Oʻzbek, 1959-yil Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tavallud topgan.Oilali, 4 nafar farzandi bor. Umumiy mehnat staji 47-yil. Texnika fanlari doktori (2015), professor (2016).
I.X.Siddikov sanoat korxonalari, shaharlar, qishloq xoʻjaligi ob’yektlari va qurilmalarining elektr bilan ta’minlash, hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlari elementlari va qurilmalari sohasida zamonaviy ilmiy, axborot, uslubiy texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va oʻquv darslarini xorijiy tajriba va uslubiyatlari bilan taqqoslash va yuqori saviyada rivojlantirish asosida ilmiy darajali va malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
I.X.Siddikov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc .13/30.12.2017.T.07.02 raqamli ilmiy Kengashning 2017-2021-yillarda Kengash raisi va 2022-yildan buyon ushbu ilmiy Kengash a’zosi, 2017-yildan buyon Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy Kengash a’zosi, 2015-yildan Oʻzbekiston Respublikasi alternativ energiya va yoqilgʻi manbaalari korxonalari assotsiatsiyasi Kengashi a’zosi va 2019-yildan “Инженерно строительный Вестник Прикаспия”, AGASU, (Rossiya) Xalqaro ilmiy-texnik Jurnal redkollegiya a’zosidir.
Siddikov I.X. xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-texnik anjumanlarda 300 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan: oliy ta’lim muassasalariga moʻljallangan va Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining ruxsati (grifi) bilan 4 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va 100 dan ortiq ma’ruza tezislari, 20 dan ortiq uslubiy ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan tan olingan 6 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi, 8 ta ixtiro foydali modeliga patent hamda 20 dan ortiq dasturiy ta’minot guvohnomasi, shuningdek kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini oʻqitishga moʻljallangan 3 ta oʻquv qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi.
2015-yili I.X.Siddikov tomonidan yaratilgan “Tokni kuchlanishga oʻzgartkich” IAP 04907 patentiga ixtiro eng yaxshi intellektual mulk ob’yekti sifatida respublika tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi boʻyicha birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan.
I.X.Siddikov Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida olib borilayotgan №574049-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-SBHE-JP “Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering-Green building(GREB (2016-2019 y., Universitet uchun xajmi 65 656 e.)” nomli Xalqaro loyihaning koordinatori boʻlib faoliyat koʻrsatgan. Ushbu loyihada Ispaniyaning Madrid politexnika universiteti, Shvetsiyaning Kirollik texnologiyalari instituti, Italiyaning Lakuila universiteti, Avstriyaning amaliy fanlar universiteti, Rossiyaning 4 ta universiteti ishtirok etgan.
I.X.Siddikov Germaniyaning ekologiya vazirligini №ВН 81182259 “Pilot project of Uzbekistan:Climate Change mitigation in rural ares of Uzbekistan-demonstration project at private farm Furqat of Pakhtakor distric in the Mirzachul steppe” mavzusidagi Jizzax viloyat Paxtakor tumani Furqat nomli xususiy fermer xoʻjaligida quvvati 10 kVt boʻlgan quyosh elektr stansiyasini oʻrnatish va ishlatish boʻyicha olib borilayotgan Xalqaro loyiha ishtirokchisidir.
I.X.Siddikov Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi davlat fan va texnologiyalari qoʻmitasining ilmiy–texnika loyihalari: IOT-2013–2-28 “Energiya tejamkor reaktiv quvvat manbalarini avtomatik rostlagichlarini sanoat korxonalarida joriy etish” (2013–2014 yy., xajmi yiliga 90 mln.soʻm, ja’mi 180 mln.soʻm) loyixasida mas’ul-bajaruvchi, BV-A3-027 “Mustaqil energiya manbali binoning elektr ta’minoti boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi (2017-2018 yy., xajmi yiliga 100 mln. soʻm, ja’mi 200 mln.soʻm) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ilmiy innovatsion fondining 7/18 - sonli “Kommunikatsiya va aloqa ob’yektlarini energetik koʻrsatkichlarini va energiya samaradorligini gibrid energiya manbalari qoʻllash asosida takomillashtirish (2018-2019 y., ikki yillik ish xajmi 192 + 243 mln.soʻm, ja’mi 435 mln. soʻm)”, Innovatsiya vazirligi Davlat buyurtmasi asosidagi №AKT-A-2021-3 – sonli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energotizim chiqish parametrlarini tadqiq qilish dasturiy ta’minoti va simulyatsion stendini tajribaviy namunasini yaratish va ishlab chiqish (2021-2023 yy., yiliga 700 mln soʻm, umumiy hajmi 2,1 mlrd. soʻm.)” mavzusidagi va “Bir va uch fazali elektr tarmoqlarida elektr energiyasining asosiy parametrlarini oʻlchash qurilmasini yaratish (2022-2023 yy., yiliga 400 mln soʻm, umumiy xajmi 800 mln. soʻm.)” ilmiy amaliy loyihalarda rahbar va Innovatsiya vazirligi Davlat buyurtmasi asosidagi №UZB-IND-2021-94 – Energy Efficient Communication and Data Flow in Smart City using CRN based loT Framework(CRN-ga asoslangan lоТ-dan foydalaniladigan “Aqlli shahar” tizimlarida energiya tejamkor aloqa va ma’lumotlar oqimi)” mavzusidagi (2021-2023 yy., umumiy hajmi 457 900 000 (Toʻrt yuz ellik yetti milion toʻqqiz yuz ming) soʻm, 1 yillik moliyaviy hajm 152 800 000 (bir yuz ellik ikki million sakkiz yuz ming) soʻm) xalqaro amaliy ilmiy-tadqiqot loyihada mas’ul-bajaruvchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
I.X.Siddikovning ilmiy tadqiqot va doktorlik dissertatsiya ishlari natijalari 30 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida amaliy qoʻllanilgan boʻlib, korxonalar bergan ma’lumotnomalariga koʻra 2014-yilda olingan faktik yillik iqtisodiy samara 1,7 mlrd. soʻmdan ortiqni tashkil etgan.
I.X.Siddikovning ilmiy rahbarligida quyidagi iqtidorli talabalar Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrini gʻolibi boʻlishgan:
1. Kayumov Muzaffar (2014-yili) - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 56-12-ETu - guruh talabasi,
2. Nishonova Moxida Ashurali qizi (2017-yili) -Andijon mashinasozlik institutining 35 - 14 EEEu – gurux talabasi,
3. Olimova Shaxloxon Baxtiyor qizi (2020-yili) Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 517-17 –AVT u guruh talabasi.
I.X.Siddikov quyidagi olimlarning fan doktori (DSc) va texnika fanlari boʻyicha nomzodlik va falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan:
1. Maxmudov Maksud Idrisovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasiga (mavzusi “Прибори и методы контроля параметров технологических средств в системах очистки и использования производственных сточных вод” – (2018-y.).
2. Piseskiy Yuriy Valeryevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasiga (mavzusi “Методы ис устройства дистанционного мониторинга” – (2019-y.).
3. Jumayev Odil Abdujalilovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasiga (mavzusi “Интеллектуализация систем контроля и управления параметров расхода жидких и газообразных сред в условиях неопределенности информационных потоков” – (2019-y.).
4. Xushboqov Baxtiyor Xudoymurodovichning texnika fanlari nomzodi (t.f.n.) dissertatsiyasiga (mavzusi “Многопредельные трансформаторы тока для систем управления устройствами электроснабжения железнодорожного транспорта” – (2010-y.).
5. Balgayev Nurjan Yerjanovichning texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Гальваномагнитные датчики больших токов для систем контроля и управления” – (2011-y.).
6. Sulliyev Absaid Xurramovichning texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Бипараметрические резонансные датчики движения для систем контроля и управления” – (2011-y.).
7. Abdujapparova Mubarak Baltabayevnaning – texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Разработка метода оценки пропускной способности широкополосного доступа телекоммуникационной сети” – (2018-y.).
8. Ataullayev Nodirjon Odilovichning – texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Магнитомодуляционнные преобразователи постоянного тока для систем управления автономными источниками питания” - 2018-y.).
9.Zakirov Ruslan Gilmullayevichning – texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Создание системы дистанционного контроля параметров воздушного судна”-2019-y.).
10.Ataullayev Aminjon Odilovichning – texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Texnologik jarayonlar boshqaruv tizimlari uchun xalqasimon kanalli elektromagnit oʻzgartgichlar” - 2019-y.).
11.Jumaboyev Sarvar Xamrayevichning texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Nazorat va boshqaruv tizimlari toklar farqini oʻlchovchi induksion oʻzgartgichlar” -2021-y.),
12.Ortiqov Mironshoh Sodiqovich texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Elektromagnit usullari asosida poyezdlar xarakat xavfsizlik tizimi uchun defektoskop qurilmasi” - 2021-y.).
13. Babanazarova Nargisa Kamilovna texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Дистанционные трансформаторные преобразователи тока для систем контроля режимами высоковольтного оборудования” - 2021-y.).
14.Yuldashev Nurulla Raxmatullayevichning texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Nazorat va boshqaruv tizimlari uchun burchak siljishlari farqini oʻlchovchi transformator oʻzgartirgichlar” -2022-y.).
15.Abdullayev Xusniddin Xuseyn oʻgʻlining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga (mavzusi “Biogaz olishning axborot – boshqaruv tizimi” – 2023-y.).
I.X.Siddikovning ilmiy rahbarligida 2012-yilda Jizzax politexnika instituti mustaqil tadqiqotchisi Nazarov Furqat Daminovich “Elektr ta’minoti qurilmalari boshqaruv tizimlari uchun koʻp fazali toklarni kuchlanishga elektromagnit oʻzgartkichlar” mavzusidagi, 2019-yilda Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 – bosqich doktoranti Xujamatov Xalimjon Ergashevich “Telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minoti manbalarini adaptiv boshqaruv modellari va vositalari” mavzusidagi, 2020-yilda Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Abubakirov Azizjan Bazarbayevich “Qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr ta’minoti tizimlari reaktiv quvvati boshqaruvining koʻp fazali toklari datchiklari modellari va tuzilish tamoyillari” mavzusidagi, 2021-yilda Jizzax politexnika instituti “Elektroenergetika” kafedrasi mudiri Anarbayev Muxiddin Almanovich “Reaktiv quvvatni boshqarish tizimlari uchun funksiyalarining imkoniyatlari kengaytirilgan elektromagnit tokni kuchlanishga oʻzgartgichlar” mavzusidagi, 2022-yilda Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya” kafedrasi dotsenti Maksudov Moxirbek Tolibjonovich “Asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruvini uch fazali tok oʻzgartgichlari” mavzusidagi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3-bosqich doktoranti Xasanov Doston Toʻrayevich “Telekommunikatsiya ob’yekti energiya ta’minoti manbalarining simsiz sensor tarmoqlar asosidagi monitoring modeli” mavzusidagi, Buxoro muxandislik texnologiyalari instituti katta oʻqituvchisi Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich “Energetik samaradorlikni nazorat va boshqarishning axborot-dasturiy ta’minoti va qurilmalari” mavzusidagi, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi Abdumalikov Akmaljon Abduxoliq oʻgʻli “Infokommunikatsiya obyektlarining energiya ta’minotini masofadan monitoring algoritmlari va apparat-dasturiy majmualari” mavzusidagi 2023-yilda Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya” kafedrasi dotsenti Boixonov Zaylobiddin Oʻrazali oʻgʻli “Asinxron motor reaktiv quvvatining nosimmetrik kattaliklarini boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok oʻzgartkichlari” mavzusidagi texnika yoʻnalishida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Xozirda PhD, dotsent F.D.Nazarov Jizzax politexnika instituti texnika fakulteti “Elektroenergetika” kafedrasida dotsent, PhD, dotsent H.E.Xoʻjamatov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti komyuter injineringi fakultetida dekan, PhD, dotsent A.B. Abubakirov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Elektrotexnologiya va metrologiya” kafedrasida mudir, M.A.Anarbayev Jizzax politexnika instituti “Elektroenergetika” kafedrasida mudir, M.T.Maksudov Andijon mashinasozlik institutida dekan, D.T.Xasanov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Ma’lumotlar uzatish tizimlari” kafedrasida mudir, N.N.Mirzoyev Buxoro muxandislik texnologiyalari instituti “Energoaudit” kafedrasida dotsent, A.A.Abdumalikov Oʻzbekoiton Milliy universiteti Jizzax filialida ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini, Z.Oʻ.Boixonov Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqdalar.
I.X.Siddikov faoliyati mobaynida minglab soxa mutaxassislari-muxandislar, bakalavrlar va magistrlarning diplom loyihalari, malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga raxbarlik kilgan.
I.X.Siddikov 2016-yili Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AK Oʻztelekom “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish” filialida “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi filialini, 2018-yili Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” oʻquv ilmiy innovatsion laboratoriyasini, rivojlangan mamlakatlar universitetlari bilan hamkorlikda va Yevropa ittifoqi ЭРАСМУС+ dasturi asosida “Koʻp predmetli tadqiqotlar" ilmiy amaliy tadqiqotlar markazini, 2021-yili Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazida “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi filialini va “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ilmiy tadqiqot institutining “Raqamli energetika” laboratoriyasini tashkil etishda rahbar sifatida ishtirok etdi.
I.X.Siddikovning ishtirokida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021/2022 oʻquv yilida 70710601 - Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) magistratura mutaxassisligi va 2022/2023 oʻquv yilida 70710600 - Elektrenergetika (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) bakalavriatura yoʻnalishi boʻyicha qabul amalga oshirildi.
I.X.Siddikov “Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti, Jizzax politexnika instituti, Andijon mashinasozlik institutining ilmiy tadqiqotchilari, magistr va bakalavrlariga mutaxassislik va ilmiy tadqiqot asoslari fanlaridan, 1997-yildan to shu kungacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AK Oʻztelekom “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish” filialida va Oʻzbekiston respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida soha xodimlariga elektr energiya ta’minotidagi innovatsiyalar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash, koʻrsatma va yoʻriqnomalardan foydalanish asoslari, zamonaviy va qayta tiklanuvchi energiya ta’minoti manbalari, boshqaruv qurilma va vositalari, energiya tejamkorligini va samaradorligni amalga oshirish fanlaridan malaka oshirish darslarini yuqori darajada ta’minlash bilan bir qatorda 2023-yildan Jahon Bankining loyihalarni boshqaruv guruhi filialida “Energiya samaradorlikni oshirish” koordinatori sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Siddikov Ilxomjon Xakimovich oʻzining tirishqoqligi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sidqidildan yondashishi, hamkasblariga munosabati va namunali xulqi bilan jamoatchilik oʻrtasida hurmat va e’tiborga ega.