Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, 1965- yil 7- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989- yilda Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) achitqi mahsulotlari texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha injener texnolog, texnika fanlari doktori, professor. 05.17.04 – Asosiy (ogʻir) organik sintez texnologiyasi ixtisosligi boʻyicha “Atsetilen, etilen birikmalar va aminlardan piridinli asoslarni katalitik sintezi va texnologiyasini yaratish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 1994-yilda himoya qildi. 02.00.03 – Organik kimyo (texnika fanlari) ixtisosligi boʻyicha “Atsetilen va uning xosilalari asosida piridinlar, atseton va murakkab efirlar olishning kam chikindili texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini 1999-yilda himoya qildi. Ushbu sohalarda dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilish bilan birga, ilmiy maktabini ham yaratdi. Uning rahbarligi va maslahatchiligida 9 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Kimyo sohasidagi olim sifatida, 6 ta patent, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar, 6 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanmalar, 1 ta monografiya hamda 20 ta oʻquv-uslubiy ishlanmalar muallifi.
Ilmiy maktabni yaratish bilan birga, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi. Uning rahbarlik yillarida 2004-2017-yillar davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilgan ishlar natijasida 20 ga yaqin doktorlik va 100 dan ortik nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
S.M.Turabdjanovning ilmiy faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha erishgan yutuqlari asosiy ogʻir organik sintez mahsulotlari texnologiyalari sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish, piridin, atseton, atsyetilen va uning hosilalari asosidagi murakkab efirlar hosil qilishning chiqindisiz texnologiyalarini yaratishdan iborat boʻlib, ular quyidagi tadqiqotlarda oʻz aksini topgan:
- Atsetilen, ammiak va karbonil birikmalar asosida piridin va metilpiridlar sintezining texnologik jarayonlarini tadqiq etish.
- Yuqori tanlanuvchan, barqaror quyi haroratda ishlaydigan yangi samarali, yuqori unumlikka ega boʻlgan koʻp funksiyali katalizatorlarni tajriba-sanoat ishlab chiqarilishini yaratish. Avvaldan berilgan xossalarni namayon qiluvchi katalizatorlarni olish metodlarini ishlab chiqishda, ularning muhim teksturali tasniflari oʻrganildi. Ishlab chiqarilgan katalizatorlarning tarkibi va xususiyatlari oʻrtasidagi ba’zi oʻzaro bogʻliqliklari oʻrnatildi.
- Atsetilen, etilen, karbonilli birikmalarni ammiak va aminlar asosida piridinlarni olishning katalitik jarayonlari tadqiq qilindi.
Qayd etilgan ilmiy-tadqiqot ishlarning dolbzarligi va zaruriyati ilmiy jihatdan chuqur asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnologiya taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini amaliyotga tadbiq etish bu bilan iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda.
Uning rahbarligi davrida 150 ta respublika, 8 ta xalqaro grant ilmiy loyihalar. Yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim markazlari bilan 23 dan ortiq shartnomalar tuzildi. 6 ta xalqaro va 19 dan ortiq respublika ilmiy anjumanlari oʻtkazildi.
S.Turobjonov Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017.Т.04.01 raqamli Ilmiy Kengashi raisi. Oliy maktablar xalqaro Fanlar Akademiyasining (haqiqiy a’zosi) akademigi (Rossiya) hamda “Kimyo texnologiyalar” xalqaro jurnalining (Rossiya, Moskva) tahririyat a’zosi va Qozogʻiston Respublikasi xalqlar doʻstligi universitetining faxriy professori Belarus davlat texnologiya universiteti faxriy doktori, Belarus milliy texnika universiteti faxriy professori va Rossiya Federatsiyasining Moskva energetika instituti faxriy professori hisoblanadi.