Olim

KIRGIZOV SHAXOBIDDIN MIRZARAIMOVICH

Kimyo fanlari doktori, professor

Kirgizov Shaxobiddin Mirzaraimovich 1950-yil 26-oktyabrida Andijon shahrida tug‘ilgan.  Shu kungacha uning bevosita ilmiy rahbarligida kimyo  fani bo‘yicha 1 nafar falsafa doktorlari (PhD), dotsent yetishib chiqqan.



1968-1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti) Kimyo-biologiya fakultetini tamomlagan. 1973-1975-yillada Andijon viloyati Moskva (hozirgi Shaxrixon tumani) rayonida o‘rta maktabda kimyo-biologia fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1975-1978- yillarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi o‘rta maktabda kimyo-biologiya fani o‘qituvchisi bo’lib ishlagan. 1978-1986 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining biokimyo kafedirasida katta laborant, assistent bo‘lib ishlagan. 1986-yildan 1993-yilgacha Andijon davlat tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriasida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlagan. 1989-yilda ustozi Asqarov Ibrohimjon Rahmonovich birgalikda ixtiro uchun olingan mualliflik guvoxnomasidagi ixtironi amaliyotga joriy qilinganligi munosabati bilan sobiq Ittifioq ixtirochilar va ratsionalizator jamiyati tomonidan “SSSR ixtirochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. 1990 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti  ni ilmiy kengashi  tomonidan yilning eng yaxsh ixtirochisi sifatida pul mukofoti bilan taqdirlangan. 1993-yildan Andijon davlat universiteti kimyo fakulteti organik va umumiy  kimyo kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 1995-2003-yillarda Andijon viloyati bojxona boshqarmasida viloyatlararo bojxona ekspertiza laboratoriyasida laboratoriya boshlig‘i bo‘lib ishlagan hamda  bojxona xizmati mayori unvoniga sazovor bolgan



.    Andijon viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekison Respublikasida bojxona tashkiloti tashkil tapganligini 31 yilligiga bag‘ishlangan bojxona xodimlarining faxriylar bilan uchrashuvi 2003-yildan buyon Andijon Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent, professor  lavozimlarida ishlab kelmoqda.



Sh.M.Kirgizov fanlarga qiziquvchan, izlanuvchan va yangilikka intiluvchan pedagog, talabalardan o'z yordami va maslahatlarini ayamaydigan murabbiy, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo'luvchi inson sifatida Universitetda o‘z obro'siga ega.



Sh.M.Kirgizov ilmiy faoliyati davomida 3 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patent, 2 ta darslik, 5 ta o'quv  qo'llanma, 2 o'quv uslubiy qo'llanma, 2 ta monografiya jami 360 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublika va Xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan. Ko‘plab magistrlar, ilmiy xodimlar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilgan. Shaxabiddin Mirzaraimovich  Kirgizov ma'naviy yetuk, talabchan,  izlanuvchan ilmiy tadqiqotchi, printsipial inson.  Mamlakatimizdagi yoshlarga kimyo fanini o‘qitish bo’yicha ko‘rsatayotgan xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Sh.M.Kirgizov tomonidan hammualliflikda “Organik kimyo”, “Tovarlar kimyosi” darsliklari “Kimyoviy bilimlar sarchashmasi”, “Organik kimyodan laboratoriya ishlari”, “Tovarlar kimyosidan amaliy va laboratoriya ishlari”, “Yosh kimyogarlar uchun qiziqarli tajribalar” o‘quv qollanmalari, 2 ta monografiyalari oliy o‘quv yurtlari talabalari, umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari samarali foydalanib kelmoqda. Sh.M.Kirgizovni ta’lim sohasida amalga oshirgan yuksak mehnati va erishgan yutuqlari uchun 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.



 Sh.M.Kirgizov universitetdagi faoliyati davomida yangilikka intilishi, ilm yo'lidagi fidoyiligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi, universitet rivojlanishiga ijobiy takliflari bilan jamoaning hurmatiga sazovor bo'lgan. Talabalar va kafedra professor-o'qituvchilari o'rtasida adolatli o'qituvchi, sodiq va mehribron do'st, talabchan ilmiy tadqiqotchi sifatida obro' qozongan. Universitetning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok  etadi Sh.M.Qirg'izov Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/.29.10.2021.



K.T.60.05 raqamli Ilmiy kengashda Tovarlar kimyosi ixtisosliklari bo'yicha Ilmiy seminar va ilmiy kengash a'zosi. Shuningdek,  Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02 raqamli ilmiy kengash raisi o’rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda.



       Oldingi o'quv yillarda talabalarning bitiruv malakaviy amaliyotlarini o'tishida Andijon shahar hududida mavjud bo'lgan ishlab  chiqarish korxonalari ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirib bordi. Amaliyot davrida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishganlaridan so'ng talabalardan bir nechalari  hozirgi kunda shu korxonalarda, jumladan, Uz Dong Ju  lok bo'yoq qo'shma korxonasida, O'zdavstandart agenligining Andijon viloyatidagi sinov va sertifikatlash laboratoriyalarida,  Andijon viloyati davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazining turli bo'limlarida faoliyat yuritishmoqda Sh.M.Kirgizov Kimyo kafedrasida olib borilayotgan Istiqbolli rejada belgilangan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-tashkiliy ishlarida faol ishtirok etib keladi. Kimyo kafedrasi o'quv jarayonlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkillaydi, ajratilgan fanlarning har bir mashg'uloti uchun texnologik xarita va uslubiy ishlanmalar, o'quv-uslubiy majmua, slayd-prezentatsiyalar, audio, video materiallar, elektron modul tizimi tayyorlagan.      Sh.M.Kirgizov fakultet, universitet va viloyat ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida faol qatnashadi. Talabalar turar joylarida turli  mavzularda o'tkazilgan  davra suhbatlarida, talabalarni pedagogik amaliyot o'tagan davrida o'tkazilgan kimyo kechalarida faol ishtirok etib  keladi. U viloyat va    respublikada o'tkaziladigan innovatsion loyihalar yarmarkalarida o'zining yaratgan biostimulyatorlari, ularning qishloq xo'jaligida muhim o'rin tutishi xaqida  qiziqarli mavzulari bilan  muntazam ishtirok etib keladi. U hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda  zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.



Viloyat va universitetda o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda doimo faol ishtirok etib kelgan. Kafedrada o'tkazilgan ma'naviyat soatlarida talabalar bilan ularni qiziqtirgan mavzuda suhbatlari olib boradi. Uning rahbarligida juda ko'p talabalar bitiruv malakaviy ishlari va kurs ishlari himoya qilgan. Sh.Kirgizov universitetda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.



U oliy o'quv yurtlarida o'tkaziladigan Respublika ilmiy-nazariy anjumanlarda doimo faol ishtirok etib keladi. U Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Qarshi, Guliston, Nukus, Termiz, Namangan, Farg'ona va Andijonda o'tkazilgan anjumanlarda doimo faol ishtirok etib keladi.



Navoiy konchilik instututidagi konferensiya ishtirokchilari



U Andijon davlat universitetida O'zbekistonda yaratilgan yangi fan “Tovarlar kimyosi fani muammolari va istiqbollari” mavzusida o'tkazilgan Respublika va xalqaro anjumanlarining barchasida bevosita ishtirokchisi va tashkilotchisi sifatida, universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirishda rahbariyatga doimo yaqindan yordam ko'rsatib keladi. 2008 yil, 2011 yil, 2013 yil, 2015 yil, 2018 yil, 2019, 2021, 2022 yillarda o'tkazilgan  anjumanlarni hay'at a'zosi bo'lgan hamda o'tkazilgan anjumanlarni yuqori saviyada  o'tkazishda faol ishtirok etib keldi.



      2013-yilda hammualliflikda oliy o'quv yurtlari kimyo yo'nalishi uchun yozilgan Organik kimyo darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi-2013” tanlovida ishtirok etib faxriy yorliq bilan taqdirlangan.



       Sh.M.Kirgizov universitet jamoat tashkilotlari ishlarida ham faol ishtirok etadi.  yillarda universitet  rahbariyati topshirig'iga binoan fakultetlarda o'quv jarayonlarini nazorat qilishda ichki nazorat va monitoring bo'limida faol ishtirok etdi Jamoada o'tkazilgan anketa so'rovlarida Sh.M.Kirgizovning ma'ruzalariga yuqori baho berilgan. U Andijon shahridagi umumta’lim maktablari o’quvchi va o’qituvchilari bilan doimo ijodiy uchrashuvlar o’tkazib boradi.



Uning rahbarligida ikkita falsafa doktori, to‘rtta magistr  ilmiy tadqiqot ishini himoya qilgan. Bugungi kunda Nizomiy nomidagi TDPI, QarDU fan doktori (DSc), falsafa fan doktori (PhD) beruvchi ixtisoslashgan kengashlarining a’zosi. Hozirda Qarshi davlat universiteti   Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti  “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.



Oilali, 4 nafar farzandi va 10 nafar nabirasi bor.