Olim

NASRIDDINOV KOMILJON RAXMATOVICH

Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Komiljon Nasriddinov 1961-yil 1- yanvarda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Jig‘achi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi – Nasriddinov Raxmat, onasi – Shukurova Ochilgul tumandagi Buxoro kolxozida dehqon bo’lib ishlashgan. U 1968-1978-yillarda shu qishloqdagi G’.G’ulom nomidagi 49-sonli o‘rta maktabda tahsil olib, uni a’lo baholarga tamomlagan. Shu yili A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti (hozirgi: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)ning Injener-fizika fakulteti Injener-fizika mutaxassisligiga imtihonlarda fizika va matematika fanlaridan umumiy 9 ball yig‘ib imtiyozli qabul qilingan va 1983-yilda ushbu institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.



K. Nasriddinov o’z mehnat faoliyatini 1983- yili O‘zR FA Elektronika institutida stajyor-tadqiqotchilikdan boshlagan. U 1984-2000- yillar O’zR FA Yadro fizikasi instituti Nazariy fizika laboratoriyasi katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va yetakchi ilmiy xodimi, 2000-2003-yillar O’zbekiston Milliy universiteti Yadro fizikasi kafedrasi mudiri, 2003-2010-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi kafedrasi professori, universitet Iqtidorli talabalar Akademiyasi prezidenti, 2010-2014-yillar Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti va 2014-2015-yillar Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2015-2020-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat yuritgan. K.Nasriddinov 2020-yildan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.



K. Nasriddinov 1987-1990-yillar davomida Yadro Tadqiqotlari Birlashgan Instituti (Rossiya Federasiyasi, Dubna shahri) Nazariy Fizika Laboratoriyasida stajyor-tadqiqotchi va aspirant lavozimlarida bajargan izlanishlari asosida 1991-yilda   “Слабые распады лептона и бариона в рамках феноменологических киральных лагранжианов” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda esa “Слабые распады очарованных чатиц и лептона в киральной модели” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini 01.04.02-nazariy fizika ixtisosligi bo‘yicha O’zR FA Yadro fizikasi institutida muvaffaqiyatli himoya qilgan.



K.Nasriddinov elementar zarralar fizikasi sohasida taniqli mutaxassis. U 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda o‘quv qo’llanmalar muallifidir. U olgan ilmiy natijalar Phys. Rev.D., Phys. Lett.B., Springer, Ядерная физика, Краткие сообщения ОИЯИ, Украинский физический журнал kabi nufuzli nashrlarda hamda ko‘plab Xalqaro Konferensiya va Simpoziumlar to‘plamlarida nashr etilgan.



Xususan, kiral nazariya doirasida u tomonidan quyidagi muhim  natijalar birinchi marta olingan:



      - vektor va psevdoskalyar mezonlar orasidagi kuchli o’zaro ta’sir lagranjiani (Nasriddinov K.R. Ядерная физика, 1994, Том 57, -С.1141-1146):



 - vektor, aksial vektor va psevdoskalyar mezonlar orasidagi kuchli o’zaro ta’sir lagranjiani (Nasriddinov K.R. Ядерная физика, 1994, Том 57, -С.1141-1146):



- vektor va psevdoskalyar mezonlar orasidagi kuchsiz adron toki ifodasi (Nasriddinov K.R., Merkulova T.A. Phys. Rev. D 57, 6860 (1998)):



- aksial-vektor va psevdoskalyar mezonlar orasidagi kuchsiz adron toki ifodasi (Nasriddinov K.R., Kuranov B.N., Xalikov U.A. Украинский физический журнал 2000. № 2, -С. 103-108.):



-   parchalanishda  aralashish burchagini eksperimental aniqlashga imkon beruvchi munosabat (Nasriddinov K.R., Kuranov B.N., Taxtamishev G.G., Merkulova T.A. Ядерная физика, 2001, Том 64, -С.1402-1404): Ushbu o‘zaro ta’sir lagranjianlari, kuchsiz adron toklari ifodalari va   aralashish burchagini eksperimental aniqlashga imkon beruvchi munosabat kiral nazariyani rivojlantirishga xizmat qilgan, og’ir zarralarning ko‘p zarrali parchalanishlarini nazariy jihatdan tadqiq qilishga imkon bergan hamda mavjud tajriba natijalari bilan mos kelishi ko’rsatib berilgan.



K.Nasriddinov tomonidan olingan ilmiy natijalar O’zR FA Yadro fizikasi instituti U.G‘.G‘ulomov nomidagi yosh olimlar tanlovi birinchi mukofotiga (1997), O’zR FTDQ doktorantlar orasidagi tanlov mukofotiga (1997), AQSH Fizika jamiyati Bibliografiya instituti diplomiga (2000) hamda ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoniga (2017) sazovor bo’lgan.



U Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish davlat Qo‘mitasining ko‘plab loyihalar tanlovi g’olibi hamda Tempus (Yevroittifoq) dasturlari doirasidagi loyihalar ishtirokchisi, 2003-2012- yillarda Nizomiy nomidagi TDPU, 2005-2010- yillarda O’zR FA Issiqlik fizikasi bo‘limi va 2018-2020-yillarda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti va Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi dissertasiyalar himoyasi bo‘yicha Ilmiy kengashlar a’zosi bo‘lgan.



K. Nasriddinov rahbarligida 2 nafar fizika-matematika fanlari va 3 nafar pedagogika fanlari nomzodiligi bo’yicha dissertatsiya ishlari himoya qilingan. Hozirda 7 nafar mustaqil izlanuvchi o‘z tadqiqot (DSc va PhD) ishlarini uning ilmiy maslahatchiligi va rahbarligi ostida amalga oshirmoqda.



 



K. Nasriddinov Italiya (Triest, 1994, 1999, 2001, 2003; Boloniya, 1999; Rim, 2001), Avstriya (Shladming, 1996), Polsha (Varshava, 1996), Germaniya (Gamburg, 1996), AQSH (Fermilab, 2003), Ispaniya (Malaga, 2006), Fransiya (Grenobl, 2006), Belgiya (Bryussel, 2006) kabi davlatlarda



o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ishlari bilan ishtirok etgan hamda ulardagi ta’lim tizimini o‘rganib malaka oshirib kelgan.



U hozirda Zarralar fizikasi yutuqlarini oliy ta’lim o‘quv jarayoniga tadbiq etish bilan bir qatorda fizikada Simmetriya va Maydon konsepsiyalari sohasida izlanishlar olib bormoqda. K.R.Nasriddinov o‘zbek tilidan tashqari rus, ingliz va tojik tillarida erkin so‘zlasha oladi.



Oilali, 3 nafar farzandi va 5 nafar nabirasini tarbiyalamoqda.