Olim

OLIMOV BAXSHILLO AMRILLAYEVICH

Fizika–matematika fanlari nomzodi, professor

Olimov Baxshillo Amrillayevich 1956-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek.



1974-1982-yillarda M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining (V.I.Lenin nomidagi Toshkent Davlat Universiteti) fizika fakulteti Kosmik nurlar va elementar zarrachalar kafedrasida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1977-yilda OʻzMU fizika fakulteti “Yadro fizikasi va kosmik nurlar” kafedrasida katta preporator, mexanik, katta injener   lavozimlarida boshlagan. 1987-1994-yillarda OʻzMU qoshidagi “Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti”da Yadro mikroanaliz laboratoriyasida ilmiy xodim lavozimida faoliyatini davom ettirdi. 2001-yil Yadro fizikasi institutidagi 01.04.07. Qattiq jismlar fizikasi mutaxassisligida “Yuqori temperaturali oʻta oʻtkazgichlarni takomillashgan EPR-spektrometrida mikrotoʻlqinlar vositasida tadqiqot qilish” mavzusida fizika – matematika fanlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinchalik  OʻzMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli Akademik litseyda boʻlim boshligʻi lavozimida, 2002-yildan boshlab Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituda (TSHPXQTMOI) “Tabiiy va aniq” fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi va 2009-yildan kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.



2007-yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi Toshkent shahar xalq ta’limi qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut (TSHXTXQTMOI) ilmiy kengashining tavsiyasiga koʻra Baxshillo Amrillayevich Olimovga  dotsent ilmiy unvoni berilgan. Matematika, informatika va fizika kafedrasiga  kafedra mudiri lavozimida ishlagan.



B.A. Olimovning  ilmiy faoliyati fizikani, xususan OʻzMU fizika fakulteti, TDPUning fizika fakulteti, NIIYAF MGU, Yadro fizika instituti,  A.Avloniy nomidagi markaziy,  viloyat qayta tayyorlov va malaka oshirish institutlar bilan bogʻliq boʻlib, bu borada olgan natijalari 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qoʻllanma va 30 tadan ziyod ilmiy maqolalar,  “Oʻta oʻtkazuvchi materiallarni magnit xossalarini oʻrganish” mazusida Oʻzbekiston Intellektual mulk ob’yekti saqlashga kiritilganligi toʻgʻrisida №3987 guvohnomaga ega va bir qator maqolalari Respublikamizda,  Rossiya va chet el fizika jurnallarida  nashr etilgan.



B.A.Olimov Respublika ta’lim markazida ilmiy metodik kengash a’zosidir. Fizika fanidan darsliklar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarni tahrirlashda ishtirok etgan. Bularga asosan  6-10-sinf fizika darsliklarga  taqrizlardandir. Shuningdek Respublikada oʻtkaziladigan fizika fan olimpiadalarga rais va a’zo sifatida qatnashib kelgan. Boʻlgʻusi fizika oʻqituvchilarini tayyorlash boʻyicha malaka talablari, fan dasturlarini, oʻquv adabiyotlarini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqda. A.Avloniy Markaziy malaka oshirish instituti bilan birgalikda qayta tayyorlov va malaka oshirish institut kurs tinglovchilari uchun fizika, matematika va informatika fanlardan oʻquv reja dasturlarni tuzishda rahbarlik qilgan. Respublikamizda uzluksiz fizika ta’limining Milliy dasturini yaratishda faol qatnashgan.



B.A.Olimov hozirgi vaqtda OʻzFA akademigi Sh.A.Ayupov boshchiligida tashkil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligida №0103 tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtgan “Fizika, matematika va informatika” jurnal muharrir lavozimida faoliyat olib borayapti. Jurnal asaosan beshta: ilmiy - ommabop, matematik jozibasi, ilgʻor tajriba va oʻqitish metodikasi, olimpiada masalalar, taklif, talab va tahlil boʻlimdan iborat. Jurnalda respublika olimlari, oliy va oʻrta maxsus ta’lim, umumoʻrta ta’lim maktab oʻqituvchilari va shu sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarini maqolalari chop etilib boriladi.



 B.A.Olimov Fizikadan masalalar to’plami, Fizika fan oʻqituvchilari, oʻquvchilar va mustaqil oʻqib bilim oladiganlar uchun ma’lumotnoma, umumoʻrta ta’lim maktab fizik fanidan laboratoriya ishlari, fizika dars jarayonida interfaol  (axborot va pedagogik) texnologiyalardan foydalanish uslubiy va oʻquv qoʻllanmalarni chop etgan.



B.A.Olimov TSHXTXQTMO Instituti Техnologiya fanini oʻqitish huquqini berish boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash kursining umumkasbiy fanlar tarkibiga kiruvchi qayta tayyorlov kurslarida “Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika”,  “Gidravlika va issiqlik texnikasi”, “Uy ro’zgʻor asoslari” “Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari”, “Metrologiya, standartlash va sertifikatlash modullari boʻyicha ma’ruzalar oʻqib kelmoqda. Kasbiy qayta tayyorlash kursi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya a’zosi.



2020-2021-oʻquv yilida A.S.Usmonova, Sh.T.Kurbanbayeva va Z.D.Xashimova,  2021-2022 Z.B.Avilxairova,   M.A.Nazarova, Sh.B.Mamadvaliyeva va N.B.Latipovalarni bitiruv ishlariga rahbarlik qilgan.



2021- 2022-yil Mutaxassislik shifri 5А 110201 Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi boʻyicha tayyorlagan magistrlar: Raxmatulleva Gulirano Valijon qizi,  E.Yu.Atajonov, Sotivoldiyeva Maxliyo Ilxomjon qizi.



B.A.Olimov 1961-UZB loyiha boʻyicha Germaniyada, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamgʻarmasi masofadan oʻqitish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi Jahon Iqtisodiyot va Diplomatiya Universiteti Boshqaruv Institutida “Informatika va axborot texnologiyalari” va A.Avloniy nomidagi markaziy malaka oshirish institut kurslarida oʻz malakasini oshirib keldi.



Hozirgi vaqtda B.A.Olimov OʻzPFITI direktori, p.f.d. professor X.I.Ibraimovning ilmiy maslahatchiligida “Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizika laboratoriya va namoyish tajribalarini yangi elektron ta’lim resurslar asosida tashkil qilish metodikasi” mavzusida fan doktori dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



B.A.Olimov  mas’uliyatli, tirishqoq, intiluvchan, oʻziga va oʻzgalarga talabchan mutaxassis sifatida fiziklar va hamkasblari oʻrtasida hurmat qozongan. Oʻzining bilim-koʻnikmasi va hayotiy tajribasida orttirgan yutuqlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-madaniy hayoti rivojiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelmoqda.