Tashmatov Shuxratjon Xamroyevich, 1959-yilda, Toshkent shahrida ziyoliy oilasida tug‘ilgan. U Toshkent shahridagi 59- o‘rta maktabni 1976- yilda tugatib OʻzMU (TashGU) ning tarix fakultetiga oʻqishga kirdi. Ushbu universitetni 1981-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. O‘zining mehnat faoliyatini 1982-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida katta laborantlik lavozimidan boshlab 1982-1986-yillarda kofedra assistenti, 1987-1990-yillarda Xalq xo‘jaligi tarixi kafedrasida kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga kirib o‘qidi. U 1990-yilda “1929-1937-yillarda xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishda “O‘zbekiston va Rossiya Respublikalarining hamkorligi” mavzusida dissertatsiyani himoya qildi va tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Shu bilan birgalikda TDIU ning “Iqtisodiy tarix” kafedrasida katta o‘qituvchi, 1995-yildan dotsent, 2008-yildan buyon professor lavozimlarida faoliyat koʻrsatib, talabalarga tahsil berib kelmoqda.
Sh.Tashmatov respublika bank tizimining tarixi va rivojlanish davrlarini o‘rganishga qiziqqanligi sababli ilmiy izlanishlarni shu muammolarni o‘rganishga qaratdi.
2006-yilda U Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha D.067.02.15 raqamli Ixtisoslashgan kengash majlisida “Oʻzbekistonda bank tizimining rivojlanishi tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Sh.Tashmatov respublikamiz uchun iqtisodchilar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
U qator ilmiy risolalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar va ko‘plab maqolalar, jami 116 bosma taboqdan ortiq nashr namunalari muallifidir.
Tashmatov Shuxratjan Xamroyevich Davlat ta’lim standartlarini yaratish hamda ular asosida oʻquv va ishchi oʻquv dasturlarini tayyorlashda faol ishtirok etadi, jumladan:
-230000 – Iqtisodiy ta’lim sohasining barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan oʻquv, ishchi dasturlari va talabalar ish daftarini tayyorladi.
Sh.X.Tashmatov 2011-2014-yillarda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti prorektori lavozimida ishlagan vaqtida Mustaqillikning 23 yilligiga bagʻishlangan “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida goʻzal Oʻzbekistonim!” mavzusida ma’ruza tayyorladi va barcha kurs murabbiylariga taqdim etdi (03.02.2011-yil);
“Talabalarning burchlari, huquq va vazifalari” toʻgʻrisidagi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining korporativ odob-axloq kodeksi toʻgʻrisidagi Nizomning mohiyati haqida talabalar bilan suhbatlashdi (10.09.2011-yil);
“Sogʻlom bola yili” davlat dasturining asosiy yoʻnalishlari haqida davra suhbati oʻtkazdi (17.09.2014-yil);
“Ustoz otangdek ulugʻ”, “Murabbiylik sharafli kasb” mavzusida suhbat oʻtkazdi (08.10.2013-yil);
Terrorizm, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm gʻoyalari, ularning zararli oqibatlari va ularga qarshi kurash haqida talabalarga taqdimot namoyish qildi (15.11.2009-yil);
“Mirzo Ulugʻbek hayoti va ijodi” haqida davra suhbati oʻtkazdi (22.12.2010-yil);
“Ota-onalar va qadriyatlarni qadrlash – milliy qadriyat” mavzusida debat oʻtkazdi (05.11.2010-yil);
“Muhammad ibn Al Xorazmiy hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbatini oʻtkazdi (12.11.2010-yil);
“Imom al Buxoriy hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbatini oʻtkazdi (19.11.2010-yil);
“Giyohvandlik inson hayotining zavoli” mavzusida taqdimot qildi (26.11.2011-yil);
“Talabalik oltin davrim” mavzusida davra suhbatini oʻtkazdi (03.12.2011yil);
“Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan Qomus” mavzusida talabalar bilan davra suhbatini tashkillashtirdi (10.12.2011yil);
“Vatanparvarlik, doʻstlik, birodarlik, tolerantlik va qardoshlik” haqida suhbat oʻtkazdi (17.12.2011yil);
“Ogohlik davr talabi” haqida ma’ruza tayyorladi (24.12.2011yil).
Sh.X.Tashmatov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazishni tashkil qilish bilan birga oʻzi ham faol ishtirok etdi. 2013-yilda Respublika Oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Siz konstitutsiyani bilasizmi?” tanlovida Toshkent davlat yuridik universitetidan keyin talabalari ikkinchi faxrli oʻrinni egalladi.
Sh.X.Tashmatov 2014-2016-yillarda Fargʻona davlat universiteti rektori lavozimida ishlab professor oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga, shuningdek, talabalarning turli tanlovlarda faol ishtirok etishi va sovrinli oʻrinlarni olishlariga munosib hissa qoʻshdi. Jumladan, Xorijiy tillar yoʻnalishi magistranti N.Xasanova 2014-yilda Prezident stipendiyasi sovrindori boʻlgan boʻlsa, 2016-yil “Tasviriy san’at va rassomchilik” fakultetining IV bosqich talabasi I.Raxmatova ham shu stipendiya sovrindori boʻldi.
2015-yilda Fargʻona davlat universitetining 85 yilligi katta e’tibor bilan nishonlandi. Yubileyga bagʻishlab “Fargʻona davlat universiteti” nomli ИИ tomlik ilmiy-ommabop kitob Sh.X.Tashmatov taxriri ostida tayyorlandi. Uning birinchi tomi 37 bosma taboq va ikkinchi tomi 51 bosma taboqdan iborat.
2016–yilda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan “Talaba yoshlar universiadasida” FarDU talabalari jami 63 ta medaldan 48 tasini qoʻlga kiritdilar, bu esa umumiy hisobda universitetning respublikada sharafli ikkinchi oʻrinni olishlariga imkon berdi.
Sh.X.Tashmatov 2015-2016-yillarda Erasmus+dasturi doirasida ModeHed, MAGNET ва CАCТLЕ grantlari sovrindori boʻlgan va ushbu grandlar asosida koʻplab loyihalarda ishtirok etgan. 2015-yilda Leypsig (Germaniya) universiteti va FarDU magistir va bakalavrlarning tajriba almashinuvini qayd etgan hamkorlik memorandumini tashabbuskori boʻldi.
Shuningdek FarDU kollektivi Sh.X.Tashmatov rahbarligida universiadaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida asosiy bino va talabalar turar joylarini toʻliq rekonstruksiya va kapital ta’mirlashga erishdilar. Universitetning hozirgi holati va manzarasi tubdan oʻzgarib yangicha qiyofaga kirdi.
Tashmatov Shuxratjon Xamroyevichning 2002-yilda hammualliflikda chiqarilgan “Iqtisodiy talimotlar tarixi” darsligi 2004-yilda OUMTV tomonidan oʻtkazilgan yilning eng yaxshi darsligi tanlovida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi va diplom bilan mukofotlandi.
2005-yil hammualliflikdagi “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” nomli oʻquv qoʻllanmasi “Yilning eng yaxshi oʻquv qoʻllanmasi” Iqtisodiyot universiteti tanlovida gʻolib boʻlib, nashr qilindi.
Sh.X.Tashmatov 2012-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining tashakkurnomasi, 2015-yilda esa, Fargʻona viloyati hokimining tashakkurnomasi va mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalariga koʻra, Sh.X.Tashmatov oʻz ilmiy-pedogogik faoliyati davomida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini toʻla qoʻllab-quvvatlovchi sogʻlom fikrli, axloqiy poklikka sodiqlik, yuqori darajadagi madaniyatlilik, maqsad sari intilish va tashkilotchilik qobiliyati shakllangan, oʻziga va talabalarga nisbatan talabchan, talaba shaxsiga hurmat bilan qarovchi inson sifatida universitet va fakultet miqyosida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-sport tadbirlarida faol ishtirok etmoqda, iste’dodli va iqtidorli talabalarning turli ilmiy tadbirlar: konferensiya, seminarlar, Respublika olimpiadalari va forumlarida ishtirok etishlarini tashkil etib kelmoqda. Shuningdek “Ustoz-shogird” tizimida mas’uliyatlik bilan ish olib borib, talabalarning oʻquv va malakaviy amaliyotlarini korxonalarda oʻtishi, yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.
Sh.Tashmatov bir kator xorijiy davlatlar konfirensiyalarida faol ishtirok etish bilan birga 2013-yilda Magdeburg (Germaniya), 2019-yilda Praga (Chexiya) shaharlarida boʻlgan ilmiy anjumanlarda “Germaniya tarixiy maktablarining jahon iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘rni ” mavzusida ilmiy doklad qildi.
Shuningdek, Sh.X.Tashmatovning tashabbusi va harakati bilan Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari universitetlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, ixtisoslik fanlaridan yaratilgan oʻquv dasturlari, ishchi oʻquv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, fanlar boʻyicha modullar, amaliy mashgʻulotlar uchun masalalar, keys stadilar, oʻquv loyihalari, barcha nazorat turlari uchun topshiriqlar, umumiy nazorat savollari, testlar, glossariyni oʻz ichiga olgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga mos keluvchi oʻquv-uslubiy majmualar muallifi hisoblanadi.
2004-yilda hammualliflikdagi “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” nomli oʻquv qoʻllanmasi “Yilning eng yaxshi darsligi” respublika tanlovida faxrli ikkinchi oʻrinni olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus, xalq ta’limi vazirliklari, hamda “Iste’dod” jamgʻarmasining II darajali diplomi bilan taqdirlandi.
2012-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining Oʻzbekiston Respublikasi “Konstitutsiyasining 20 yilligi” munosabati bilan yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlaridagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2016-yilda “Yagonasan, muqaddas Vatan!”tanlovida FarDU talabalari birinchi faxrli oʻrinni egallaganligi uchun Sh.Tashmatov Fargʻona viloyati hokimining “Tashakkurnomasi” va “Faxriy yorligʻi” bilan mukofotlandi.
Sh.X.Tashmatov 2021-yilda O‘zR Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.