Lola Mamadaliyeva 2018-yili “Yil ayoli” koʻkrak nishoni, 2021 yili “Ma’naviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni, 2022-yili "Mo’tabar ayol" koʻkrak nishoni, 2023 yili “Ilm-fan iftihori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2020 yili “O‘zbekiston ayollari-ning 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III respublika tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Umumiy mehnat staji - 41 yil. Mamadaliyeva Lola Kamildjanovnaning 2ta ilmiy ixtiro uchun patent va 3ta xalqaro mualliflik guvohnomasi, 10ta EXM dasturi uchun mualliflik guvohnomasi, 4ta darslik, 6ta o‘quv qo‘llanma va 5ta monografiyaning, 25dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, 150 dan oriq ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.
For joining Editorial Board of Texas journal of Multidisciplinary Studies, Plano, Texas 75024, U.S.A.
For joining Editorial Board of Journal Academic research: 21st Century Education, New York. (www.usajournals.us). Jurnallari tahririyat a’zosi. Bundan tashqari Farg‘ona politexnika instituti Ilmiy kengash a’zosi, Kompyuterlashtirilgan loyihalash tizimlari fakulteti kengashi a’zosi, Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi PhD. 03/27.02.2020.T.106.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi va Ilmiy daraja beruvchi PhD. 03/27.02.2020.T.106.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi.
Institutda doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvanlik va stajer-tadqiqotchilikka kirish imtihoni sinovlari va suhbat jarayonlarini o‘tkazishda 05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha komissiya raisi.
L.K.Mamadaliyeva o‘z mehnat faoliyatini 1982 yilda Farg‘ona badiiy tikuvchilik fabrikasi tikuvchisi, 1983 yil Farg‘ona politexnika instituti talabasi, 1992 yilda Farg‘ona politexnika instituti avtomatik boshqarish tizimlari bo‘limi operatori lavozimlaridan boshlagan. 2003 yilda 01.04.10 - “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha aspiranturani tamomlab, 2009 yilda Toshkent “Fizika-Quyosh” ilmiy tadqiqot institutida “CdTe dan tayyorlangan fotosezgir parda va BiTeSb–BiTeSe termoelektrik materiallari asosida ko‘p maqsadli fototermo o‘zgartirgichlarni yaratishni tadqiqot qilish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Himoyadan so‘ng yosh olima o‘z mehnat faoliyatini Farg‘ona politexnika institutida davom ettirib, dastlab assistent, katta o‘qituvchi va so‘ngra dotsent va hozirda professor lavozimlarida ishlab kelmoqda. Pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda, energetika fakultetining Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Farg‘ona politexnika instituti "Jamoatchilik boshqaruvi va nazorat" kengashi va institut ilmiy Kengashining a’zosi, 2012–2017 yillarda Farg‘ona politex-nika instituti "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari" kafedrasi mudiri, 2017 yilda “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yilda 01.04.10-“Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun “Geterotuzilmali fotoo‘zgartirgich va BiTeSb–BiTeSe dan tayyorlangan termoelementlar asosida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan tanlangan nurlar fototermo-o‘zgartirgichlarni yaratish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023 yildan vazifalarini bajarib kelgan va hozirda shu institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Mamlakatimizda Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘risida”gi PQ-2909 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga asos solindi. Novosibirsk davlat texnika universiteti va Farg‘ona politexnika instituti bilan “Qo‘shma fakultet” ochilishida tashabbus ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yilda bajariladigan fundamental loyihalar tanlovi g‘olibi bo‘lgan, shartnoma raqami № FZ2020100661-sonli-O‘zbekistonning turli tabiiy-iqlim mintaqalarida iste’molchilar energiya ta’minoti uchun avtonom fotoelektrik stansiyalarning maqbul konfiguratsiyalarini asoslash uchun kombinatsiyalangan energiya saqlash va o‘zgartirish tizimlarini nazariy –hisoblash va amaliy tadqiqotlari” mavzusidagi bajarilishi 2021 yilning 1 iyunidan 2026 yilning 31mayigacha mo‘ljallangan funlamental loyihada katta ilmiy xodim lavozimida ishtirok etib kelmoqda.
Kafedrada o‘zining mehnat faoliyati davomida muntazam ravishda iqtidorli talabalar bilan ish olib bormoqda. Ularning ilmiy faoliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashib, ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlariga amaliy yordam berib kelmoqda.
Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ixtidorli talabalarga Germaniyalik professor Christiane Gerischer davra suhbati olib bordi. Suhbat jarayonida institutimizda kredit-modul tizimini to'g'ri tashkil etish, Yevropa tajribasi bilan bo'lishish va uni tadbiq etish, kredit - modul tizimi to'g'risida to'liq ma'lumotlarni ma'ruzalar va taqdimotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Oʻz professional hayot tajribasi va toʻplagan xalqaro bilimlaridan foydalangan holda Oʻzbekistonda demokratik jarayonda, qonunlar qabul qilinishida ayollarning faolligini oshirish masalasini keng targʻib qilib kelmoqda.
Xususan, olib borayotgan seminar-treninglari yordamida ayollarning liderlik mahoratini, intellektual potensialini oshirish hamda uni jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga yoʻnaltirishda hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarni oldini olish, ayollar va yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni oldini olish hamda profilaktika qilish kabi dolzarb masalalarda zamonaviy interfaol uslublarni qoʻllagan holda turli seminar-treninglar olib bormoqda.
Shu bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, jumladan bevosita o‘zi ilmiy rahbarlik qilgan 2-nafar talaba Tojiboeva Muhayyoxon “Beruniy” va Mirzaraximova Muxlisaxon “Kelajak ovozi” nomli nomdor stipendiya sohibi, 2-nafar talabasi Respublika fan olimpiadasi g‘olibi, 1-nafar talaba “II-VIII Respublika innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yarmarkasi” nominatsiyasi hamda bir necha talabalari “Yosh kitobxon”, “Yoshlar bandligi ta’minlashning dolzarb masalalari muammo va yechimlar”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajak bunyodkori”, “Eng yaxshi kitobxon”, “O‘zbekiston-umumiy uyimiz”, “Mustaqillik marafoni”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Yurtimni obod etaman” mavzularida o‘tkazilgan tanlov va ko‘riklar g‘olibi bo‘lgan.
Mamadalieva L.K. doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U har ishda tashabbuskor, talabchan, har bir ishga mas’uliyat bilan qaraydi, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r. U o‘zining halol mehnati bilan yoshlarga ilm berishda, ularni ona Vatanimizga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, bo‘lajak kasbiga mehr ruhida va yetuk mutaxassis etib tarbiyalashda fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelmoqda.
2019 yilda 21-23 aprel kunlari Osh viloyatining Osh davlat universitetida Xalqaro kongress o‘tkazildi. Kongress doirasida mamlakatimizda boʻlayotgan oʻzgarishlarni xalqqa targʻib qilishda ulkan xissasini qoʻshish bilan birga, har bir respublikadagi meditsinaga oid bo‘lgan o‘zgarishlar, elektr energiyaning tanqisligi yechimiga oid maqolalar, pedagogika bo‘yicha interfaol metodlardan foydalangan holda seminar treninglar oʻtkazib, ilmiy yangiliklari bilan o‘z hissasini qo‘shidi.
O‘z mehnati faoliyati davrida kafedraning kelajak strategik rejasi haqida taqdimoti. O‘z belgilagan rejasini o‘z vaqtida bajarib, sidqi dildan ish faoliyatini yuritib kelmoqda.
Kafedrada ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik juda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarish korxonalarining talablariga ko‘ra, kafedradan talabalari korxona muammolaridan kelib chiqib, amaliyotga hamda kurs loyihalari va diplom ishlari uchun ma’lumotlar yechimini joriy qilishmoqda.
Mamadalieva Lola Kamildjanovnani viloyat, shahar, institut va fakultetda o‘tkaziladigan har bir tadbirda o‘z o‘rni va o‘zini tashabbusi bor. Har bir tadbirni o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatib faol ishtirok etadi.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, mo’tabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.