Olim

PANJIYEV QURBONIYOZ BERDIYEVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

1972-yil 4-fevralda Surxondaryo viloyatida oddiy ishchi oilasida tugʻilgan. 1979-1989-yillarda Muzrabot tumanidagi A.A.Rudakiy nomidagi 6-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan. 1989-1990-yillarda Muzrabot tumani, Turkiston jamoa xoʻjaligida ishchi boʻlib ishlagan. 1990-1995-yillarda Termiz davlat universitetining musiqa pedagogikasi ixtisosligi boʻyicha oʻqishni tamomlab, universitetning yoʻllanmasi bilan “Badiiy tarbiya” kafedrasida musiqa fanlari oʻqituvchisi, musiqa fanlari boʻyicha dekan oʻrinbosari (jamoatchilik asosida)  lavozimlarida ishlagan.  1996-1997-yillarda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida stajyor-tadqiqotchi, 1998-yilda “Musiqa tarixi” sektori laboranti, 1999-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fan, oʻquv yurtlar, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasida bosh mutaxassis, 2004-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn  instituti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, oʻquv-metodik boʻlimi boshligʻi, 2009-yilda Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, 2010-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi,  2013-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻquv-metodik boʻlim boshligʻi, Sharq musiqasi fakulteti dekani, 2014-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻquv-metodik boshqarma metodisti, “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, 2020-yildan Musiqa nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, 2022-yildan professor lavozimlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



Q.Panjiyev 2010-yilda atoqli olim, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Ibroximov Oqilxon Akbarovich rahbarligida san’atshunoslik fanlari nomzodi, 2020-yilda OAK dotsenti, 2022-yilda pedagooika fanlair doktori, professor Abdullayeva Barno Sayfutdinovna rahbarligida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.



Q.B.Panjiyev tomonidan oʻtgan davr mobaynida quyidagi oʻquv-uslubiy ishlar nashr ettirilgan. “Surxondaryo viloyati oʻzbek xalq qoʻshiqchilik ijodiyoti” (monografiya), “Oʻzbek xalq musiqa ijodi” (oʻquv qoʻllanma), “Vokal va zamonaviy musiqa” (oʻquv qoʻllanma), “Oʻzbek xalq qoʻshiqlari vositasida boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomilashtirish” (monografiya), “Oʻzbek xalq musiqa ijodi” (darslik), “Musiqa oʻqitish metodikasi” (darslik), “Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining kasbiy mexanizmlarini takomillashtarish” nomli monografiya, “Musiqa pedagogikasi” (oʻquv qoʻllanma) shular jumlasidandir. Shu kunga qadar 100 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK roʻyxatidagi respublika va xalqaro jurnallarda, xalqaro va respublika konferensiya toʻplamlarida e’lon qilingan. 



Q.B.Panjiyev Surxondaryo viloyatida musiqashunoslik sohasi boʻyicha birinchi fan nomzodi hamda musiqa pedagogikasi boʻyicha birinchi pedagogika fanlari doktori (DSc) hisoblanadi. Ilmiy daraja Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi D.092.11.01 raqamli Birlashgan Ixtisoslashgan  Kengashda “Surxondaryo viloyati oʻzbek xalq qoʻshiqchilik ijodiyoti” mavzusida 17.00.02 – musiqa san’ati ixtisosligi boʻyicha bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini 2010-yil 7-dekabrda muvaffaqiyatli himoya qilganligi asosida berilgan. 2020-yildan 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa)  ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega. 2021-yilda Turon Fanlari Akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga sazovor boʻlgan. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Пед.26.01 raqamli ilmiy kengash qaroriga koʻra, 2022-yilda pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.



 Q.Panjiyev Zamonaviy oʻqitish usullari, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda multimedia ta’lim resurslaridan foydalangan holda magistratura mutaxassisligida “Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi”, “Musiqa pedagogikasi”, “Oliy ta’limda musiqa oʻqitish metodikasi”, “Sharq xalqlari musiqa madaniyati”, bakalavriat ta’lim yoʻnalishida “Oʻzbek xalq musiqa ijodi”, “Vokal va zamonaviy musiqa” fanlaridan ma’ruza, amaliy va  seminar mashgʻulotlarini olib boradi. Talabalarga fanning mazmunini chuqur singdirish uchun reja asosida har bir mashgʻulot mavzusiga doir multimediali taqdimotlar, pedagogik texnologiyalar asosida tarqatma meteriallar ishlab chiqqan. Ulardan ma’ruza, seminar va amaliy mashgʻulotlarida unumli foydalanadi.



Mashgʻulotlarni olib borishda yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlarini qoʻllagan holda oʻquv mashgʻulotlarini oilb borib, talabalarga uni yetkazish va tushuntirishda faollik koʻrsatib keladi.



Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimi oʻquv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda jonbozlik koʻrsatgan. Jumladan, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, hududiy va tarmoq markazlarining umumiy oʻrta ta’lim maktablari “Musiqa” fani oʻqituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari musiqa rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv rejasi, oʻquv dasturi, ishchi oʻquv reja, ishchi fan dasturlari hamda oʻquv-uslubiy majmuasini yaratishda hammualliflik qilgan. Shuningdek, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Musiqa san’ati (turlari boʻyicha)” yoʻnalishi “Musiqa ta’limi fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari” modulining oʻquv rejasi, oʻquv dasturi, ishchi oʻquv hamda OʻUM muallifi sifatida mazkur modul boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib boradi.



            Q.B.Panjiyev tomonidan xorijiy tajribalar keng oʻrganilib, bakalavriatning “60111300–Musiqa ta’limi” ta’lim yoʻnalishi hamda magistraturaning “70111301–Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligining DTS, malaka talablari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirishda bor kuchi va bilimini sarflamoqda. Bevosita Q.Panjiyevning tashabbusi bilan Xoʻjand pedagogika instituti (Tojikiston), fransiyalik olim, Монтер де Париж №10 universiteti  PhD doktori Silvayn Royning musiqa ta’limi yoʻnalishi talabalariga oʻquv mashgʻulotlarini olib borilishiga erishilgan. Keyingi paytlarda Q.B.Panjiyevning tashabbusi bilan Turkiyaning Ardagan universiteti hamda Qozogʻiston Respublikasining Karaganda universitetlari bilan memorandum imzolanishiga erishilgan.



Q.B.Panjiyev oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish va uni ekspertizadan oʻtkazishda ekspert sifatida ham ishtirok etib, oʻzining bor kuch-bilimini sarflab kelmoqda. Jumladan, Oʻzbekison Respubikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi birlashmalari faoliyatlarini Muvofiqlashtiriuvchi Kengashda taqdim etiladigan musiqiy-nazariy fanlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert hisoblanadi. Qolaversa, Q.Panjiyevning shaxsiy tashabbusi va muallifligida yaratilgan oʻquv-uslubiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan metodik qoʻllanmalardan ta’lim jarayonida foydalanib kelinmoqda:



-magistrlik dissertatsiya ishlarini tashkil etish, bajarish, rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma; musiqa ta’limi talabalarining bitiruv malakaviy ishini bajarishga qoʻyiladigan talablar uslubiy qoʻllanma;



-kredit-modul tizimida musiqa ta’limi yoʻnalishi talabalarining musiqiy-nazariy fanlardan mustaqil ta’limini tashkal etish tartibi metodik qoʻllanma;



-Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirishini osonlashtirish, ularni zarur ma’lumotlar bilan toʻliq ta’minlash maqsadida kafedrada oʻqitiladigan fanlar boʻyicha taqdimot materiallari, koʻrgazmali vositalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi va bu ishlarga oʻzi boshchilik qiladi.



Mutaxassis sifatida ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darsliklarga taqriz berish yoʻli bilan ularning sifatini ta’minlashga hissa qoʻshib keladi.



Q.B.Panjiyev universitet va kafedra miqyosida oʻtkaziladigan turli tadbirlar, hasharlarda ham faol. Bevosita uning tashabbuskorligida universitet va respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda professor-oʻqituvchi va talabalarning faol ishtiroki ta’minlanib kelinmoqda. Talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirish borasida muayyan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. “Musiqa ta’limi” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha guruh talabalari bilan “murabbiylik” va “axborot” soatlarini oʻtkazishda zamonaviy texnologiyalar, Internet, “Ziyonet” axborot-resurs portali va “Lex.uz” materiallaridan samarali foydalanish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish bilan birga, oʻzi mazkur “murabbiylik” va “axborot” soatlarini oʻtkazishda bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, mashgʻulot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazishda “Ziyonet” – axborot ta’lim portalining (www.Ziyonet.uz) materiallaridan, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rasmiy saytlari, portallari materiallaridan va oʻz tajribasidan unumli foydalanadi. 



Q.B.Panjiyev universitetda ma’naviy-ma’rifiy, ustoz-shogird hamda jamoat ishlarini tashkil etishda ham jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. Jumladan, 2016-yil 4-dekabrda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan saylov uchastkalarida seminar-treninglar tashkil etish, joylarda saylov uchastka komissiyalari a’zolarining me’yoriy-huquqiy savodxonligini oshirish, saylovning qonuniyligi va shaffofligini ta’minlash borasida Q.Panjiyev Toshkent viloyati, Boʻka tumanida bir oy faoliyat koʻrsatib, mavjud 42 ta saylov uchastkasida 80835 nafar saylovchilarning roʻyxatini shakllantirish va saylov uchastkalarida barcha shart-sharoitlarni yaratishda faollik koʻrsatgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2019-yil 25-oktabrdagi “Talaba va oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi 994-sonli ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 5-dekabr kuni “Vatanimni madh etaman” koʻrik-tanlovini oʻtkazishda faollik koʻrsatgan.



Kafedra, fakultet, universitet, Chilonzor tumani va qolaversa, respublikada oʻtkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda oʻzini faol ishtirokini ta’minlashga harakat qiladi. Bevosita uning rahbarligida universitetning “Ziyo” teatr studiyasi respublika OTMlari talabalarining teatr studiyasi tanlovida faxrli 2-oʻrinni egalladi. “Navroʻz” umumxalq bayrami, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Vatan himoyachilari kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qator tadbirlarni universitet va mahallalarda koʻtarinki ruhda oʻtishida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.



 



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida uzluksiz ta’lim oʻquvchi-yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida ilgari surgan 5 ta tashabbusi ijrosi yuzasidan Nizomiy nomidagi TDPU Toshkent viloyati Boʻka tumaniga mas’ul etib belgilandi. Aynan ana shu jarayonda Q.Panjiyev oʻzining tashabbuskorligini koʻrsatdi. Boʻka tumanidagi 44 ta umumiy oʻrta ta’lim maktabi hamda tumandagi 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi bilan universitet oʻrtasida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Boʻka tumani umumiy oʻrta ta’lim maktablarida musiqa san’ati turlari boʻyicha tanlovlar oʻtkazilib, iqtidorli yoshlar tanlab olinishi hamda ular bilan “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining biriktirilishida aynan uning faolligi yaqqol sezilgan. Bevosita uning tashabbusi bilan Toshkent shahridagi 201-, 232-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda Boʻka tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida kafedra filiali tashkil etildi. Qolaversa, Q.B.Panjiyev muallifligida umumiy oʻrta ta’lim maktabi sinfdan tashqari musiqa toʻgaraklarini tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyanoma ishlab chiqildi.



Q.B.Panjiyev pedagogika sohasi bakalavriat bosqichi “60311100–Musiqa ta’limi” ta’lim yoʻnalishi hamda magistratura bosqichi “70311101–Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligining DTS hamda malaka talabalari, oʻquv reja va fan dasturlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017-yil 30-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi 393-sonli qarori ijrosi yuzasidan musiqa ta’limi yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etilishida aynan uning xizmatlari katta boʻlgan. Bevosita uning muallifligida bakalavriat bosqichi “Musiqa ta’limi” ta’lim yoʻnalishi oʻquv rejasidagi  “Oʻzbek xalq musiqa ijodi”, “Vokal va zamonaviy musiqa”,  “Maktab repertuari”, “Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash”, “Musiqa toʻgaraklarini tashkil etish”, “70311101–Musiqa ta’limi va san’at” magistratura mutaxassisligi oʻquv rejasidagi “Musiqa pedagogikasi”, “Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi”, “Ijrochilik mahorati asoslari” fanlarining oʻquv dasturlari yaratilgan.



            Q.B.Panjiyev musiqa ta’limi sifat va samaradorligini oshirishga doir respublika miqyosida amalga oshirilayotgan tadbirlarda ham faol ishtirok etmoqda. “Oʻzbekiston” telekanalida efirga uzatiladigan “Suhbatdosh” koʻrsatuvining 2017-yil fevral oyidagi sonida hamda “Bugunning mavzusi” koʻrsatuvining 2018-yil fevral oyidagi sonida ishtirok etib, respublikamizda musiqa ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi borasida fikr-mulohazalarini bildirgan.



 Q.B.Panjiyev pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 10 dan ortiq dissertatsiyalarga rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda ikki nafar shogirdi Xurramov Isroil Abdurashidovich va Куйчиева Замира Унаровна (PhD) ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻlgan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktorlari (PhD) Rejametova Nilufar Ilxamovna hamda Yuldoshev Umidjon Yuldoshevichning ilmiy tadqiqot ishlariga yaqindan yordam bergan.



            Endilikda Q.Panjiyev rahbarligida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan Shukurova Nilufar Gayratovna, Roʻzimurodov Ilyos Azamat oʻgʻli, Botir Zokirov nomidagi  Estrada san’ati insitutidan Ibragimov Bobur Mansurovich, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan Boybabayev Dilmurod Ma’sirjonovich, Isayeva Nigora Rashidovna, Isayev Ulugʻbek Zairovich, Gulsara Xidoyatullayeva, Oʻzbekiston Xoreografiya Akademiyasidan Alimov Baxtiyor Xushnitjonovich,Oʻzbekiston davdat san’at va madaniyat institutidan Abduroziqov Samandar Abdusamad oʻgʻli, Қобилқориев Қудратилла Бахтиёр ўгъли, Namangan davlat universitetidan Toʻxtasinov Abror Rustamovich, Namangan davlat pedagogika institutidan Gʻulomjon Toshmatov singari koʻplab tadqiqotchilarning pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini uchun tadqiqot ishlari bajarilmoqda.



              Q.B.Panjiyev shu kunga qadar yigirmadan ortiq turli ixtisoslik boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati qoʻlyozmasiga erkin taqriz berib, koʻplab tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rasmiy opponent sifatida ishtirok etmoqda.



 Q.B.Panjiyev oʻquv-tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda ilmiy loyihalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari doktori, professor B.S.Abdullayeva rahbarligi ostida bajarilayotgan A-1-23-raqamli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida loyiha a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.



Q.B.Panjiyev Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazida musiqa metodik Kengashning raisi sifatida umumiy oʻrta ta’lim maktablarining “Musiqa” fani DTS hamda oʻquv dasturiga tashqi ekspert sifatida ekspert xulosasi hamda taqrizlar berib keladi. Shuningdek, 1-7-sinf musiqa madaniyati fani boʻyicha qayta nashr etiladigan darsliklarda tashqi ekspert sifatida ishtirok etmoqda.



Oʻrta maxsus pedagogika kollejlari DTS, oʻquv reja va fan dasturlarida doimiy ravishda taqriz, pedagogika sohasi OTM professor-oʻqituvchilari tomonidan musiqa ta’limi fanlari boʻyicha tayyorlangan oʻquv adabiyotlariga ekspert, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining MD va BMIga tashqi taqrizchi sifatida ishtirok etadi. 



Q.B.Panjiyevning shaxsiy rahbarligida “Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasining ilmiy seminari rahbari sifatida oʻzi muallifligida tayyorlangan “Oʻzbek marosim musiqasi” hamda “Uzluksiz ta’lim tizimini sifat va samaradorlikka erishishi: muammo va yechimlar” mavzusidagi ma’ruzasi ilmiy seminarda muhokama qilingan. Shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalarida oʻtkaziladigan Xalqaro va Respubika ilmiy Q.B.Panjiyev oʻzining koʻp yillik mehnat faoliyatida koʻplab jamoat tashkilotlarida turli tadbirlar, kechalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazishda faol qatnashgan. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida bir necha bor Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi tarkibida ishtirok ettgan. Shuningdek, turli jamoat tashkilotlari uning bu ishlarini tasdiqlagan holda faoliyatiga ijobiy baho berib tavsiyanomalar bergan. Jumladan, Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor B.Abdullayeva, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMO hududiy markazi direktori p.f.n., I.Ismatov, Chilonzor pedagogika kolleji direktori M.Zufarova, Uchtepa tumani “Uchtepa” mahalla fuqarolar yigʻini raisi M.A.Ilxomovlardan tavsiyanomalar berilgan. Ular Q.B.Panjiyevni mahoratli pedagog, oʻz sohasining malakali mutaxassis, yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli ishda jonbozlik koʻrsatayotgan olimlardan ekanligini ta’kidlab oʻtganlar.



 Q.B.Panjiyevning kafedra, universitet va qolaversa mahallalarda olib borayotgan ishlari tashkilot va muassasa rahbarlarining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. Jumladan, 2017–2023-yillarda universitetda oʻtkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtiroki uchun hamda talaba-yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotganligi uchun universitet rektori tomonidan tashakkurnoma, “Navroʻz” umumxalq bayramlarida faolligi hamda 1-oktabr oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashakkurnoma, 2019-yilda “Musiqa nazariyasi va tarixi” boʻyicha respublika fan olimpiadasi ИИ bosqichini yuqori saviyada tashkil etganligi va oʻtkazganligi uchun universitet rektorining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.



Q.B.Panjiyev bugungi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika ixtisosliklari boʻyicha Ilmiy seminar raisi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha metodologik-ilmiy seminar raisi oʻrinbosari sifatida faollik koʻsatib kelmoqda.