Olim

QARLIBAYEVA GULJAXAN ERMEKBAYEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Qarlibayeva Guljaxan Ermekbayevna 1978-yil 21-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan.



1995-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universtitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirib, 1999-yil mazkur fakultetning fizika bakalavr yoʻnalishini muvafaqiyatli tugatdi. 2003-yilda shu universitetining “Yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar” mutaxassisligi boʻyicha magistratura boʻlimini tugatgan.



2001-yilning 31-avgust oyidan Nukus shahridagi Nukus transport kasb-hunar kolledjida fizika fani oʻqituvchisi boʻlib ish boshladi. 2005-yili Nukus davlat pedagogika institutining “Umumiy fizika” kafedrasiga assistent oʻqituvchi lavozimiga ishga kirdi. 2013-yil aprel oyidan boshlab “Fizika oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, 2022-yil yanvar oyidan boshlab “Fizika oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.



2012-yil 15-martda K.067.18.01- raqamli Ixtisoslashgan kengashda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida fizika oʻqituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish” mavzusida, 13.00.02 – Aniq fanlarni oʻqitish metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha nomzodlik ishini himoya qildi va 2012-yil 28-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tamonidan ijobiy baholanib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻldi.



G.E.Qarlibayeva 2012-2014-yillarga moʻljallangan Buxoro davlat universitetida  ITD-4-01 raqamli “Quyosh energiyasi hisobiga ishlovchi past haroratli qurilmalarni optimal, takomillashtirilgan variantlarini yaratish, ularning issiqlik-fizikaviy, texnik va texnologik tavsiflarini tadqiq qilish” grant loyihasida jamaotchilik asosida ishlaydigan ilmiy guruh a’zosi sifatida izlanishlar olib bordi.



Ilmiy ishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2014-2015-yillarga moʻljallangan YOA5-XT-1-31884 raqamli  “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika oʻqituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi loyihasi rahbari vazifasini bajardi.



Shuningdek, G.E.Qarlibaeva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tashkillashtirgan Nukus shahrida 2014-yil 13-martda oʻtkazilgan VII Respublika “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy yarmarkasida “Fan va ta’lim” nominatsiyasi gʻolibi.



G.E.Qarlibaeva 2014-yil 18-avgustda izlanuvchan yosh olim va iqtidorli mutaxassis sifatida “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’lim a’lochisi” Davlat mukofati bilan taqdirlangan (Guvohnoma №32484).



2017-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ilm yulduzlari” IV Respublika intellektual koʻrik-tanlovida ishtirok etib “Eng mohir ilm sohibasi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.



2019-yil 30-dekabrdan buyon pedagogika fanlari doktori (DSc). 04№005978.



Doktorlik dissertatsiya himoyasini Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.20.02 raqamli ilmiy kengashda “Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.



2018-yili G.E.Qarlibayeva yakka mualliflikda “Fizikani oqitiw texnologiyalari ha’m proyektleriʻ” deb nomlangan darsligi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 7- dekabrdagi 1000-sonli buyrugʻi. №1000-200) ta’lim jarayonida amaliyotga keng qoʻllanilmoqda.



2017-yili hammualliflikda “Fizika ha’m astronomiya oqitiw metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrugʻi. №434-250. Toshkent:”Fan va texnologiya” nashriyoti) amaliyotga tatbiq etildi.



2018-yil 12-aprelda “Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” nomli monografiyasi (Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan 2018-yil 12-aprelda 8-sonli majlis qarori bilan nashrga ruxsat etilgan. Toshkent: “Turan-Iqbol” nashriyoti) amaliyotga tatbiq etildi.



2018-yil 17-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan “Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” nomli elektron axborot resurs dasturi (№DGU 05596) amaliyotga tatbiq etilgan.



G.E.Qarlibayevaning “Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni” (Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI ilmiy Kengashi tomonidan 2021-yil 30-aprelda 9-sonli majlis qarori bilan nashrga ruxsat etilgan. Toshkent: “Yosh avlod matbaa”, 2022-yil. 5,58 b.t) nomli monografiyasi yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-uslubiy qoʻllanma sifatida katta imkoniyat yaratmoqda.



2021-yili G.E.Qarlibayeva (hammualliflikda) tomonidan yaratilgan “Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari” (Nukus-2021, Ajiniyoz nomidagi NDPI bosmoxonasi) deb nomlangan oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi pedagogika institutining 5110200 – Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi ta’lim yoʻnalishida ta’lim jarayonida amaliyotga keng qoʻllanilmoqda. Yaratilgan oʻquv adabiyotlarning yetishmasligi kuzatilayotgan bugungi kunda ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma talabalar uchun katta qulaylik yaratib bermoqda. 2021-yili G.E.Qarlibayeva yakka mualliflikda “Fizika va astronomiya fanlarini oʻqitishda innovatsion texnologiyalar” deb nomlangan darsligi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrugʻi. №583-т-041. –Toshkent: “Yosh avlod matbaa”, 2022-yil. 8,75 b.t.) ta’lim jarayonida amaliyotga keng qoʻllanilmoqda.



 



G.E.Qarlibayevaning rahbarligida 2019-yilda M.S.Berdibayev “Boʻlajak matematika oʻqituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish” mavzusida 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) himoyasini Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.20.02 raqamli ilmiy kengashda muvafaqiyatli himoya qildi.



2021-yilda G.E.Qarlibaevaning rahbarligida N.Z.Aytimbetov “Fizikаdаn lаborаtoriya ishlаrini integrаtiv yondаshuv аsosidа tаkomillаshtirish metodikаsi (oliy tа’lim muаssаsаlаri misolidа)” mavzusida 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori  (PhD) himoyasini Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. raqamli ilmiy kengashda muvafaqiyatli himoya qildi.



2022-yilda G.E.Qarlibayevaning rahbarligida G.A.Seytimbetova “Fizika fanini innovatsion texnologiyalar asosida oʻqitishni takomillashtirish (oliy ta’limning nofizik bakalavriat yoʻnalishlari uchun)” mavzusida 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori   (PhD) himoyasini Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/03.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengashda muvafaqiyatli himoya qildi.



G.E.Qarlibayeva institutning va Fizika-matematika fakultetining jamoatchilik ishlarida faol qatnashadi. Fakultet talabalari orasida siyosiy, tarbiyaviy, ma’rifat va ma’naviyat ishlarini olib boradi.



G.E.Qarlibayeva Oʻzbekiston Respublikasi Xalq talimi a’lochisi.



G.E.Qarlibayeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.