Zamira Nishanova 1961-yil 14- dekabrda Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qishlog‘ida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1978-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1978-1984-yillarda Toshkent davlat universiteti ( O‘zMU) falsafa iqtisod fakulteti psixologiya bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1990-yildan 1991- yilgacha “Umumiy psixologiya” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish” nomli ilmiy laboratoriyada kichik ilmiy xodim sifadida o’z faoliyatini boshlagan. Z.Nishanova 1991-1993- yillarda maqsadli aspiranturada tahsil olgan va muddatidan ilgari 1993-yilda “Yuqori sinf o‘quvchilarining aqliy faoliyat usullari va yo‘llarini egallash” mavzusida professor M.G.Davletshin ilmiy maslahatchiligida nomzodlik dissertatsiyasini muddatidan ilgari himoya qilgan. 1993-2000-yillarda “Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2000-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1999-2002-yillarda TDPUda doktoranturada tahsil olgan. Z.Nishanova 2005-yilda “Mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslari” mavzusida 19.00.07- yosh va pedagogik psixologiya ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2008-yilda professor ilmiy unvoniga ega bo’lgan.
2003-2005-yillarda “Psixologiya” kafedrasi, 2008-2010-yillarda “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2008-yildan hozirgi kungacha TDPUda professor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Z.Nishanova respublikaning turli oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyatni oshirishga o‘zining munosib hissasinini qo’shmoqda. Hozirda 21 nafar fan nomzodi, PhD lar va bir nafar fan doktori Z.Nishanova rahbarligida ilmiy ishlarini himoya qilishgan. 10 dan ortiq shogirdlari PhD va DcS dissertatsiyalari ustida zamonaviy psixologiyaning dolzarb mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Z.Nishanova ilmiy darajalar beruvchi UzMU, TDPU, BuxDUdagi ilmiy Kengashlarda a’zo.
Z.Nishanova yigirmadan ortiq monografiya, o’quv qo’llanma va darsliklar muallifi, ulardan uch nafari “Yilning eng yaxshi o’quv adabiyoti” respublika tanlovida 2008-yilda Psixologik xizmat. -T.: Yangiyo’l poligraf servis. 2006. Vazirlik grifi.: № 0223.9,5 b.t.o’quv qo’llanmasi, 2011 yilda Psixologik maslahat. –T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi. 2009. 14,25 b.t. Vazirlik grifi.: 2009.27.10. 373-189 o‘quv qo‘llanmasi, 2014-yilda Psixologik xizmat elektron darsligi faxrli 2, 3 o‘rinlarni egalladi. Olimaning shogirdlari bilan tayyorlagan o‘quv adabiyotlar respublikaning barcha pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda. 2016- yilda Xalqaro psixologlar asosisyasiyasi tomonidan Z.Nishanovaga akademik unvoni berilgan.
Z.Nishanova turli xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi va tashkilotchisidir. Ulardan biri sifatida 2021-yil 24-noyabrda tashkil etilgan “Jamiyatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yillarida zamonaviy shaxs rivojlanishining psixologik xusussiyatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani keltirish mumkin.
2017 va 2021-yillarda olimaning “Bu dunyo harakat uchun….” nomli memuar kitobi nashr etildi. Kitob motivatsion xarakterga ega bo’lib, inson harakat qilsa barcha maqsadlariga erishsa bo’ladi, degan g’oya bilan sug’orilgan.