Yodgor Sa’diyev xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega aktyorlardan biri. U 1946-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavvallud topgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. Faoliyatini O‘zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan Yodgor Sa’diyev bugungi kunda ham mazkur teatr sahnasida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
1946-yil Toshkentda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan Yodgor Sa’diyev bolaligidan ham san’atga, ham sportga havasmand bo‘lib voyaga yetdi. Yodgor Sa’diyev birinchi oʻzbek darvozaboni boʻlgan. San’atga boʻlgan qiziqishi uni san’at yo‘liga yetakladi. 1967 yildan u san’at sohasida o‘z faoliyatini boshladi.
Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Qahramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor.
«Mirzo Ulugʻbek» spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochkaryov («Uylanish»), ertakchi («Qor malikasi»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Prometey («Olovni tashlama, Prometey»), Kichik oʻgʻil («Gʻariblar»), Bobur («Yulduzli tunlar»), Klimkov («Roʻyxatlarda yoʻq»), Arslon («Oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («Roʻyo»), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari bilan mashhur.
Teatr sahnasida omadi chopgan Yodgor Sa’diyevga kino ham begona bo‘lmadi. «Dilbarim»da Abdusalom, «Oʻn uch terak koʻchasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaboʻri, «Yengilmas»da Shayx Jaʼfar rollari bilan shuxrat qozongan.
Shuningdek, Yodgor Saʼdiyev yozuvchi Tohir Malikning «Shaytanat» romani asosida ko‘p qismlik «Shaytanat» videofilmidagi Аsadbek rolini ijro etib, kinoda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi. U videofilmning 7-21 qismlarida rejissor ham aktyor sifatida faoliyat yuritdi. Shuningdek, Yodgor Saʼdiyev yozuvchi Tohir Malikning «Shaytanat» romani asosida ko‘p qismlik «Shaytanat» videofilmini rejissyor sifatida suratga oldi va oʼzi Аsadbek rolini ijro etib, kinoda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi. 2001-yilda «Qalqon» studiyasida Y.Saʼdiyev rejissyorligida «Shaytanat» videofilmining 5 seriyalik ikkinchi qismi suratga olinib, keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi. «Shaytanat»ning 7-dan 20-qismigacha Saʼdiyev rejissyorlik ham qilgan.
Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham oʻynagan: «Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «Diyonat»da Jabbor, «Girdob»da Yoʻldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da Oʻrinboy, «Soʻnggi oʻq»da Jahongir va boshqalar. Iblis devori, Besh qismat, Jigarbandim, Xonadon, Oltin tulpor duoibadi Rejissyor sifatida «Aldagani xotin yaxshi» (J.Puare), «Tungi mehmon» (F.Bogdanov), «Hayot eshik ortida» (S.Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan.
50 yillik ijodiy faoliyatga ega bo‘lgan aktyor bir necha yillar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qalqon” studiyasiga rahbarlik qilgan. Aktyor o‘tgan yillarda yana teatrga qaytdi. Yodgor Sa’diyevning muxlislari uni O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida “Imon” spektakli bilan kutib olishdi. Ham hayotiy, ham ijodiy tajribaga ega bo‘lgan aktyorni hayot ko‘p sinovlardan o‘tkazdi, tobladi, bardoshini elakdan o’tkazdi. Sa’diyevdagi salobat, nigohlaridagi chaqin, ovozidagi viqor o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q yoki bu shunchaki aktyorlik mahorati emas. Bu taqdirning past-balandini ko‘rgan, goh achchiq, goh shirin in’omlarini totgan insonning hayotiy qiyofasi.
Yodgor Sa’diyevning samarali ijodiy mehnati munosib taqdirlanib kelinmoqda. Xizmatlari hukumatimiz tomonidan e’tirof etilib bir qancha davlat mukofatlariga munosib topildi. Xususan, 1989-yilda Hamza nomidagi Davlat mukofoti, 1998-yilda O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni, 2005-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
2016 yil Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 2018 yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan bilan taqdirlangan.
Yodgor Sa’diyev hozirda O’zbekiston milliy akademik drama teatri direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2022 yil mustaqilligimizning 31 yilligiga bagʻishlangan Usmon Azimning “Adolat fasli” spektaklida Amir Temur rolini ijro etdi.