Raximov Atanazar Karimovich 1971-yili 25-iyunda Xorazm viloyatida tugʻilgan, 1988-1993-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi TDPU), “Tabiiy geografiya” fakultetining “Geografiya-biologiya” ta’lim yoʻnalishini imtiyozli diplomga tamomlagan.
Umumiy ish staji – 35-yil (shundan, pedagogik staj 16-yil OʻzMUda, 4-yil CHDPUda, ilmiy-pedagogik ish staji – 30-yil). U mehnat faoliyatini 1993-yildan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) biologiya-tuproqshunoslik fakulteti “Gʻoʻza genetikasi muammolari” ilmiy laboratoriyasida katta laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik OʻzRFAning Genetika ilmiy-tadqiqot institutida aspiranturada tahsil olgan. 1998-yildan esa Xorazm Ma’mun Akademiyasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirgan. U 2003-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti genetika va sitoembriologiya kafedrasida assistentlik, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent v.b, dotsent lavozimlarida va 2016-yilga qadar oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, genetika va sitoembriologiya kafedrasi mudiri v.b, fakultetning oʻquv-uslubiy kengashi raisi hamda biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritgan. Bu davr maboynida oʻquv jarayonida biologiya bakalavr ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha koʻplab DTS (malaka talablar) va oʻquv rejalar hamda yangi avlod oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.
2019-yildan hozirgacha Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi CHDPU) rektorining 2019-yil 3-sentabrdagi 02-308 sonli buyrugʻiga asosan Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
U 2016-2019-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti va Respublika ta’lim markazi huzuridagi biologiya oʻquv fani boʻyicha ilmiy-metodik kengash (rais oʻrinbosari) a’zosi.
Raximov Atanazar Karimovich 2006-yil 29-noyabrda OʻzRFA Genetika va OʻEBI huzuridagi Ilmiy Kengashda “Izucheniye geneticheskogo kontrolya markyornyx priznakov pri skreshivanii novyx izogennyx liniy xlopchatnika” mavzusida 13.00.15 - Genetika mutaxassisligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasi ishini himoya qilgan.
2012-yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan. 2019-yil 12-martda oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanini oʻqitishni takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09 raqamli Ilmiy kengashda “Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Evolyutsion ta’limot” fanini oʻqitish misolida)” deb nomlangan dolzarb mavzuda doktorlik ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
A.K.Raximov Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion vazirligining ilmiy loyiha tanlovlarida faol ishtirok etib keladi. Xususan, 2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Fan va Texnologiya” markazi tomonidan e’lon qilingan A-8-6 “Gʻoʻza genetik kolleksiyasining istiqbolli liniyalari va qurgʻoqchilikga chidamli yangi navlar seleksiyasida takomillashtirilgan usullarni qoʻllash”) nomli mavzudagi loyihaga rahbarlik qilgan.
A.K.Raximov dekanlik faoliyati davomida Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi davlat muassasi shaklidagi “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bilan xoʻjalik shartnomasi tuzilib, buyurtmachi tomonidan malaka oshirish uchun xarajat toʻlovi toʻliq amalga oshirildi (2021-yil 13 Sentabr XSH № Oʻ-2).
A.K.Raximov rahbarligida 12 ta magistrlik dissertatsiya va 20 ga yaqin bakalavr malakaviy bitiruv ishlari tayyorlangan, 7 ta pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)ga rasmiy opponentlik qilgan hamda ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar (70 dan ortiq ilmiy maqola (shundan 5 ta xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarida, 2 tasi Scopus bazasidagi ilmiy nashrlarda), oliy ta’lim muassasalarining biologiya ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun 3 ta darslik, 3 ta monografiya, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta ilmiy jamoaviy monografiya, 3 ta uslubiy qoʻllanma)lar chop etilgan. 40 dan ziyod oʻquv-uslubiy-ilmiy ishlarga taqrizlar yozgan. Google scholar tizimida hirsh indeksi – 6. Elektron hisoblash mashinalariga yaratilgan dasturi uchun Oʻzbekiston Respublikasi agentligidan DGU- 04588 raqamli guvohnoma olgan. OʻzROOʻMTV tomonidan oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar uchun nashr guvohnomalari va mualliflik guvohnomalariga ega.
U oʻzining bir qancha ilmiy izlanishlarini xalqaro va respublika ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruza qilgan.
Iqtidorli, tashabbuskor talabalar va magistrantlarni ham ilmiy izlanishlarga jalb etishga jiddiy e’tibor qaratadi.
A.K.Raximov 2020-2022-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi CHDPU) huzuridagi pedagogika fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01 – raqamli va bir qancha shu kabi Ilmiy kengashlarda a’zo sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilgan “Tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini rivojlantirish innovatsion vertual markaz” rahbari (13.10.21yildagi TDPU Kengashining 3-sonli majlisi). Bugungi kunda A.K. Raximov ilmiy rahbarligida ushbu markazda universitetning “Genetika va Evolyutsion biologiya”, “Kimyo”, “Biologiya” kafedralari professor-oʻqituvchilari N.A.Mirzayeva, X.S.Nurmetov, O.O.Rasulova, A.Q.Matyaqubov, D.S.Saidovalar oʻzlarining 13.00.02 –“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha doktorlik (DSc), falsafa boʻyicha doktorlik (PhD) ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
A.K.Raximov 2019-yil 11-12-oktabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Oʻzbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzusidagi oʻtkazilgan xalqaro konferensiya tashkilotchisi.
Uning bevosita tashabbusi bilan “Tabiiy fanlar” fakulteti hududida “Agro-bio-geo-kimyo” oʻquv-ilmiy-pedagogik majmua maydonchalari tashkil etilgan va oʻquv-ilmiy-ma’naviy - ma’rifiy jarayonlarda foydalanilmoqda. Ushbu majmua “Agro (Issiqxona xoʻjaligi)”, “Bioekologik xilma-xillik”, “Zamonaviy geografik”, “Innovatsion kimyo” maydonchalaridan iborat boʻlib, maqsadi-talaba va oʻquvchilarga mashgʻulotlar olib borish jarayonida nazariya va amaliyot, ilm va fan uygʻunligini amalga oshirish, ta’limni amaliyot bilan bogʻliq holda olib borish orqali tayyorlanayotgan kadrlarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishdir. Bu esa oliy ta’limning umumta’lim maktablari bilan oʻquv, ilmiy, pedagogik va tarbiyaviy sohadagi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan ishlardan bir qismi boʻlib, institutning ustivor yoʻnalishi hisoblangan “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri”ning “Eshitdim-koʻrdim-bajardim” tamoyiliga mos keladi.
A.K.Raximov 2014-yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti” Respublika tanlovida ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorligʻi, 2019-yil 11-12-oktabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan “Oʻzbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkilotchiligi va faol ishtirogi uchun sertifikat, 2021-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston fizika jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Murakkab tizimlar nazariyasi” boʻyicha Xalqaro onlayn kollikumda “Evolyutsionnogo-geneticheskiye aspekty monitoringa ekosistemy i soxraneniya biologicheskogo raznobraziya” mavzusida ma’ruza bilan ishtiroki uchun Sertifikat, 2021-yilda institutda ilmiy tadqiqot ishlari, Xalqaro va respublika konferensiyalardagi faol ishtiroki hamda ilmiy izlanishlarda samarali faoliyati uchun institut rektori tomonidan “Ilm innovatori” faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
A.K.Raximov 2022-yil 13-28-aprel, 2023-yil 3-20-aprel kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4805-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida biologiya fani boʻyicha koʻp bosqichli (tuman (shahar), viloyat, institut)11-sinf bitiruvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan universitet olimpiadasi hamda OTMlararo bitiruvchi talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan biologiya fani boʻyicha onlayn respublika fan olimpiadasi tashkilotchisi (TVCHDPI rektorining 2021-yil 16-sentabrdagi 01-228-sonli, CHDPU rektorining 2022-yil 23-dekabrdagi 01-313 sonli hamda 2022-yil 15iyundagi 01-150 sonli buyrugʻlari). U universitetning barcha tadbirlarida faol ishtirok etadi va belgilangan vazifalarni talab darajasida oʻz vaqtida bajarib kelmoqda.
U Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorining 2019-yil 20-iyundagi 02-1099 sonli buyrugʻiga asosan “Genetika” kafedrasiga dotsent lavozimidan, shu kafedraga professor vazifasini bajaruvchisi lavozimiga qabul qilingan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektorining 2021-yil 8 sentyabdagi 02- 956 sonli buyrugʻiga asosan esa “Genetika va Evolyutsion biologiya” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi lavozimida ham oʻrindoshlik asosida faoliyat yurgizib kelmoqda.
U pedagogik faoliyati davomida xususiy va lokal darajadagi (“aqliy hujum”, “Venn”, “Klaster”, “Keys stadi”, “Pogʻonama-pogʻona”) innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan, Power Point, Internet tarmogʻida mavjud axborot resurslari hamda videoproyektor kabi multimedia ta’lim resurslaridan foydalangan holda biologiya ta’lim yoʻnalishi IV kurs bakalavr talabalariga “Genetika va Evolyutsion ta’limot”, I kurs magistrlarga “Organik olam rivojlanishi va Antropologiya” fanlaridan ma’ruza, amaliy, seminar mashgʻulotlarini tushunarli qilib yetkazib, ularni mustaqil ishlashlariga sharoitlar yaratib, oʻqitadigan fanlaridan mustaqil ish daftarlari ishlab chiqilgan hamda mashgʻulotlarda yangi ma’lumotlar asosida yuqori saviyada bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiya darajalarini oshirib kelmoqda.
Doimiy ravishda oʻzining fidoyiligi, intellektual salohiyatni yuksaltirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni targʻib qilish, har sohada boʻlayotgan yangiliklardan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarni xabardor qilish borasida ilgʻor.
Institutdagi oʻquv, uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-axloqiy va mafkuraviy muhitni yaxshilash hamda yuksaltirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirib keladi.
A.K.Raximovning rahbar-pedagog sifatidagi ish yuritish usuli halollik, qat’iy tartib-intizom, yuksak mas’uliyat, jamoaga oʻzaro hurmat, ishga talabchanlik, har sohada ozodalik va barqaror sogʻlom muhit mezonlariga asoslanadi.
A.K.Raximov oʻzining mehnatsevarligi, yuklatilgan vazifalarga sidqidildan yondashishi, oʻzi va boshqalarga nisbatan talabchanligi, oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi fidoyiligi bilan fakultet professor-oʻqituvchilar jamoasi va talabalar orasida oʻziga xos obroʻga ega.
Oilali, 5 ta farzandi bor.