Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 1991-yil 15-dekabr kuni Buxoro shahrida tavallud topgan. U 2009-2013 yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida tahsil oldi, 2013-yilda universitetni imtiyozli tugatdi. 2009-2020-yillar Buxoro shahar 123-maktab internati o‘qituvchisi, 2020-2021-yillarda Buxoro davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2021-2022-yillarda Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida, 2022-yildan hozirga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 2020-yilda yilda “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2022-yilda “Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, “O‘zbekistonning eng yosh fan doktor ayoli”, deb e’tirof etildi. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 2020-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2022-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2022-yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna tomonidan 7 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi, 12 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanmalari, 34 ta xorijiy 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari nashr etilgan.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna oliy ta’lim tizimida mehnatsevarligi, kasbiy mahorati, jonkuyarligi, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi bilan salmoqli natijalarga erishib kelmoqda.
Buni uning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘lida tayyorlagan va chop etilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan “Matematika o‘qitish metodikasi” (darslik -Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 285 b.), “Kreativ pedagogika” (darslik-Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 160 b.), “Ta’limda multimedia texnologiyalardan foydalanish” (darslik-Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 290 bet), “Matematika o‘qitish metodikasi” (darslik -Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 545 bet), “Boshlang‘ich ta’limda nazorat ishlar to‘plami” (Toshkent: Yosh kuch, 2018 y. 157 bet), “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish” (Buxoro: Durdona, 2020 y., 86 bet), “Laboratoriya mashg‘uloti uchun ishlanmalar” (Buxoro: 2019 y., 122 bet), “Boshlang‘ich sinflarda harakatga doir masalalar” (Buxoro: Durdona, 2019 y., 59 bet), “Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun matematika” (Buxoro: Durdona, 2017 y., 228 bet), “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” (-Buxoro, “Globe” nashriyoti, 2022 y., 109 bet), “Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” (Buxoro: “Durdona” nashriyoti 2022 y., 196 bet) kabi ilmiy-omabop va o‘quv-uslubiy kitoblari to‘liq namoyon eta oladi.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovnaning 4-sinflar uchun “Kreativ topshiriqlar”, 3-sinflar uchun “Kasrlar olamiga sayohat”, 4-sinflar uchun “Harakatga doir masalalarni yechish usullari”, 1-sinflar uchun “Quvnoq matematika” nomli elektron axborot-ta’lim resurslari xalq ta’limi sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun veb-sayti (http://dlpe-method.com/) yaratilgan bo‘lib, mazkur sayt masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyogarligini takomillashirishga xizmat qiladi.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna “ПЗ- 2020042147-raqamli Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli amaliy loyiha ustida ishlagan.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 2018-yil Buxoro viloyati hokimligi Xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i”, 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining “Faxriy yorlig‘i”, 2022-yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna izlanuvchi yosh olima, fidoyi ustozlardan biri sifatida mamlakatimizda ilm-fanini rivojlantirishga, talaba-yoshlarning aqliy salohiyati, innovasion hamda ilmiy saviyasini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U o‘z salohiyati va kuch-quvvatini boshlang‘ich ta’lim sohasini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini bugungi kun talablarga mos takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab maqola va kitoblar chop ettirishga sarflab kelmoqda.Saidova Mohinur Jonpo‘latovna o‘z kasbining fidoyi mutaxasisi sifatida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarini davr ruhi bilan uyg‘un bog‘lagan holda talaba va magistrlarga saboq berib kelmoqda.
Institut jamoasi o‘rtasida tashabbuskorligi hamda namunali mehnat faoliyati bilan e’tibor qozongan.
Ibratli oila bekasi, farzandlarini yurtga munosib insonlar etib tarbiyalamoqda.