Olim

JALALOVA POKIZA MUZAFFAROVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Jalolova Pokiza Muzaffarovna 1987 - yil 21 - iyulda Qashqadarya viloyati Kitob tumanida  ziyolilar  oilasida  tavallud topgan, millati - o‘zbek. U 2005-2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida bakalavriat, 2009-2011-yillar magistratura bosqichlarida tahsil oldi.  P.M.Jalolova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2019-yil 25-iyunda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.P.01.09 raqamli Ilmiy  kengashda “Oliy ta’limda “Atom fizikasi” ga oid laboratoriya mashg‘ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)  ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan (diplom 01 № 001801 30.08.2019 y.). 2022 yilda “Atom fizikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Jalolova Pokiza Muzaffarovna 2019-yilda fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2022-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2021-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Umumiy ish staji – 17 yil, ilmiy va pedagogik ish staji – 15 yil, Oliy ta’limda – 11 yil. 2008-2010-yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumani 40-son umumta’lim maktab matematika fani o‘qituvchisi, 2010-2011- yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 73-maktab fizika fani o‘qituvchisi, 2011-2014-  yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali  “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, 2014-2018-yillarda Namangan davlat universiteti  “Fizika” kafedrasi  o‘qituvchisi, 2020-2022-yillar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot-ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, 2023- yildan Shahrisabz davlat pedagogika instituti professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.



P.M.Jalolova bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan, xususan:



- 2020-yilda “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovida shahar, tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lib “AKT sohasi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha” Respublika bosqichi g‘olibligi  uchun sertifikatlar va statuetka bilan taqdirlangan. 



2019-yildan filial qoshida “Yosh olimlar kengashi” raisi sifatida faoliyat olib boradi.



Jalolova Pokiza Muzaffarovna tomonidan 10 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 20 ta xorijiy maqola, 100 ta ilmiy maqolalar nashr ettirilgan, 20 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olishga erishgan.



Jalolova Pokiza Muzaffarovna oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib, ilmiy rahbarligida  8 nafar tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.



Jalolova Pokiza Muzaffarovna 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan №1/1-F “Razrabotka kompleksnoy sistemi monitoringa sostoyaniya okrujayushey sredi proizvodstvennix obyektov s primeneniyem informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy” mavzudagi amaliy loyiha ijrochisi, hamda 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida olib borilayotgan loyihalar "SPACECOM: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi (New study progamm in space syslems and communications engineering)" mavzusidagi loyiha ijrochisi, Namangan Muhandislik-qurilish institutining 2023-yilga mo‘ljallangan FZ-20200929243 sonli fundamental davlat granti ijrochisi hisoblanadi.  U faoliyati davomida o‘zining pedagogik mahoratini, ilm-fan va maorif sohasida mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni tez o‘zlashtira oladi hamda taʼlim sohasidagi yangiliklarni, ilmiy tadqiqot ishlarini, islohotlarni hayotga tatbiq eta oladi.



P.M.Jalolova mehnatsevar, kamtarin, insonparvar, adolatli, fidoiy, masʼuliyatli, talabchan, qat’iyatli, kommunikativ, mehribon, irodali, bilimdon, pedagogik nazokatli, eruditsiyali, shijoatkor, tashabbuskor, belgilangan maqsadga yo‘naltirilgan motivatsiyali, tashkilotchilik, yetakchilik, kompetentlik qobiliyatlariga ega bo‘lgan, barkamol avlod tarbiyachisi sifatida  ilmini, mahoratini, salohiyatini tinimsiz oshirib boradigan  yosh olimadir. Oilali to‘rt farzandning mehribon onasi.