Olim

JUMASHEVA GULNARA XAMIDULLAEVNA

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

Jumasheva Gulnara Xamidullaevna 1964- yil 18-yul sanasida Nukus shahrida tavallud  topgan.  1986 -yili  Nukus  davlat universitetini tamomlagan.



G.X.Jumasheva oʻz mehnat faoliyatini 1986-1988-yillarda Nukus shahar №8-sonli maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchi lavozimida boshladi. U 1988-1990-yillari Nukus shahar xalq ta`limi bo’limiga qarashli 1-sonli “Shodlik” bolalar bog`chasida tarbiyachi va Nukus shahar xalq ta`limi bo’limiga qarashli 32-sonli o‘rta maktabda o‘qituvchi lavozimida ishladi. 1990-1997- yillari Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti J.Orinbaev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialida ilmiy xodim; 1997-1999-yillari bo‘lim boshlig‘i; 1999-2001-yillari Toshkent pediatriya meditsina instituti Nukus filialida o‘quv metodika bo‘limi boshlig‘i, 2001-2008- yillari Toshkent pediatriya meditsina instituti Nukus filialida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2001-2004-yillari Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot  instituti doktoranturasida tahsil oldi.



2008-yildan buyon Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta`lim” kafedrasida dotsenti, 2019-yildan boshlab ‘Maktabgacha ta`lim” kafedrasi mudiri lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini davom ettirdi.



1994-yili “G‘uncha” jurnali tahririyati a’zosi, 1995-yili “Maktabgacha ta`lim”, 2019- yildan “Muǵallim hám úzliksiz bilimlendiriw” jurnali tahririyati a’zosi vazifalarini bajarib kelmoqda. 1998 yildan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi.



1996-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi va 1999-yili O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.



U radio va televidenie orqali olib boriladigan eshittirishlarda yoshlar ta’lim- tarbiyasiga oid masalalar bo‘yicha faol ishtirok etadilar.



Gulnara Jumasheva ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan.



300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 14 ta darslik, 3 ta monografiya, 1 ta dastur, 1 ta konseptsiya, 3 ta o’quv qo’llanma, 12 ta o‘quv-uslubiy qo’llanma muallifi sanaladi. Jumladan, uning “Súwretli sózlik’ 1-sinf uchun darsligi (1994 y), “Qaraqalpaqstan Respublikasinin mektepke shekemgi tarbiya kontseptsiyasi” (1994 y), “Mektepke shekemgi jastaǵı balalardi sawatqa uyretiw baǵdarlamasi hám metodikalıq kórsetpe” (1994 y), “Формирование основ культуры общения дошкольников на каракалпакском языке средствами театрализованных игр” monografiyalari (1997 y), “Формирование основ культуры общения дошкольников на каракалпакском языке средствами театрализованных игр” (2007 y), “Формирование навыков общения на каракалпакском языке в условиях двуязычия” (2015 y) monografiyalari, “Qaraqalpaq tili” 2-sinf uchun (1994, 1997, 2000, 2004, 2008, 2013, 2019, 2021 y.y), “Qaraqalpaq tili” 3-sinf uchun (1994, 1997, 2000, 2003, 2004, 2008, 2013, 2019, 2021y.y),  “Qaraqalpaq tili” 5-sinf uchun (1998, 2002 y.y), “Ózbek tili’ 2-sinf uchun (1998, 2004, 2005, 2008y.y), “Alipbe” (2018 y) darsliklari, “Xalıq dóretpeleri bala turmısında” (1994y), “Baqshada saxnalastirilǵan oyınlar” (1995y), “Balalarǵa qaraqalpaq tilin úyretiwde didaktikalıq oyınlardan paydalanıw” (2001 y), “Álipbeni oqıtıw metodikası” (2019y), Maktabgacha ta’limda boshqarishning ilmiy asoslari (magistratura 1 kurs) (2021y), o‘quv qo‘llanmalaridan oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari, pedagog - xodimlari va maktabgacha ta`lim vazirligi, xalq ta`limi vazirligi pedagog – o‘qituvchilari samarali foydalanmoqdalar.



G.Jumasheva 1996-yili       “Фoрмирoвaниe нaвыков культуры общения на каракалпакском языкe (в детских сaдах с русским языком  обучения) средствами театрализованных игр” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori, professor Mavlanova R.A. 2001-yili katta ilmiy xodim unvonini oldi.



Jumasheva Gulnara Xamidullaevna Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi 13.00.02 – “Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili)” ixtisosligi bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengashda 2021-yilning 10-avgustida “Формировaние нaвыков общeния нa кaрaкaлпaкском языкe в условиях билингвизма (в дошкольных образовательных организациях и нaчaльных клaссaх общеобразовательных школ c русским языком обучения)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.



G.X.Jumasheva 2015-2016-o‘quv yilida institut miqyosida  “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovida “Eng yaxshi pedagog-izlanuvchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan va respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.



G.Jumasheva respublika va institut miqyosida shahar mahalla fuqarolari yig‘inlari hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlari,maktablar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda va amalga oshirishda  faollik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, respublikada ijtimoiy – ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha Nukus tumanidagi 26-maktabda o‘qituvchi-o‘quvchilari ishtirokida “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi” mavzusida (12.12.2019), Prezidentimiz  tomonidan  qabul qilingan “Obod mahalla” dasturi asosida har bir mahalla hududini obodonlashtirish, mahalla iqtisodini rivojlantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida Ellikqal’a tumanida Turon va Ibn Sino mahalla fuqarolar yig‘inida (17.10.2019) va 61-sonli maktab o‘quvchilariga “Sog`lom turmush tarzini shakllantirish – kelajagimiz poydevori” mavzusida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Nukus shahridagi 4-sonli kar va chala eshituvchi bolalar uchun iqtisoslashtirilgan maktabi o’qituvchilari bilan ona tilini o’qitish metodikasi muammolari bo‘yicha seminar-trening va maktab o‘quvchilari bilan suhbat o’tkazdi.



2019-yil 14-17-avgust kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan oily ta’lim muassasalarining tarbiyachi- pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi va vazirlikning sertifikati bilan taqdirlandi. 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikası oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda O‘zbekistan Respublikası Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy ta’lim sohasidagi reformalarning natijaliligi hamda yangi o‘quv yiliga  tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida”gi o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 34-sonli bayoni bajarilishini  ta’minlash maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiMaktabgacha ta’lim kafedrası nomidan Institut Ustavi asosida rektor B.P.Utemuratov, Nukus shahar Aral boyı regioni bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli “Imkon” markazi ikkinchi tomondan Muassasa Ustavi asosida direktor N.J.Kudaybergenova o‘rtasida o‘zaro birga ishlashishga bog‘lanishlari bo‘yicha shartnoma tuzildi. Unda birgalikda seminarlar o‘tkazish, Muassasada kafedra filiallarini ochish,  Muassasada talabalar amaliyotini tashkillashtirish hamda bo‘sh ish joylariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish va hokazolar.



2020-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan To‘rtko‘l tumanida 10 kun mobaynida “Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy, madaniy targ‘ibotlariga faol ishtiroki uchun To‘rtko‘l tumani hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. 



2021-yil 12-fevralda Ellikqal’a tumanining 3-sonli va 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari filialida kafedra mudiri Jumasheva Gulnara Xamidullaevna seminar-trening o‘tkazdi va master-klass olib bordi. 2021-yilning 26-mayida Nukus tumanining 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari filialida “5-ta tashabbus” nomi bilan seminar trening va badiiy musiqa kechasi tashkil etildi. 2022- yilning 26-mayida Nukus shahrining 48-sonli DMTT da “Ilk qadam“ dasturini amaliyotga tadbiq etishda nazariya va amaliyotning hamkorligi mavzusidaga seminarda ma`ruza bilan ishtirok etdi.  2023-yilda Ellikqal’a tumanining 3-sonli DMTT larida STEMA texnologiyalarini maktabgacha ta’lim tashkiloti amaliyotiga tadbiq etish mavzusida amaliy seminarda ishtirok etdi.



Kafedra filialini tashkil etishdan maqsad MTTda ta’lim-tarbiya jarayonini va kafedraning o’quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari faoliyatining sifatini oshirishdir.  Shuningdek, MTTda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarini tashkil etish, o‘quv jarayonini ishlab chiqarishga maksimal darajada yaqinlashtirish, ya’ni nazariya bilan amaliyotni bog‘lash, shu asosida bakalavr va magistrlarni moddiy - texnik vositalardan samarali foydalanish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib boradigan tashkilotlar xodimlarini jalb qilgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, talabalarimizda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va ilmiy faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.



Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 14-16-noyabr kunlari o‘tkazilgan kichik yoshdagi bolalarga  ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha Yuneskoning  II butun jahon konferentsiyaga qatnashdi.



Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakultetining bitiruvchi talabalari uchun Maktabgacha taʼlim mutaxassislarini tayyorlashda yangi sifat, yangi mazmun hamda amaliyotning integratsiyasi mavzusida seminar - trening tashkil etildi va G.X.Jumasheva “Pedagogik malakaviy amaliyotni tashkil etish” mavzusida master klass o’tkazdi.



2023-yilning aprel oyida Qozog‘iston Respublikasi Almati shahri Abay nomidagi Qozoq Milliy pedagogika universitetida “Инновации в образовании: опыт, проблемы и перспективы” nomli II xalqaro ilimiy - amaliy konferensiyasining plenar yig‘ilishidagi bayonoti uchun Abay nomidagi QozMPU rektori nomidan I darajali diplom bilan taqdirlandi. Abay nomidagi Qozoq Milliy pedagogika universiteti yonidagi “Pedagogika va psixologiya” institutining magistratura mutaxasisligiga master-klass va seminar-trening o‘tkazdi.



2023-yil 29-31-may kunlari bo‘lib o‘tgan pedagogik ta’lim bo‘yicha  “Качество педагогического образования в условиях современных вызовов” IFTE 2023: xalqaro konferensiyasining “Cодержание современного воспитании в рамках УказаПрезидента Республики Узбекистан Омерахпоразвитиюсфер образованияи воспитания, и наукивновый период развития Узбекистана” nomli 1-sektsiyasida moderator bo‘lib olib bordi.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 467-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim kafedrasining reytingi sifatini oshirish bo‘yicha Xalqaro ko‘rsatgichlarga ko‘ra Scopus ma`lumotlar bazasida indekslangan nashrlarda har yili maqolalar chiqarib kelmoqda.



U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, mo‘tabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.



G.Jumasheva oilali, turmush o‘rtog‘i bilan yettita farzandni va o‘nta nevarani tarbiyalamoqda. Chin insoniy fazilatlari, mas’uliyati, fidoiyligi bilan talabalar, hamkasblar va mahalladoshlari orasida hurmat-e’tiborga loyiq.