Mamatov Axmetjon Atajanovich Toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
U 1962-yilda Chimkent viloyatining Paxta-orol tumani Sverdlov qishlogʻida tugʻilgan. Shu qishloqdagi oʻrta maktabning 8-sinfini tugatib, 1977-yilda Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi 14-maktabda oʻqishni davom ettirdi va uni 1979-yilda a’lo baholar bilan tamomlagan. Yoshligidan oliy ma’lumot olishga boʻlgan qiziqish va intilishlari sabab 1986-yilda Toshkent Davlat universiteti (xozirgi Oʻzbekiston Milliy Universitetining Iqtisodchi, siyosiy iqtisod fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Oʻzining mehnat faoliyatini 1986-yildan Sirdaryo davlat pedagogika instituti “Siyosiy iqtisod” kafedrasi laboranti lavozimidan boshlab, 1987 -1988-yillarda kafedra oʻqituvchisi, 1988-1991-yillarda Toshkent davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti aspiranti, 1992 - 1995-yillarda Guliston davlat universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi katta oʻqituvchisi. 1995 - 1998-yillarda Toshkent davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti doktoranti. 1999-yildan Guliston davlat universiteti “Menejment” kafedrasi mudiri, 2000-yildan Iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. A.A.Mamatov oʻzining ilmiy izlanishlarga boʻlgan qiziquvchanligi va intilishlari sababli 1992-yilda “Valovoy doxod predpriyatiy i osobennosti vzaimootnosheniy predpriyatiy s obshestvom” mavzusida 08.00.01-Iqtisodiy nazariya ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya ishini himoya qildi.
2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasi huzuridagi D 005.10.02 raqamli Birlashgan Ixtisoslashgan Kengashda “Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki mahsulot” mavzusida 08.00.01-Iqtisodiy nazariya ixtisosligi boʻyicha doktorlik dissertatsiya ishini himoya qildi. 2017-yilda esa professor ilmiy unvonlarini oldi.
Professor A.A.Mamatov 2000-2007 va 2010-2017-yillarda Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2017-yildan Toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu bilan birga A.A.Mamatov oʻzining grafik-rejasi asosida Namangan, Andijon, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi OTMlarida boʻlajak iqtisodchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan muntazam uchrashuvlarini tashkil etib, ularga sohadagi ilmiy tadqiqotlar boʻyicha maslahatlar berishni yoʻlga qoʻygan. A.Mamatov ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berilishi natijasida fakultetning iqtidorli talabalaridan 6 nafari 2010-2015-yillar davomida har yili “Navoiy” nomli davlat stipendiati, 4 nafar talabasi respublika miqyosida oʻtkazilgan tanlovlar gʻolibi boʻlishgan. Shuningdek A.A.Mamatov Olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida Bishkek, Almata, Toshkent, Fargʻona, Qarshi va shu kabi qator shahar va mamlakatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro miqyosdagi anjumanlarda ma’ruzalar qilib universitet nomini koʻpgina davlatlarda tanitgan. Uning rahbarligida 5 ta tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Uning muallifligida 6 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta darslik, 8 ta risola 18 ta oʻquv-uslubiy majmua va koʻrsatmalar muallifi, 250 dan ortiq ilmiy maqola va axborotlari respublika va xalqaro miqyosida ilmiy jurnal va toʻplamlarda chop etilgan.
A.A.Mamatov asosiy vazifasidan tashqari jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. U 2006-2010-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti, 2011-2012-yillarda Toshkent Moliya instituti, 2017-2022-yillarda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. As Editorial Board Member of "Journal of Economics, Finance And Management Studies" and denoting a professional contribution as board member and a personal commitment to the advancement of peer-reviewed publication in JEFMS ilmiy jurnallarining taxririyat a’zosidir.
A.A.Mamatov oilali. Uning 4 nafar farzandi va 11 nafar nabirasi bor. Turmush oʻrtogʻi – Mamatova Fotima Abdusalomovna, maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi. Katta oʻgʻli M.A.Mamatov – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, kichik oʻgʻli D.Mamatov- ichki ishlar xodimi.