Olim

MATJANOV NURJAN SULTAMURATOVICH

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

Matjanov Nurjan Sultamuratovich, 1974-yili 21-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy.



2018-yili 20-dekabrda Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.20.02 raqamli ilmiy kengashda “Uzluksiz ta’lim tizimida kvant tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda izchillik” mavzusida 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2019-yil 28-fevral kungi OAK ning 261/1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.



N.S.Matjanov oʻquv fanlaridan talabalarni oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashga ham harakat qilib kelmoqda. 2020-yili N.S.Matjanov “Uzluksiz ta’lim tizimida kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillik” (Toshkent-2020, “NIF MSH” nashriyoti, 11,15 b.t.) deb nomlangan monografiyasi; 2021-yili yakka mualliflikda “Fizika oqytyoʻ metodikasy” (Oʻquv adabiyotining nashr ruxsatnomasi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrugʻiga asosan. Roʻyxat nomeri 237-027.) (Toshkent: Yosh avlod matbaa” bosmaxanosi, 21 b.t.) deb nomlangan darsligi; 2021-yili yakka mualiflikda “Kvant fizikasin oqitiw metodikasi” (Nukus-2021, Ajiniyoz nomidagi NDPI basmoxonasi, 5 b.t.) deb nomlangan oʻquv-metodik  qoʻllanmasi; 2021-yili N.S.Matjanov, G.E.Qarlibaeva va R.A.Ametovlar bilan hammualiflikda “Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari” (Nukus-2021, Ajiniyoz nomidagi NDPI basmoxonasi, 3,5 b.t.) deb nomlangan oʻquv-uslubiy  qoʻllanmasi; 2021-yili N.S.Matjanov va K.A.Embergenova bilan hammualiflikda “Astronomiya kursinin’ uliwma astronomiya moduli ushin ma’seleler toplami” (Nukus-2021, Ajiniyoz nomidagi NDPI basmoxonasi, 6 b.t.) deb nomlangan oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi mazkur adabiyotlar institut Axborot resurs markaziga joylashtirilgan.



2022-yili 7-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/03.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengashda “Pedagogika oliy ta’lim tizimida oʻqitilayotgan kvant nazariyasining metodologik va didaktik asoslari” mavzusida 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2023-yil 31-yanvar kungi OAK ning 332/1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.



2022-yilda G.E.Qarlibaevaning rahbarligida K.A.Embergenova “Axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar asosida astronomiya kursini oʻqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) himoyasini Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/03.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengashda muvafaqiyatli himoya qildi.



2014-2015-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi YOA5-XT-1-31884 raqamli  “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika oʻqituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi loyihada katta ilmiy xodim lavozimida ishtirok etgan.