Mirsalim Mamarajabov - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent, pedagogika fanlari doktori.
Mirsalim Elmirzayevich 2004-yilda “Kasb-hunar kollejlarida informatika fanining “Amaliy dasturiy ta’minot” bо‘limining mazmuni va о‘qitish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qilgan. 2005 yil 25 fevralda 13.00.02 - ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2009 yil 25 mayda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2023 yilda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bо‘lajak о‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan.
Umumiy mehnat staji – 51 yil. Mirsalim Mamarajabov 1989-1994 yillarda Nizomiy nomidagi TDPI ning “Fizika-matematika” fakultetining “matematika-informatika” ixtisosligini muvafaqqiyatli tamomlab, 1994-yil о‘z ish faoliyatini mazkur institutning “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan.
1994-1996-yillar kafedraning katta laboranti va о‘rindosh о‘qituvchisi, “Axborot texnologiyalari markazi” bо‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan. 1997-yil yanvardan 2000-yil yanvarigacha institut(universitet)ning kunduzgi bо‘lim aspiranturasida о‘qib, uni tugatgach, yana shu kafedraga 2000-yil yanvaridan о‘qituvchi lavozimiga ishga qaytgan. 2000-2010-yillarda kafedrada о‘qituvchi, katta о‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab, 2010-2015-yillarda “Informatika va ta’limda axborot texnologiyalari” (“Informatika о‘qitish metodikasi”) kafedra mudiri, 2015-2020- yillarda informatika va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020-2021-yillarda Informatika va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi kafedra mudiri, 2021-2022-yillarda “Informatika” kafedrasi mudiri va 2022-yil 10- fevraldan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Mirsalim Elmirzayevich Mamarajabov nafaqat о‘z oliy о‘quv yurtida, balki ta’lim tizimidagi boshqa ilmiy tadqiqot mussasalaridagi о‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik ishlarda ham faol qatnashib keladi.
Jumladan: uzluksiz ta’lim tizimida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni va uni uzviyligini ta’minlash va takomillashtirish bо‘yicha, О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika Ta’lim markazidagi “Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” bо‘limining ilmiy metodologik kengashida a’zo va rais sifatida informatika fanini о‘qitish masalalarida o‘zining maslahatlari bilan faol qatnashib keladi.
Ta’lim jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida о‘qitiladigan fanlar bо‘yicha о‘quv uslubiy majmua yaratishda, jumladan umumiy о‘rta ta’lim maktablari uchun “Milliy о‘quv dasturi” ni yaratishda va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qonun, farmon va qarorlarini ijrosini ta’minlashda foal qatnashib kelayotgani tahsinga loyiq.
U Respublika ta’lim tizimiga pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashda ham tashabbuskor. Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Elektron ta’lim markazi” uslubiy kengashining, Respublika Ta’lim markazida “informatika” fanining uslubiy birlashmasining a’zosi sifatida faoliyat yuritib keladi.
28-may 2012-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rta maxsus ta’lim tizimida “Ta’lim jarayonida interfaol ta’lim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” nomli davriy seminar treningda faol ishtirok etib keladi.
Mirsalim Mamarajabov Respublika ta’lim markazi va UNESCO ning О‘zbekistondagi vakolatxonasi о‘rtasida tuzilgan №4500438816 – sonli kelishuv asosida amalga oshirilayotgan “235UZB1000 – Farg‘ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg‘unlikda” loyihasida ishchi guruh a’zosi hisoblanadi.
M.Mamarajabov loyiha doirasida “Maktab о‘quvchilarida hayotiy kо‘nikmalarni rivojlantirish: aniq fanlar о‘qituvchilari uchun metodik qо‘llanma” yaratilishida mas’ul muharrir sifatida ishlab, uni takomillashtirish ishlariga boshchilik qildi. Mazkur qо‘llanmani tajriba-sinovdan о‘tkazish uchun Namangan viloyatidagi tayanch maktablarida tashkillashtirilgan о‘quv seminarlarida trener sifatida ishtirok etdi.
Shu bilan birga, M. Mamarajabov Markaz bilan turli masalalarda yaqindan hamkorlik qiladi. Aniq fanlar yо‘nalishi bо‘yicha ommalashtirish ishlariga taqriz, fan dasturlari va darsliklar, qо‘llanmalar bо‘yicha xulosalar berib kelmoqda.
U hozirgi kunga qadar hammuallif va yakka mualliflikda 10 ta о‘quv qо‘llanma, 3 ta darslik, 15 dan ortiq metodik qо‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari chop ettirgan.
Bundan tashqari bakalavriat, magistraturaning davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini ishlab chiqishda faol qatnashib, ularda о‘qitiladigan fanlar bо‘yicha dasturlarning muallifi.
2011-yilda “Yilning eng yaxshi darslik va о‘quv adabiyoti muallifi” Respublika kо‘rik tanlovida hammualifda yaratilgan “Axborot texnologiyalari” nomli о‘quv qо‘llanmasi uchun “1-darjali diplom” bilan taqdirlangan.
Bunda tashqari universitet qoshidagi “Pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash” tarmoq markazida “Elektron pedagogika asoslari va pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalash” va “Pedagogik tadqiqot natijalarini tahlil qiluvchi axborot tizimlari” kurslari va о‘rta maxsus kasb hunar ta’limi muassalarilari о‘qituvchilarining “Malaka oshirish va qayta tayyorlash” markazidagi tinglovchilarga “Yangi axborot texnologiyalarini о‘quv jarayonida qо‘llash” kurslaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini ham olib boradi.
M.Mamarajabov o‘zining ilmiy maktabini yaratib, ko‘plab PhD ilmiy darajasiga ega shogirdlarni tayyorlab, ilm-fan sohasiga o‘z hissasini qo’shib kelmoqda.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, hamkasblari va oilasi orasida katta hurmat qozongan.