M.K.Sheykman rahbarlik qilgan mashhur laboratoriyasini ilmiy seminari yetakchi muassasa sifatida E.Z.Imamovning doktorlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya qilgan.



1972-yildan boshlab, yosh fizika matematika fanlari nomzodi E.Imamov, oʻzi oʻqib, yaqindagina tugatgan (1970-yilda),  V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetiga ishga qabul qilindi. U fizika fakultetining yarimoʻtkazgich va dielektriklar fizikasi kafedrasida 7 yil davomida injiner, assistent, katta oʻqituvchi va dotsent lavozimlarida ishlab keldi, 1979-yildan boshlab esa universitetning umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri sifatida 14-yil (1979-1993) boshqardi, 1993-2005-yillarda nazariy fizika kafedrasining professori boʻlib ishladi.



Rahbarlik lavozimlarda ishlagan yillari (1995-2005) professor E.Z.Imamov uzluksiz oʻrindosh yoki soatboy shaklida Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU magistratura talabalariga Qattiq jism nazariyasi va Oliy matematikani qoʻshimcha boblari fanlar boʻyicha mashgʻulotlar olib bordi.



 1992-yildan 2021-yilgacha professor E.Z.Imamov Toshkent viloyati qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida 0,5 stavka professor lavozimida oʻrindosh sifatida ishlagan. Bu faoliyat doirasida malaka oshirish tinglovchilariga matematikani oʻqitish metodikasi, qayta tayyorlash kurs oʻquvchilariga esa - oliy matematikadan ma’ruza va amaliy mashqlar oʻtkazib kelgan.



            Ushbu faol xizmatlari uchun 2015-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi  a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan (OʻzR XTV ni 33253 - raqamli guvohnomasi).



2021-2022-yillarda Gulistan Davlat universitetida 0,25 stavka professor lavozimida oʻrindosh sifatida ishlab  magistratura talabalariga Fotovoltaika materiallarni fizikasi, Fotovoltaika materiallarni optik xususiyatlari, Amaliy fotovoltaika fanlari boʻyicha  maxsus kurslarni olib borgan.



Professor E.Z.Imamov bakalavr va magistratura talabalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalar tinglovchilari uchun ilgari va hozirgi paytda oʻqiyotgan fanlar:



-Statistik fizika va termodinamika 



-Kvant mexanikasi 



-Hozirgi zamon tabiiy fanlar Kontsepsiyasi



-Elektrodinamika



-Fundamental va zamonaviy fizika 



-Moddaning tuzilish nazariyasi



-Qattiq jismlar fizikasi



 -Qattiq jismlar nazariyasi



-Texnik odiy ta’lim yoʻnalishlarida umumiy fizika



-Zamonaviy fizika va astronomiyaning  fundamental asoslari



-Matematikadan olimpiada  saviyadagi masalalar yechish metodikasi



-Chizmachilik



-Oliy matematikani qoʻshimchi boblari



-Umumiy fizika 



-Fotovoltaika materiallarni fizikasi



-Fotovoltaika materiallarni optik xususiyatlari



-Amaliy fotovoltaika



Yarimoʻtkazgichlar kafedrasida 13 maxsus fandan 8tasi oʻqitildi (1972-1979)



Professor E.Z.Imamov ilmiy rahbarligida 5 fan nomzodi  (L.Udot, V.D.Krevchik, Z.M.Xafizova, S.A.Alibekov, T.A.Djalalov), 1 ta fan doktori  (V.D.Krevchik)  tayyorlandi.



       M.Askarov – Qoraqolpoq davlat universiteti, F.Irmatov va F.Q.Tugalov – Jizzax pedagogika instituti, X.N.Karimov, S.S.Xalilov, Sh.I.Abdullayeva – TATU fizika kafedrasi hodimlari doktorlik dissertatsiyalari (PhD) ustida professor E.Z.Imamov ilmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borishmoqda. F.Q.Tugalov – Jizzax pedagogik institutidan  RҳД - dissertatsiyasini himoya qildi (2021-yilda).



        Bir necha yillar davomida OʻzMU, GulDU, JizPI, TerDU  talabalarining magistrlik dissertatsiyalariga hamda bakalavriyat talabalarining malakaviy bitiruv ishlariga  ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. AngrenPI, JizPI SamDU, GulDU larda davlat attestatsiya komissiya raisi sifatida talabalarining fizika fani boʻyicha  qatnashdi.



Professor E.Z.Imamov 250 dan ortiq ilmiy materiallar nashr etgan. Ular ichida monografiyalar, maqolalar, metodik qoʻlyozmalar, darslik, tezis va doklad  matnlari, patentlar va avtorlik guvohnomalartlar, ilmiy sborniklar va oʻquv qoʻllanmalar mavjud.