Kalandarov Palvan Iskandarovich – 1955-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan.Millati o‘zbek. 1981-yil Toshkent politexnika aloqa institutini “Sovutgich va kompressor mashinalari va qurilmalari” ixtisosligini bitirib, mexanik-injeneri malakasini olgan.
1996-yildan buyon texnika fanlari doktori.
Nomzodlik dissertatsiyasini Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi D 067.07.01 ixtisoslashgan kengashda 05.11.13 –“Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Don maxsulotlarini elektrofizik parametrlarini nazorat qilish tizimlarini aniqlik tavsiflarini yaxshilash” mavzusida 1989-yil 27-mayda yoqlagan.
Doktorlik dissertatsiyasini Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi D 067.07.01 ixtisoslashgan kengashda 05.11.13 –“Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Agrosanoat majmuasi mahsulotlarini nazorat qilish usullari va texnik vositalari” mavzusida 1995 yil 18 martda yoqladi.
Umumiy ilmiy - pedagogik staji 50 yil. Ish faoliyatini 1981 – Toshkent politexnika instituti “Sovutgich va kompressorlari va qurilmalari” kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan. 1981-89-yillar davomida Toshkent politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakultetini komsomol komiteti kotibi, institut talabalar uyushmasi kasaba uyushmasi raisi, partiya komiteti kotibi lavozimlarida ishlagan.
1981-1986-yillarda o‘rindoshlik asosida Toshkent politexnika instituti, keyinchalik mashinasozlik institutida va Toshkent Davlat texnika universitetida “Sovutgich va kompressor mashinalari va qurilmalari” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchisi lavozimida pedagogik faoliyat olib bordi.
1992-yildan boshlab “Umumtexnika fakulteti” dekani va Toshkent Davlat Texnika universiteti prorektori lavozimlarida faoliyat olib borib ta’lim tizimini boshqardi.
1992-1995-yillar davomida Urganch davlat universiteti injener-texnika fakultetida dekan, prorektor, va “Oziq ovqat mashina va apparatlari” kafedrasiga mudirlik qilgan.
1995-yildan boshlab Kalandarov P.I. oliy va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini boshqarishda Oliy ta’lim vazirligi, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan ishonch bildirilib Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi muassasalarida faoliyat olib borib, ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarga rahbarlik qilishda, ta’lim tizimini isloh qilishda pedagog xodimlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlashda faol ishtirok etib keldi.
1995-yildan 1998-yilgachaXorazm viloyati hokimligi,ijtimoiy masalalar guruh rahbari, kotibiyat mudiri, 1998-yildan 2003-yilgacha Xorazm viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i 2003- yildan 2006-yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi rivojlantirish instituti prorektori, kafedra professor vazifasini bajaruvchisi, 2006- yildan 2007-yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi rivojlantirish Markazi bo‘lim boshlig‘i, 2007- yildan 2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “O‘z og‘ir neft gaz kimyo sanoat loyiha” instituti direktor o‘rinbosari, 2011-yil dekabr oyidan boshlab 2017-yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelganlar.
2017-2019-yillar davomida respublikamizdagi “Energiya tejash milliy kompaniyasi” da direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
2020-yildan boshlab shu kungacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda.
2005-yildan beri “Ta’lim texnologiyalari” respublika miqyosidagi ilmiy-uslubiy jurnalning chop etilishi tashkil etildi va u shu vaqtgacha ushbu jurnalning bosh muharriridir.
Respublikamiz sanoati rivojiga katta hissa qo‘shish maqsadida, ayniqsa u P.Kalandarov rahbarlik qilgan “O‘z og‘ir neft gaz kimyo loyiha” institutida bir nechta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan katta investitsion loyihalarni loyihalash, ekspertiza qilish va qurilishlarning texnik nazoratini olib bordi. Jami strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 150 ortiq investitsion loyihalarga rahbarlik qilib keldi va ularni amaliyotga joriy etishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ushbu loyihalar bugungi kunda ularning 90 foizi amalda joriy etilgan.
Uning yuqori ilmiy va amaliy yutuqlari belgisi sifatida mashinasozlik, energetika, tog‘-metallurgiya sohalarida loyihalashtirgan ob’ektlarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ularda o‘lchov vositalarini qo‘llash kabi tajribalari o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda.
Respublikamizda universitetda o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy anjumanlarda va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda o‘quv-tarbiya ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi unvoniga ega bo’lgan.
2003-yilda Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi akademiyasiga, 2022-yilda Agrar ilm Xalqaro akademiyasining haqiqiy akademigi etib saylangan.
2019-yilda Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi akademiyasi tomonidan Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi va “Zvezda uchenogo” mukofotlari bilan taqdirlangan.
2021-yil yakunlari bo‘yicha TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti bo‘yicha “Eng faol darslik muallifi” va reyting ko‘rsatgichlariga binoan birinchi o‘rinni egallagan professor bo‘lgan.
350 ortiq ilmiy maqolalar muallifi, ulardan ko‘pchiligi xorijiy davlatlar nashrlarida chop etilgan. 10 dan ortiq avtorlik guvohnomalar va patentlar sohibi. 6 darslik, 3 monografiya mualifi.