1974-yil Toshkent davlat universitetini tugatgan, mutaxassisligi Fizikaviy elektronika, 1984-yilda texnika fanlari nomzodi, dotsent. 2006-yilda 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori darajasini olish uchun dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Hozirgi kunda Buxoro davlat universiteti Fizika kafedrasi professori lavozimida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
1952-yil 10-oktabrda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Raynobod” QFY, Toshrabotcha qishlogʻida tugʻilgan. 1959-1969-yillarda oʻrta maktab oʻquvchisi. 1969-1974-yillarda ToshDUni (OʻzMU) fizika fakultetining talabasi. 1974-yilda fizika fakultetini “Fizikaviy elektronika” mutaxassisligi boʻyicha bitirib, Buxoro davlat pedagogika instituti (BDPI)ga ishga yuborilgan. 1974-1976-yillar Buxoro davlat pedagogika instituti “Umumiy fizika” kafedrasi laboranti va oʻqituvchisi. 1976-1978- yillar Moskva shahridagi N.E.Bauman nomidagi Oliy texnika universiteti (MVTU) K-1 kafedrasi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi. 1979-1981-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi fizika-texnika instituti aspiranti. 1982-1985-yillar Buxoro davlat pedagogika instituti fizika fakulteti dekani muovini, dekani.
1984-yilda texnika fanlari nomzodi.
1992-1996-yillar Buxoro davlat universiteti “Nazariy va qattiq jismlar elektronikasi” kafedrasi mudiri, dotsent.
1996-1997-yillar Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi (oʻrindoshlik asosida “Qattiq jismlar elektronikasi” kafedrasi mudiri).
1997-2001-yillar Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori (oʻrindoshlik asosida “Kasb-hunar ta’limi” kafedrasi mudiri.
1996-1997-yillar Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi (oʻrindoshlik asosida “Qattiq jismlar elektronikasi” kafedrasi mudiri).
1997-2001-yillar Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori (oʻrindoshlik asosida “Kasb-hunar ta’limi” kafedrasi mudiri).
2001-2002-yillar Buxoro davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati prorektori.
2002-2006-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori;
2006-2014-yilgacha ilmiy ishlar prorektori;
2009-2010-yillarda Buxoro davlat universiteti v.b rektori.
2014-2022-yilgacha BuxDu KU Qoʻmitasi raisi;
2014-2017-yillarda OAK ekspert kengashi a’zosi boʻlib faoliyat koʻrsatdi;
2000-yilda Misr Arab Respublikasida Qohira va Ayn-Shams universitetlarida. 2001- yilda Rossiya davlati Moskva shahrida, 2005-yilda Malayziya davlatiniing Mara texnologiya universitetida, 2006-yilda Fransiyaning Parij Syud va Grenobl universitetida, 2007-yil Chexiyaning Masarikov universitetida, 2008-yilda Fratsiyaning Grenobl universitetlarida oʻtkazilgan xalqaro konfrensiya va simpoziumlarda ishtirok etgan, malaka oshirish va ilmiy safarlarda boʻlgan.
2004-2008-yillarda “Повышение квалификации и преподавателей средне-специальных учебных заведений 2004-2008 гг.” mavzusidagi JEP-25174-2004 raqamli TEMPUS granti rahbari boʻldi.
2008-yildan 2017-yillar oraligida “Past haroratli quyosh qurilmalarini takomillashtirish va ularni issiqlik fizikaviy, texnologik tavsiflarini tadqiq qilish” yoʻnalishida OʻzR FA, OʻzR fan va texnika davlat qoʻmitasining 5ta grantlariga rahbarlik qilgan.
2017-2020-yillarda Toshkentdagi Oʻrta maxsus, kasb-ta’limi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.48.01 raqamli ilmiy kengash a’zosi.
2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli ixtisoslashgan kengash a’zosi.
2020-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.28.12.2017.T.07.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi.
2020-yildan hozirgacha Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019. Ped.72.04 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
2021-yildan QarDU huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi, Ilmiy kengashi a’zosi.
2022-yildan Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Ilmiy izlanishlari davomida 350 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 patent, 11 mualliflik guvohnomasi, OOʻMTVning grifi asosida 2 darslik, 12 oʻquv qoʻllanma, 38 oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy qoʻllanma, 8 monografiyalari chop etilgan. 278 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy, ommabob maqolalari respublika va chet el nufuzli jurnallarida hamda ilmiy konferensiya materiallarida chop etilgan. 2005-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2006-yil 3-oktabrda OʻzR OAK xulosasi asosida unga pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 13.00.07-Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berilgan.
Oxirgi yillarda chop ettirgan “Radioelektronika asoslari”, “Elektrotexnika va radioelektronikadan laboratoriya ishlari” (Toshkent. 2014-y.), “Fizika ta’limida davriylik texnologiyasi” (Toshkent. 2014-y.), “Elektrodinamikada davriylik” (Toshkent. 2015-y.), “Fizika ta’limi davriyligini loyihalash texnologiyasi” (Toshkent. 2016-y.), “Fizika ta’limida geliotexnologiya (Toshkent. 2016y.), “Fizikada noan’anaviy ta’lim (Toshkent. 2017-y.), “Quyosh qurilmalaridagi jarayonlarni modellashtirish” (Toshkent. 2017-y.), “Muqobil energiya manbalari” (Toshkent. 2018-y.), “Elektr va magnetizm mavzularini noan’anaviy oʻqitish metodikasi” (Toshkent. 2019-y.), “Elektr va magnetizm mavzularini noan’anaviy oʻqitish metodikasi” 2-qism (Toshkent. 2020-y.), “Muqobil energiya manbalari” (2021-y.), “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” (2022-y.) kabi darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiyalaridan talabalar va soha mutaxassislari keng foydalanib kelmoqdalar.
2019-yil S.Qahhorov “Kombinatsiyalangan gelioquritgich” nomli ixtirosiga Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan № IAP 05746 raqamli patent olgan.
Hozirgi kungacha uning ilmiy rahbarligida 30 ga yaqin magistrlar, 12 nafar fan nomzodlari (PhD) va fan doktorlari (DSc) dissertatsiyalarni himoya qilganlar. “Fizika ta’limida davriylik texnologiyasi”, “Geliotexnologiya” ta’limiga asos solgan va oʻz ilmiy maktabini yaratgan.
S.Q.Qahhorov ibratli oila boshligʻi, hozirda uning 3 nafar farzandi ota izidan borib, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy
darajasini himoya qilib, Respublikamizning turli OTMda ilm-fan, ta’lim sohasida oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqdalar.
S.Q.Qahhorov koʻp qirrali izlanuvchan olim, mohir pedagog, jonkuyar ustoz, turmushda kamtarin, sofdil, jamoa oʻrtasida oʻz vazifasini vijdonan bajaruvchi tashkilotchi va yuksak madaniyatli rahbar sifatida adolatli, talabchan shaxs, el-yurt hurmat-e’tiboriga sazovor inson. Oilali, 4 farzandning otasi va 12 nevaraning bobojonisi.