Nazirova Elmira Shodmonovna 1982-yil 10-noyabrda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Pandiron qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan, millatim o‘zbek. Oilada ikki o‘g‘il, uch qiz.
Otasi Nazirov Shodmonqul Abdiroziqovich fizika-matematika fanlar doktori, professor (1953-2014-y.y.) vafot etgan, ilgari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri bo‘lganlar.
Onasi Eshonqulova Malika Qayumovna 1957-yil 12-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Pandiron qishlog‘ida tug‘ilgan, nafaqada, ilgari uy bekasi bo‘lganlar.
Akasi Abdiroziqov Otabek Shodmonqulovich 1979-yil 25-iyunda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani, Pandiron qishlogida tug‘ilgan, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Akasi Nazirov Abror Shodmonqulovich 1980-yil 15-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Pandiron qishlogida tug‘ilgan, hozirda nafaqada O‘R QK Akademiyasida o‘qituvchi lavozimida xizmat qilgan.
Singlisi Nazarova Go‘zal Shodmonqulovna 1984-yil 25-sentabrda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Pandiron qishlog‘ida tug‘ilgan, uy bekasi.
Singlisi Nazirova Ruxsora Shodmonqulovna 1986-yil 13-sentabrda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Pandiron qishlogida tug‘ilgan, “Lider prof proekt” MChJda kadrlar bo‘yicha inspektor lavozimida faoliyat yuritadi.
1989 - 1999 - yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 258-o‘rta maktabni «imtiyozli» o‘qib tamomlab, shu yili Toshkent Davlat Universitetining kompyuter texnologiyalari fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 2003-2005 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturlash texnologiyalari” kafedrasiga o‘qishga kirib, uni imtiyozli tamomlagan. 2005-2009 yillarda mazkur universitetning “Oliy matematika” kafedrasi aspirantura bo‘limida o‘qigan. 2010 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalari” fakulteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasiga assistent bo‘lib ishga kirgan. 2011 yil mazkur fakultetning “Axborot texnologiyalari” kafedrasiga assistent lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2012 yil 12 mayda “Neft-gaz konlari ko‘rsatkichlarini aniqlovchi avtomatlashtirilgan tizimning matematik va dasturiy ta’minoti” nomli nomzodlik dissertatsiyamni himoya qilgan va OAKning texnika fanlari nomzodi diplomini 2012 yilning 29 noyabr oyida olgan (29.11.2012 y. diplom 01 №013568 ). 2013-yilda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2014 yilda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. 02.09.2015 yilda “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi bo‘lib, 30.12.2015 yildan hozirgi kunga qadar esa “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, 15 yillik ilmiy va ilmiy pedagogik stajiga ega.
2015 yilda BEPROEDU professional trening markazida “Java programming bases” kursini (2015 yil 11 sentyabr), 2016 yilda “Elektron xukumat” markazda 20 soatli “Elektron xukumat” kursi (sertifikat №1030947, 2016 yil 4 yanvar), 2016 yilda Janubiy Koreyaning SOONGSIL universiteti tomonidan tashkil etilgan 1 oylik (2016 yil 20 iyundan 2016 yil 20 iyulgacha) “Signal processing with Matlab”, “Speech signal processing”, “Embedded system”, “Multi-agent robotics” kurslari bo‘yicha (sertifikat, 2016 yil 20 iyul), 2019 yilda Bosh ilmiy-metodik markazda 288 soatli “Ta’lim sifati menejmenti” kursi (sertifikat MA № 024508, 2019 yil 28 dekabr)da malaka oshirgan.
2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan, hamda mazkur yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umum respublika tanlovining “Innovatsiya va axborot texnologiyalari qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib faxriy diplom bilan taqdirlangan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 1 ta Beruniy stipendiyasi sohibiga, 1 ta prezident stipendiyasi nomzodiga qator bakalavriatura va magistratura talabalari bitiruv malakaviy ishlariga, hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Dasturlash” bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida iqtidorli talabalar jamoasiga rahbarlik qilib kelmoqda.
U har yili respublika miqyosida o‘tkaziladigan INNOweek, BestSoftChalleng, bundan tashqari universitet iqtidorli talabalar, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar va professor o‘qituvchilar ilmiy va kasbiy faoliyalarini namoyon etish maqsadida o‘tkaziladigan “Iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi” tadbirini o‘tkazishda hayrixohlik bilan faol qatnashib kelmoqda.
2017-yil 27-dekabrda “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvonini olgan (28.12.2017 y. diplom 01 №007981).
2019-yilda “Suyuqlik va gazlarning filtrlanish jarayonini tadqiq qilish uchun matematik modellar, sonli usullar va dasturlar majmui” nomli doktorlik (DSc) dissertatsiya ishini himoya qilgan (28.03.2019 y. Diplom 04 №005791). 2022-yil 30-noyabrda professorlik ilmiy unvoniga ega bo’ldi (Diplom 05 №004147).
2019-yildan beri O‘zbekiston Respublikasining “Obod turmush” yili davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni hayotga tadbiq etish va xotin – qizlar ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan Toshkent shahri “Olima” uyushmasi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan “Olima ayol” intellektual ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida hay’at a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
2023-yilda Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tomonida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy forumda ishtirok etib “Ilm fan iftixori” esdalik ko’krak nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi.
Oilali, bir nafar qiz va bir nafar o‘g‘ilning onasi.