Olim

KARIMOV MUSTAFAQUL KARIMOVICH

Filologiya fanlari nomzodi

Mustafaqul  Karimov   Toshkent viloyati Bayovut  tumanida  1938- yil 5-  yanvarda   tug‘ildi.    1940- yili  Samarqand  viloyati  Jizzax  tumani Toqchilik  qishloq  sovetidagi Joyilma   qishlog‘iga  ko‘chib  kelishadi.  Samarqand  viloyati Jizzax  tumani Toqchilik  qishloq  sovetidagi  Englis  maktabining  1- sinfiga 1947 -yili  bordi.   Mazkur  maktabda  Stalin  mukofotini  olishga  sazovor  bo`ldi.  Unda “Samarqand  viloyati Jizzax  tumani Toqchilik  qishloq  sovetidagi  Englis  maktabining 7-  sinf  o‘quvchisi  Karimov  Mustafaqulga a’lo  o`qigani, va  namunali  xulqi  uchun  1955-yil 4-avgustda TAQDIRNOMA berildi.  .



1957 -yil Samarqand  viloyati G‘allaorol  tumaniga  ko‘chib  kelishadi. Samarqand  viloyati G‘allaorol  tumaniga  qarashli Qirqqishloq  qishlog‘idagi  57-namunali o‘rta  maktabda  o‘qidi. Mazkur  maktabni  a’lo  baholar  bilan  bitirdi.



1959- yili  A. Navoiy  nomli  Samarqand  Davlat  Universitetining  filologiya  fakultetiga  o‘qishga  kirdi.  1965- yil  qizil  diplom  bilan  a’lo  baholarga  bitirdi.



1965-yil  Samarqand  viloyati G‘allaorol  tumaniga   qarashli  52- o‘rta   maktabda  o‘qituvchi bo‘lib  o‘z  faoliyatini  boshladi. 1966-yil  Sirdaryodagi G‘.G‘ulom  nomli  institutning   O‘zbek  tili  va  adabiyoti  fakultetiga  o‘qituvchi  bo`lib  ishga  kirdi. 



 1974-yil  Jizzax  Davlat  Pedagogika  Institutining  O‘zbek  tili  va  adabiyoti  fakultetiga  o‘qituvchi  bo‘lib  ishga  kirdi.



1976-yil  27-oktyabrda  filologiya  fanlari  nomzodi   bo‘lishga  musharraf  bo`ldi. 38  yoshida  filologiya  fanlari  nomzodi  bo‘ldi.   Ilmiy  ishlari   “Qozoq  va  Qirg‘iz  tillaridagi  tarjimachilikning  o`rni  va  ahamiyati”.



1972 –yil  “Sharq Yulduzi”  jurnalida “Tagiga  etib  tarjima  qilish  san’atdir’’  nomli  maqolasi  chiqdi.



O‘tgan  asrning  70- yillarida o‘zbek  adabiyoti  bo‘yicha  ‘nlab  maqolalar  e’lon  qildi.



 1982-  yil “Xalq  ta`limi  a’lochisi”  nishoni  bilan  mukofotlangan. 



1985- 1992 yillarda   O‘zbek  tili  va  adabiyoti  fakultetiga kafedra mudiri  lavozimida  ishladi.  



2009- yil  “Fan  nashriyoti”  da   U.  Qosimov,  Y.  Karimovalar  bilan  hamkorlikda   “Badiiy  tafakkur  talqinlari”  nomli  kitobi    chiqdi.



 2009-yil  dekabr  oyidagi  Qurbon  hayitni  Saudiya  Arabistonida   Makkai  Madinada  kutib  oldi.



Yuzlab  ilmiy   maqolalar  muallifi,   “Xalq  ta’limi  a’lochisi”,  Filologiya  fanlari nomzodi,  O‘zbekistonni,  o‘zbek  adabiyotini  jonidan  sevgan,  butun  umrini  o‘zbek  adabiyotiga  bahshida  etgan  ulug‘  olim  2010- yil   5- mart  kuni  72 yoshida  olamdan o‘tdi.