Olim

KAYUMOVA NASIBA ASHUROVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Kayumova Nasiba Ashurovna 1968-yil 2-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1985-yilda o‘rta maktabni tugatgan.



1990-yilda oliy ta’limni matematika va fizika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatdi.



2008-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha  pedagogika fanlari nomzodligi ishini himoya qilgan. 1998- 2009-yillarda fizika-matematika fakulteti xotin-qizlar raisi vazifasida ishlagan.



2007-yilda   birinchi prezidentning “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan o‘qituvchilar tanlovi g‘olibi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida “Axborot texnologiyalari” yo‘nalishida malaka oshirib kelgan.



Uning ilmiy  uslubiy ishlari 120 dan ortiq, shulardan, 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma 2 ta monografiya,   10 ta uslubiy qo‘llanma, 8 ta elektron ta’lim resurslariga egalik guvohnomasi, mobil ilovalari, 15 dan ortiq xalqaro, 30 dan ortiq OAK tasarrufidagi maqolalari chop etilgan, bir nechta loyiha va tanlovlar ishtirokchisi. 2022-yilda  “Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusida 13.00.06 –elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy ishini himoya qilgan. N.A.Kayumova 13.00.06 – elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha respublikada birinchi fan doktori hisoblanadi.