B.K.Muxamedsaidov texnika fanlari nomzodi, professor 1965- yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi fakultetini bitirgan. 1965-1969 – yillarda shu institutning “Umumtexnika fanlar” kafedrasida oʻqituvchi, keyinchalik katta oʻqituvchi lavozimlarida pedagogik faoliyat olib borgan. 1969-1970- yillarda Moskva davlat mashinashunoslik institutida stajyor -tadqiqotchi lavozimida ilmiy ish bilan shugʻullagan. 1971-1974- yillarda institutning aspiranturasida tahsil olgan. 1974-1979- yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Umumtexnika fanlari” kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Shu yillarda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvoniga erishgan. 1976-1979- yillarda fakultet dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini lavozimida ishlagan. 1979-1995- yillarda ”Umumtexnika fanlari” kafedrasiga mudirlik qilgan. 1995-2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ”Texnika fanlari” kafedrasi dotsenti, 2002-2011-yillarda shu kafedra mudiri va 2011-yildan hozigi vaqtgacha “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. Boqijon Karimovich 56 yillik ilmiy faoliyati davomida 1ta monografiya, 4 ta darslik, 6 ta elektron darslik hamda elektron ta’lim resurslari uchun patent idorasidan olingan guvohnomalar, nufuzli xorijiy jurnallarda va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirligi mahkamasi huzuridagi OAK roʻyxatidan oʻtgan jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy nazariy va metodik maqolalari chop etilgan.
2016-yilda B.K.Muxamedsaidov hammualiflikda tayyorlangan “Texnik mexanika” nomli darslik ”Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida faxrli 1- oʻrin sohibi boʻlgan. Magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarga muvaffaqiyatli rahbarlik etib kelmoqdalar. Shuningdek ustoz rahbarliklari ostida D.N.Mamatov ikki marta (2013, 2014 -yillar) “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori boʻlgan. Ustoz raxbarligida talabalar Respublika fan olimpiadalarida faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar.
Uzoq yillar davomida talabalarga “Mashinashunoslik” fanlaridan yuqori saviyada ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari olib bormoqdalar.
Muxamedsaidov Boqijon Karimovich respublikamiz umumta’lim maktablariga va kasb-hunar bilim yurtlariga yuqori malakali umumtexnika fanlari va mehnat ta’lim oʻqituvchilari tayyorlashdagi koʻp yillik samarali xizmatlari uchun “Xalq maorif a’lochisi” nishoni, Xalq ta’limi vazirligi va universitet rektorining faxriy yoriqlari bilan taqdirlangan.