Joʻrayev Husniddin Oltinboyyevich 1982-yil Gʻijduvon tumanida tugʻilgan.Millati oʻzbek. 2009-yil 19-noyabrda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi K.067.18.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengash yigʻilishida “Fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirishda geliotexnika elementlaridan foydalanish (kasb-hunar kollejlari misolida)” mavzusida 13.00.02. – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010-yil 25-martda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 163/1-sonli bayonnomasiga asosan unga pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (01№ 011778).
Dotsent ilmiy unvoni: 13.00.02. – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika), 2013.
Fan doktori (sohasi va dissertatsiya mavzusi bilan): 13.00.02. – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika), dissertatsiya mavzusi: Integratsiyalashgan mediata’lim tizimini yaratishda muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish; himoya sanasi: 27.08.2019-y.; ilmiy maslahatchi: professor S.Q.Qahhorov. Professor ilmiy unvoni: 13.00.02. – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, 2022.
Umumiy ish staji 17-yil, ilmiy va pedagogik ish staji 16-yil. Ilmiy ishlarining umumiy soni: 130 dan ortiq. Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasi boʻyicha maqolalar soni: 6 ta; Hirsh indeksi 1; Iqtibosliklar soni: 8 ta. Web of science xalqaro ma’lumotlar bazasi boʻyicha maqolalar soni: 7 ta; Hirsh indeksi 1; Iqtibosliklar soni: 11 ta.
Google scholar xalqaro ma’lumotlar bazasi boʻyicha maqolalar soni: 141 ta; Hirsh indeksi 10; Iqtibosliklar soni: 342 ta. Darsliklar soni: 4 ta; Oʻquv qoʻllanmalar soni: 7 ta Monografiyalar soni: 4 ta. Patentlar soni: 1 ta.
Xorijiy OTM va ITIlarga ilmiy xizmat safarlari: - 2010-yil dekabr, Qirgʻiziston, Talas universiteti; - 2014-yil dekabr, Qirgʻiziston, Bishkek xalqaro universiteti; - 2021-yil dekabr, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy federal universiteti;
2014-yil “ХII asr intellektual avlod asri” shiori ostida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumani “Tabiiy fanlar” yoʻnalishida faxrli 1-oʻrin sohibi; 2015-yil Respublika “Eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 3-oʻrin sohibi; 2019-yil Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovining “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi boʻyicha final bosqichi ishtirokchisi.
H.O.Joʻrayev Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2012-2014-yillarda bajarilgan loyiha qiymati 89 7000 000 soʻmni tashkil qilgan, ITD-4-01 raqamli “Quyosh energiyasi hisobiga ishlovchi past haroratli qurilmalarni optimal, takomillashtirilgan variantlarini yaratish, ularning issiqlik-fizikaviy, texnik va texnologik tavsiflarini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida kichik–ilmiy xodim sifatida izlanishlar olib borgan.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2015-2017-yillar moʻljallangan loyiha qiymati 104 750 000 soʻmdan iborat boʻlgan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarni yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot grantida katta ilmiy xodimi sifatida izlanishlar olib borgan.
TEMPUS dasturining JEP 511172-DE-2010 raqamli “Oʻquv dasturlarini Bolonya tizimiga muvofiqlashtirish” mavzusidagi loyihasi ishtirokchisi, 2014-yil 2-4-dekabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Xalqaro intitutida 543746- TEMPUS-1-2013-1-ES-TEMPUS-JPHES granti doirasida tashkil qilingan seminar ishtirokchisi.
H.O.Joʻrayev rahbarligida tayyorlangan “Fizika fanidan raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim platformasi prototipini yaratish” mavzusidagi ilmiy gʻoyasi “Boʻlajak olim” tanlovida gʻolib boʻlgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan 98 000 000 soʻm miqdorida mablagʻ bilan moliyalashtirilgan (Sertifikat SI-1506/21) .