Olim

MAXMUDOV NOSIR MAXMUDOVICH

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Nosir Maxmudovich    Maxmudov “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni     modellashtirish va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish” yo‘nalishida ilmiy maktab yaratgan yetakchi, iqtisodchi olim hisoblanadi. Ushbu maktabda professor N. M. Maxmudov 1 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga oʼz hissasini qoʼshmoqda.  Hozirgi kunda Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining faxriy a’zosi hisoblanadi.



Professor N.M. Maxmudov hozirgi kunda 80 dan ortiq umumiy hajmi 128 b. t. dan iborat ilmiy ishlar eʼlon qilib, shundan 7 tasi oʼquv qoʼllanma va ilmiy monografiya hamda risolalar boʼlib, ular asosan O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, makroiqtisodiy koʼrsatkichlarni prognozlashtirish, sanoat sohalarini boshqaruv tizimining iqtisodiy tadqiqoti, paxta va yengil sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyalari tadqiqoti, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va boshqa ijtimoiy dolzarb muammolarga bagʼishlangan ilmiy ishlari nufuzli xalqaro va respublika nashriyotlarida chop etilgan.



Shu bilan birga professor N.M. Maxmudov yaratgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan O‘zbekistonda milliy iqtisodchi kadrlar tayyorlash, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amaliyotga joriy etishda ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.