Olim

NURMANOV ABDINAZAR TASHBAYEVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Nurmanov Abdinazar Tashbayevich 1962-yil 20-yanvarda Jizzax viloyati Forish tumani Gʻoʻrob qishlogʻida tugʻilgan. Mllati oʻzbek, ma’lumoti oliy, 1984-yilda Rossiya Federatsiyasi Kursk davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori, professor.



Mehnat faoliyatini 1984-yildan Jizzax viloyati Forish tumanidagi 75-oʻrta maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 1987-yildan boshlab A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida Rus tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 1989-yilda stajyor-tadqiqotchi, 1990-1993-yillarda V.I.Lenin nomidagi Moskva pedagogika davlat universiteti Rus tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi aspiranti, 1993-2005-yillarda A.Qodiriy nomidagi JDPI Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti, ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2005-2007-yillarda Mintaqaviy tillar markazi direktori, JDPI tayyorlov boʻlimi boshligʻi, 2007-2008-yillar Oʻzbek filologiyasi fakulteti, 2009-2013-yillar Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. 2014-2017-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti katta ilmiy xodimi, Rus tili va metodika kafedrasi dotsenti, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, Magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab A.Qodiriy nomidagi JDPI Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.



A.T.Nurmanov 1993-yilda Moskva davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy Kengashda “Функциональный подход к изучению глаголов движения русского языка в национальной (узбекской) школе” mavzusida 13.00.02- Rus tilini oʻqitish metodikasi ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2017-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat  pedagogika universiteti huzuridagi 14.07.2016.Ped/P.04.01 – raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengashda “Педагогические возможности подготовки студентов к технологии и технике эффективного общения (напримеревне аудиторных занятий)” mavzusida 13.00.01- Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.



A.T.Nurmanov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 – raqamli Ilmiy kengash a’zosi; DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi; Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika institute huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01- raqamli ilmiy kengash a’zosi; Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.l 13.01 raqamli ilmiy kengash raisi oʻrinbosari; Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.06.2020.Ped.113.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi.



A.T.Nurmanov 2020-yildan boshlab "Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari" yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridag iilmiy-texnik kengash a’zosi.



2020-yilda A.T.Nurmanov ilmiy rahbarligida  shogirdi Mustafaqulov Asatulla Asrorovich “Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish (pedagogika va psixologiya yoʻnalishlari misolida) ” mavzusida 13.00.07- Ta’limda menejment ixtisosligidan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tegishli ilmiy darajani qoʻlga kiritdi. 2022- yilda A.T.Nurmanov ilmiy rahbarligida  Nizomiy nomidagi TDPU katta oʻqituvchisi Jabborov Ulugʻbek Abduraxmonovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan “Boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash jarayonini Angliya pedagogik tajribasi asosida takomillashtirish” mavzusida  pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Bugungi kunda A.T.Nurmanov ilmiy rahbarligida  A.Qodiriy nomidagi JDPI tayanch doktorantlari Turganov Yodgor Ismatovich “Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining baholash kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusida, Gʻaniyev Orif Abduxoliqovich “Boʻlajak oʻqituvchilarning metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida dissertatsion tadqiqotlar olib bormoqdalar. Shuningdek, 2021-yildan boshlab domla rahbarligida Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchilaridan Abdualiyeva Durdona Rustamovna “Совершенствование методики обучения русскому языку трудовых мигрантов на основе дистанционных технологий”, Erdanov Sobir Abdullayevich “Лингвометодическое обоснование сертификации уровня владения русским языком учащимися школ с узбекским и другими языками обучения”, Islyamova Lenara Selimovna “Формирование лингвистической безопасности будущегоучителярусскогоязыка”, Babayeva Anjella Axatovna  “Виртуальные экскурсии как средство совершенствования коммуникативной подготовки будущего учителя русского языка как иностранного” mavzularida oʻz ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.



 Nurmanov Abdinazar Tashbayevich 35 nafar tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rasmiy opponentlik qilgan, 30 nafar dissertatsiyalarga  taqrizlar yozgan.



A.T.Nurmanov tomonidan 2022-yilda pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Metodika prepodavaniya russkogo yazyka nomli oʻquv qoʻllanma yaratilib, taqdimoti oʻtkazildi. 50 nusxa ushbu qoʻllanma institut ARM ga sovgʻa qilindi.



Kafedra mudiri sifatida faoliyati davomida: 2022-yil 15-aprelda A.T.Nurmanovning shaxsiy tashabbuslari bilan JDPIda 2022-yil 15-aprel kuni A.Qodiriy nomidagi JDP institutida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʻzbek va boshqa tilli maktablarda rus tilini oʻqitish natijalarini baholashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.



A.T.Nurmanov tomonidan bugungi kungacha 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma, 4 ta oʻquv qoʻllanma chop etilgan.



2018-yildan “Инновации в педагогике и психологии” respublika, 2021-yildan boshlab “European Scholar Journal” xorijiy ilmiy jurnallari tahrir hay’ati a’zosi. “Актуальное в филологии” ilmiy jurnalining mas’ul muharriri.



A.T.Nurmanov oilali, 4 nafar farzandning otasi, 8 nafar nevaralarning bobosi.