Jamila Shermuhamedova 2016-yili “Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishoni, 2018-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2020-yili “Mudofaa vazirligi faxriysi” koʻkrak nishoni, 2021-yili “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni, 2021-yili “Ma’naviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni, 2021-yili "Kasaba uyushmalari kuniga bir yil" estalik koʻkrak nishoni, 2021-yili "Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlariga 30-yil" esdalik nishoni, 2022-yili Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi koʻkrak nishoni, 2022-yili "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni, 2022-yili "Mo’tabar ayol" koʻkrak nishoni, 2022-yili “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Umumiy mehnat staji - 51 yil. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi, Prezident administratsiyasi qoshidagi Ekspertlar komissiyasi a’zosi, Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi eksperti, “Zulfiya” davlat mukofoti komissiyasi a’zosi, Senat qoshidagi Xotin-qizlar Kengashi a’zosi, faxriy jamoatchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
J.Shermuxamedova oʻz mehnat faoliyatini 1972-yili Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchi lavozimida boshladi. U 1973-1976-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa yoʻnalishiga aspiranturaga qabul qilindi va keyinchalik oʻqishni Moskvadagi Lomonosov nomidagi universitetda davom ettirdi. 1977-1989-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, 1989-2004-yillarda dotsenti, 2004-2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti professori siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti, 2011-2017-yillarda “Hayot I.R.J.O” xususiy korxonasi direktori kabi turli lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini davom ettirdi.
U turli tashkilotlarda ishlash bilan bir qatorda 1991-yildan hozirga qadar Tadbirkor ayollar uyushmasi a’zosi va maslahatchisi, 1995-yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi ishbilarmon ayollar uyushmasi faxriy maslahatchisi, 2000-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi huquqshunos ayollar jamoa birlashmasining ijrochi direktori, 2000-2015-yillarda Toshkent shahar Ishbilarmon va tadbirkor ayollar jamoa birlashmasi maslahatchisi, 2005-2011-yillarda Oliy Majlis qoshidagi demokratik institutlar qoʻmitasi eksperti, 2007-yildan hozirgi kungacha Adliya vazirligi qoshidagi “Yosh oila quruvchilar maktabi” treneri, 2018-yildan Sanoat Qurilishbank “Ayollar” klubi rahbari, Oʻzbekiston Jurnalistika va kommunikatsiyalar universiteti qoshidagi “Mehr qizlar” klubi rahbari, Iqtisodiyot universiteti qoshidagi “Toʻmaris” qizlar klubi rahbari sifatida oʻz bilim va tajribasi bilan oʻrtoqlashib, jamoatchilik asosida faol mehnat qilib kelmoqda. Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi ekperti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi inovatsion gʻoyalar oshirish markazining koordinatori, Respublika oila markazida xalqaro trener, Respublika yoshlar ittifoqi qoshidagi “Qizlarjon” hamda “Qizlar ovozi” klublari doimiy spikeri sifatida yoshlar va qizlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy seminar-treninglar olib boradilar. Ta’lim vazirligi qoshidagi “Qizlarjon” maktabida yosh qizlarimizga hayot tajribalaridan namuna sifatida qizlarimizni iqtisodiy erkinligini ta’minlash, ahloqiy va estetik tarbiyaga mos turli yoʻnalishdagi seminar-treninglarni jamoatchilikda faol olib boradilar. Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy oilalarga doimiy hamkorlikdagi maslahatchi-trener. 1995-yildan shu kunga qadar Olmazor tumani 1-sonli Muruvvat uyi, Chilonzor tumanidagi Xlebushkina nomidagi “Mehribonlik uyi” va Yunusobod tumanidagi 23-sonli Mehribonlik uylariga doimiy koʻmak berib kelayotgan, sahovatpesha, fidoiy insonlardan biridir.
J.Shermuxamedova Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targʻibotchisi sifatida turli davlat tadbirlarida faol qatnashib, respublika boʻylab seminar-treninglar oʻtkazish bilan bir qatorda “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi oʻlaroq mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, keng koʻlamli bunyodkorlik islohotlarini targʻib etishdagi amalga oshirilayotgan tashabbuskorligi uchun “Yilning eng faol ma’naviyat targʻibotchisi” respublika tanlovi gʻolibi diplomi bilan taqdirlagan. Shuning bilan bir qatorda, xalqaro va millataro munosabatlarni shakllantirishda bir qancha mamlakat vakolatxonalarida doʻstona hamda bagʻrikenglik aloqalarini oʻrnatishda faol qatnashib keladilar. Xususan, Oʻzbekistondagi Ozarbayjon elchixonasi va Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlariga qoʻshgan hissalari uchun Faxriy diplom bilan taqdirlanganlar.
2019-yil davlat siyosiy hayotida katta burilish yasagan, vatandoshlarimizni Suriya davlatidan qaytarish “Mehr” insonparvarlik operatsiyasida ham J.Shermuhammedova “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi, ekspert, psixolog sifatida jabrlanganlarni faol hayotga qaytarishda inter faol seminar-treninglar oʻtkazishda oʻz xissasini qoʻshdi.
Hozirda koʻplab telekoʻrsatuvlarda (Oʻzbekiston, Madaniyat va ma’rifat, Oilaviy, Mahalla, Sevimli, Yoshlar, Milliy) oila, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoy-siyosiy oʻrni, iqtisodiy erkinligi, gender tengligi, korrupsiyaga qarshi kurash, jamiyatdagi faol siyosiy oʻzgarishlar, beshta tashabbus va iqtisodiy strategiya, inson, bolalar hamda ayollar huquqlari va ularni himoya qilish kabi masalalar bilan bogʻliq inter faol, yangi texnologik uslublarga tayangan holda ilmiy-amaliy, koʻp yillik xalqaro tajribaga asoslangan bilim va tafakkur bilan faol ishtirok etib kelmoqda. "Renesans" telekanali va "Munosabat" koʻrsatuvining doimiy eksperti sifatida faoliyat olib bormoqda. Ta’kidlash joizki, Shurmuxamedova Jamila Toshpulatovna ekspert-maslahatchi sifatida ishtirok etib, bir yil davomida “Zirapcha” teleloyihasi doirasida 5 mavsumdan iborat koʻrsatuvlar tayyorlanib, unda 80 ta tarbiyasi ogʻir, ijtimoiy nosogʻlom muhitda tarbiyalangan qizlarimizni jamiyatga sogʻlom fikr va mustaqil hayotga qaytarib, baxtli yashashga imkon yaratishga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshdi. J.Shermuxamedova koʻp yillik jamoatchilikdagi ma’naviy–ma’rifiy sohalardagi faoliyatlariga vazirliklar va tashkilotlar tomonidan “Faxriy yorliq”lar va Tashakkurnomalar bilan taqdirlanganlar.
J.Shermuxamedova Shvetsiya, Germaniya, Italiya, Angliya, Shotlandiya, Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Ukraina, Tojikiston, Qirgʻiziston, Gruziya, Armaniston, Irlandiya, Vengriya, Bolgariya, Fransiya, Avstriya, Tailand, Misr, Malayziya va Singapur kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida marketing, menejment, psixologiya, siyosatshunoslik, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ayollar va inson huquqlari, gender tenglik, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, rahbarlarning huquqiy madaniyatini oshirish, dunyo ishbilarmon ayollarining faoliyati va tajribasini oʻrganish hamda tadbiq etish kabi yoʻnalishlarda malaka oshirib, xalqaro sertifikatlarga ega.
2006-yilda Shvetsiya davlatida oʻtkazilgan Parlament saylovida mustaqil kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, tajriba almashib qaytgan.
J.Shermuxamedova oʻz professional hayot tajribasi va toʻplagan xalqaro bilimlaridan foydalangan holda Oʻzbekistonda demokratik jarayonda, qonunlar qabul qilinishida ayollarning faolligini oshirish masalasini keng targʻib qilib kelmoqda. Xususan, olib borayotgan seminar-treninglari yordamida ayollarning liderlik mahoratini, intellektual potensialini oshirish hamda uni jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga yoʻnaltirishda hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarni oldini olish, ayollar va yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni oldini olish hamda profilaktika qilish kabi dolz arb masalalarda zamonaviy inter faol uslublarni qoʻllagan holda turli seminar-treninglar olib bormoqda. Shu bilan birgalikda “Sogʻlom turmush tarzi va oila”, “Sogʻlom oila-sogʻlom bola”, “Yuksak ma’naviy madaniyatning oila turmush tarzida shakllanishi”, “Oilada konflikt jarayonlarini oldini olish yoʻllari”, “Yangi zamon ayolining imiji”, “Oilada ota-onaning imiji”, “Gender tengligi”, “Ayollarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligi”, “Globallashuv davrida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash”, “Globallashuv davrida ommaviy madaniyatning ijtimoiy oqibatlari”, “Siyosiy ong va siyosiy madaniyat” mavzularidagi xalqaro seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etgan va davom etmoqda. 2010-yilda BMT ning Oʻzbekistonda gender muammolari boʻyicha Kordinatori sifatida faol ishtirok etgan.
J.Shermuxamedova oʻz kasbiy hamda jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda. Turli ilmiy nashrlarda uning maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 1999-yilda “Проблемы взаимодействия духовной культуры и социального прогресса”, “Исламские традиции, гендерные стереотипы и права женщины-человека”, 2001-yilda “Женские проблемы: Семья и бизнес. Доклад: Женщина и общество, её экономические права и свободы, пути решения”, 2002-yilda “Межрелигиозное согласие-важное условие углубления демократических процессов в странах Центральной Азии”, “Ma’naviyati sogʻlom oilaning-ma’naviyati boy ayoli”, 2005-yilda “Место и роль женщин в демократическом обновлении общества”, “Совершенствование правовых основ межрелигиозного согласия в новом Узбекистане”, “Семья-основа культуры нравственных ценностей, основы культуры мира”, “Oʻzbekistonda gender asoslari”, 2007-yilda “От равных прав к равным возможностям-стратегия действий”, “Ayol va mustaqilliq” - Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzular to’plami. Mavzu: “Государственная защита прав женщин Узбекистана в условиях независимости”, 2008 yilda Тезисы к Докладу на научно-практической конференции на тему: “Равные права-равные возможности”, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining 90 yilligiga bagʻishlangan Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot ilmiy konferensiyasi “Гендерное равноправие в Узбекистане”, 2009-yilda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi-buyuk kelajagimiz kafolati konferensiyasi. Doklad mavzusi: “Толерантность и социально-политическая активность женщин Узбекистана в условиях глобализации, Материалы международного форума “От детства к взрослению: социальная защита, социальная работа, социальная интеграция” темы доклада: “Актуальные вопросы разработки, имплементации, мониторинга, законодательство социальной защиты детей и молодежи”, “Права женщин в Узбекистане” kabi ilmiy maqolalari turli davriy nashr, broshyura, konferensiya materiallari va ilmiy-ommabop jurnallarda hamda xorijiy jurnallarda nashr etilgan. 2019-2021-yillarda Oʻzbekistonda gender strategiyasiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalarda hamda Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. 2020-yilda professor J.Shermuxamedovaning "Hayotim falsafasidan bir tomchi…" deb nomlangan kitobi nashrdan chiqdi.
Prezidentimiz tashabbusilari bilan tashkil etilgan, 2022-yil aprel oyidan shu kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 10 ta viloyatda “Yangi Oʻzbekistonda El Aziz-Inson Aziz” shiori ostida oʻtkazilgan “Madaniyat va ma’rifat” Karvoni, “Ma’naviyat” festivali doirasida minglarcha insonlar bilan, xalq bilan muloqotda faol targʻibotchi sifatida qatnashib, xalqimizning samimiy mehr - muhabbatini qozondi. J.Shermuxamedova festival doirasida mamlakatimizda boʻlayotgan oʻzgarishlarni xalqqa targʻib qilishda ulkan xissasini qoʻshish bilan birga, har bir viloyatda oilaviy ajrimlarni, zoʻrovonliklarni oldini olish mexanizm va indekatorlaridan, inter faol metodlardan foydalangan holda seminar treninglar oʻtkazib, bir necha oilalarning ajrim holatlarini oldini olib, ushbu juftliklar oila qoʻrgʻonining saqlanib qolinishida oʻzining munosib hissasini qoʻshdi.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, mo’tabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.