Olim

KASIMAXUNOVA ANARXAN MAMASADIKOVNA

Texnika fanlari doktori, professor

Kasimaxunova Anarxan Mamasadi-kovna (sof o‘zbek tiliga o‘girilganida Qosimoxunova Anoraxon Mamasodiqovna) 1954-yilining 27-sentyabrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatini Qorasuv shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Otasi-Kasimaxunov Mamasodiq-1921- yilda tug‘ilgan. U umumiy ovqatlanish shoxobchasini xizmatchisi lavozimida ishlagan. Onasi-Mo‘minjonova Sottixon 1923-yili tug‘ilgan. Qorasuv shahridagi “Karl Marks (hozirgi nomi-Muxammad Zahiriddin Bobur)” nomidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lgan. Opasi-Mamasodiqova Shoira-1946-yili tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat universitetidagi matematika fakultetida o‘qituvchi bo‘lgan. Singlisi-Kasimaxunova Sudoba-1956-yili tug‘ilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi 12 – sonli o‘rta maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Ukasi-Kasimaxunov Farxod-1960-yilda tug‘ilgan. U dastlab Farg‘ona shag‘ridagi “Azot” IChBsida, keyin 1995-yildan Rossiya mamlakatining Surgut shahridagi ishlab chiqarishda energetik bo‘lib ishlagan. Hozir nafaqada.



Kasimaxunova Anarxan Mamasadi-kovna 1960-yili Qorasuv shahridagi Karl Marks nomli o‘rta maktabining birinchi sinfiga o‘qishga kirgan va 1970-yil o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona politexnika institutini energetika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 1975-yilda imtiyozli diplomga tugallagach, “Elektr yuritma” kafedrasida shogird-tadqiqotchi lavozimiga tayinlangan va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Kibernetika institutida tadqiqot ishlarini olib boradi.



 



Tadqiqot ishlarini davomi Leningrad shahridagi Butunittifoq tok manbalarini ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik tekshirish institutining aspiranturasida (LO VNIIIT, hozirgi NPO “Kvant” filialida) 1976-1979-yillar texnika fanlari doktori, professor (bo‘lim boshlig‘i) Ye.K.Iordanishvili rahbarligi ostida o‘tagan.



Ustozi ajoyib inson – buyuk fizik A.F.Ioffening shogirdi, texnika fanlari doktori, professor (filial boshlig‘i) Yevgeniy Konstantinovich Iordanishvili  edi. U bu yerda quyosh va issiqlik energiyasidan elektr energiyasi olish ustida ish boshladi. Institut ilmiy laboratoriyasida yetuk olimlar L.S.Stilbans, B.M.Golsman, E.A.Izupak, B.Ya.Moyjes, S.M.Gorodeskiy, O.E.Kvyatovskiy, S.N.Borisov, G.M.Grigoreva va Moskvalik olimlar L.B.Kreynin, T.L.Lyubashevskaya, T.P.Doroxina, M.B.Kagan, K.N.Zvyaginalar ilmiy-tekshirish ishlarini olib borishar edi.



O‘sha 1977-1978-yillarda Sovet-Amerika kosmik kemasi – “Soyuz Apollon” programmasining bir qismi ustida ishlashga ham o‘z hissasini qo‘shgan edi. U 1982-yilining 2-oktyabrida nomzodlik dissertatsiyasini “Fototermobatareyalar yordamida quyosh va issiqlik energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirishni tadqiqot qilish” mavzuida muvaffaqiyatli yoqlab, “texnika fanlari nomzodi” ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.



Kasimaxunova Anarxan Mamasadi-kovna doktorlik dissertatsiyasini yoqlagunga qadar bo‘lgan yillar davomida, Farg‘ona politexnika institutida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, 1985-1986-yillarida o‘rindoshlik asosida dekan o‘rinbosari va dekanlik vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan. “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i” lavozimida ham faoliyat yurgazib, iqtidorli talabalarni Davlat stipendiyalariga tayyorlashda, horijiy Oliy o‘quv yurtlariga yuborishda katta hissa qo‘shdi. Jumladan, A.M.Kasimaxunova bo‘lim boshchiligi davrida Angliya mamlakatiga 3 nafar talaba, Germaniyaga bir nafar talaba bakalavriat va magistraturaga yuborilib, 1 ta Prezident stipendiyasi sovrindori (Nilufar Tursunboeva) va 3 nafar Beruniy stipendiyasi sovrindorlari tayyorlangan. Aynan o‘zining ilmiy rahbarligida esa, 2 ta Beruniy nomidagi Davlat stipendiati (Abdullaev E. Xoliddinov I.X.) va 2 ta Al-Farg‘oniy nomidagi stipendiatlar chiqarilgan (Shamovich E. Raxmatullina A).



Ish faoliyatini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy bog‘langan holda xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ham izlanishlarda qatnashgan, rahbarlik qilgan. Jumladan, 6-85 raqamli “Kombinatsiyalangan energiya o‘zgartirgich-fototermobatareyalarning ekspluatatsion xarakteristikalarini tekshirish”, 2005-yilda №14-05 “Исследование надёжности конструкции цеха прядильного производства Узбекско-Турецкого СП Маргилан текстиль” va 2005-2006-yy. bajarilishi rejalashtirilgan jami 1500000 (bir yarim million) so‘mlik  “Обследование состояние несущей конструкции и разработка проектных документаций зданий сооружений производственного комплекса АО “MARGILON OSIYO TEKS”  mavzuidagi xo‘jalik shartnomasi “O‘zbek ipagi” assotsiatsiyasiga qarashli “Marg‘ilon osiyo teks (MARGILON OSIYO TEKS)” korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida  mavzularning mas’ul bajaruvchisi, ilmiy rahbari bo‘lgan.



1973-1975-yillarda Farg‘ona shahar kengashiga 248-saylov okrugidan, 1987-yilda Qirguli tumani kengashiga 199-saylov okruglaridan deputat qilib saylangan. 1983-1987-yillar davomida Farg‘ona viloyat yosh olimlar kengashining raisi sifatida yosh olimlar, ilmiy tadqiqotchilarni fan va texnika sohasida o‘z hissalarini qo‘shishiga katta mehnat sarfladi. Qilgan samarali mehnatlari evaziga Kasimaxunova A. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, viloyatdagi ilmiy texnik jamiyatlarining Faxriy Yorlig‘lari va sovg‘alarini qo‘lga kiritgan.



2003-yili “Fototermobatareyalarning ekspluatatsion ish rejimlarini tadqiqot qilish” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini 01.04.10-Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli yoqlab, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga, 2010-yili esa professor unvoniga ega bo‘ldi.



2004-yili “Elektr energetikasi” kafedrasining mudiri, 2009-2010-yillarda energetika fakultetining dekani lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Butun diqqat -e’tiborini chuqur bilimli va malakali mutaxassislar tayyorlashga, yosh olimlarni ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga qaratdi.  Shu o‘tgan davr ichida u o‘z e’tiborini o‘quv jarayonini sifatini va kafedraning va fakultetning ilmiy-pedagogik potensialini ko‘tarishga  qaratdi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarini jalb etishga erishgan.



O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi davrda, A.M.Kasimaxunova Rossiyaning Sankt-Peterburg texnika Universiteti va Xitoy xalq Respublikasining Shimoliy energetika universitetlaridek Oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatib, o‘z shogirdlarini ilmiy-amaliy aloqalar o‘rnatilishiga yo‘lladi.



Texnika fanlari doktori, professor A.M.Kasimaxunova Farg‘ona politexnika institutida  1979-1984-yillarda “EAPU” kafedrasi o‘qituvchisi, 1984-1985-yillarda energetika fakultetining dekani muovini, dekan vazifasini bajaruvchi, 1986-1994-yillarda “EAPU” (hozirgi nomi “Elektr yuritma”) kafedrasining dotsenti,  1994-1996-yillarda FarPI “EYu” kafedrasining katta ilmiy hodimi, 1996-2001-yillarda “EYu” kafedrasining dotsenti, 2001-2004-yillarda FarPI  “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi”ning boshlig‘i, 2004-2009-yillarda “Elektr energetikasi” kafedrasining mudiri, 2009-2010-yillarda “Energetika“ fakultetining dekani,  2010-yilning mart oyidan hozirga qadar “Elektr energetikasi” kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.



Kasimaxunova Anarxan Mamasadi-kovna 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi ayollarning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihasi” tanlovida o‘z ixtirosi bilan qatnashib, Farg‘ona viloyati va Respublika tanlovida g‘olib bo‘lib, munosib taqdirlandi. Undan keyingi yillar davomida xuddi shunday tanlovda shogirdlari Nuriddinova R.A (2019-y.), Mamadalieva L.K. (2020-y.) qatnashib ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha ular ham 1-o‘rinni egallashdi va munosib taqdirlanishdi.



2017-yili Respublika Prezidenti Sh.A.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiyi faxriy unvoni-Davlat mukofotini oldi.



A.M.Kasimaxunova dars o‘tish jarayonida yangi axborot texnologiyalari va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llaydi, uning rahbarligi ostida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan talabalar, aksariyat hollarda, sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritadilar. Hozirgi paytda o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lib, texnika Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish va ta’lim jarayonini sifatini oshirish maqsadida, bir talay shogirdlari bilan o‘qitish metodikasi, interfaol usullar ishlab chiqish texnologiyasi ustida ishlab ijobiy natijalarga erishmoqda. Ishlab chiqilgan metodlar bayoni xorijiy jurnallarda nashr ettirilgan. Professor A.M.Kasimaxunova energetika sohasi muammolari ustida ham o‘zining maktabi bilimdonlari bilan ilmiy-tadqiqot, loyiha konstruktorlik ishlarini jadal olib bormoqda. Asosiy yo‘nalish: “Yarim o`tkazgichlar fizikasi va oliy ta’limda pedagogika”, muqobil energiya manbalarini yangi konstruksiyalarini yaratish, tekshirish va materiallar samaradorligini oshirishdir. Shu yo‘nalishda Professor A.M.Kasimaxunovaning ilmiy rahbarligida 5 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori tayyorlandi:




  • Mamadaliyeva Lola Kamildjanovna (nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi).

  • Nurdinova Roziya Abduxalikovna

  • Toxirov Muxammadrafiq Qodirovich

  • Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li.

  • Atajanova Saida Barotalievna.



Hozirgi paytda himoyaga chiqish arafasida yana 4 ta shogirdi - Latipova Muxayyo, Norbo‘taev Mas’ud, Umarova Gulchexra, ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlab, Kengash qarorlarini kutib xujjatlarni tartibga keltirishmoqda.



Doktorlik dissertatsiya himoyasidan keyin ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlari ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borildi. Jumladan: ”Mahsulot birligi uchun elektr energiyasini solishtirma sarfini hisoblash metodikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha tuzilgan xo‘jalik shartnoma asosidagi ilmiy-tadqiqot ishi 2019-yil 1-yanvardan ijro uchun qabul qilingan, unga rektor buyrug‘i asosida 104-18 tartib raqami berilgan bo‘lib, bu xo‘jalik shartnomasi Andijon viloyati, Andijon shahridagi ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) bilan tuzilib, yakunlangan. Yana shu tashkilot bilan “Fototermobatareyani ishlab chiqish” mavzuida №6, 16 mart 2020 yilgi buyruq asosida, ”Katta toklarni o‘lchovchi mikro-elektron qurilmani ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha 2020 yil 6-yanvardan 2020 yil 1-iyulgacha, buyruq №3 NIS, 21.02.2020y. kunidan xo‘jalik shartnomalari ustida ishlanib, barcha mavzularga ilmiy rahbarlikni olib bordi.



Undan tashqari oxirgi ikki yil ichida Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi “Fergana Avtomat Raschet” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan “Kichik va o‘rta quvvatli o‘zgarmas tok iste’molchilari uchun elektr energiyasi manbai-termoelektrogeneratorlarni ishlab chiqish” mavzusidagi (Buyruq №44 X1-hozirgacha bajarib kelishmoqda. Shu bilan bir qatorda, 2021-2026-yillarga mo‘ljallangan, shartnoma raqami FZ-2020100661-sonli “O‘zbekistonning turli tabiiy iqlim mintaqalarida iste’molchilar energiya ta’minoti uchun avtonom fotoelektrik stansiyalarining maqbul konfiguratsiyalarini asoslash uchun kombinatsiyalashgan energiya saqlash va o‘zgartirish tizimlarini nazariy-hisoblash va amaliy tadqiqotlari” mavzusidagi fundamental loyiha ishtirokchilari tarkibida jamoatchilik asosida 2021-yilning 1-iyunidan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.



2017-2020yy. bir necha ixtisoslashgan Kengashlar a’zosi sifatida dissertatsiya ishlarini muhokamasida va himoyasida qatnashgan (Toshkent -fizika-texnika institutida, Andijon Davlat universitetida, Farg‘ona politexnika institutida 2 ta kengashda). Hozir esa, O‘zbekiston Oliy Attestatsiya Komissiyasining “Fizika, matematika, texnika” yo‘nalishida ekspertlar komissiyasi a’zosi.



Hozirgi kunda Kasimaxunova A. M. 350 dan ortiq ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlar mualliflaridan bo‘lib, ular ichida 9 ta monografiya, uchta darslik, 3 o‘quv qo‘llanmasi ahamiyatga molikdir. Bundan tashkari u 6 ta ixtiro uchun va 1ta foydali model uchun O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining patentlari muallifidir. Dasturiy ta’minot bo‘yicha esa 9 ta sertifikatga ega. Undan tashqari, mualliflik ishlanmalari uchun ham 8 ta xalqaro sertifikat olgan.



A.M.Kasimaxunova xalqaro miqyosda xam ilmiy faoliyat yuritadi. U professor Ye.Beysenxanov raisligidagi muqobil energiya manbalarini tadbiq etish bo‘yicha O‘rta Osiyodagi xalqaro jamoat ilmiy texnik Kengashining a’zosi (TOO “Investitsii. Noveyshie texnologii. Zelyonaya energetika”). Konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadi, tashkiliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.



Hozirda A.M.Kosimaxunova bir farzandning onasi va besh nabiraning buvisi. O‘g‘li – Shoirbek Olimov Abduqoxxorovich Farg‘ona politexnika institutini “Elektronika va mikroelektronika” yo‘nalishini imtiyozli diplomga tamomlab, Toshkent Davlat Texnika Universitetining “Fizik elektronika va avtomatika” ixtisosligini ham grant asosida tamomladi. Taqsimot komissiyasi qaroriga muvofiq Farg‘ona polditexnika institutini energetika fakultetiga ishga kelib, onasi izidan borgan holda “Muqobil energiya



turlari va ular asosidagi qurilmalar” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. So‘ngra Xitoy xalq Respublikasining shimoliy energetika universitetida doktoranturani o‘tagan. U 2020 yildan beri Birlashgan Arab amirliklarining Ras Al-Xayma Amirligida bunyod etilayotgan mineral o‘g‘itlar zavodining bosh direktori.