Olim

TO‘RAYEV SHAVKAT SHUXRATOVICH

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Toʻrayev Shavkat Shuxratovich 1982 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʼilgan. U Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 128-son litseyni tamomlab, 1999 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʼqishga kirgan va 2003 yilda ushbu universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2003-2005 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasida tahsil olgan.



Mehnat faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tasarrufidagi Toshkent Bank hisob-kredit kollejida oʼqituvchi lavozimidan boshlagan.



2004-2013 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi «Moliya» kafedrasida bosh mutaxassis, katta oʼqituvchi, dotsent, oʼquv ishlari, boshqaruv kadrlari marketingi va amaliyot boʼlimi boshligʼi lavozimlarida xizmat qilgan.



2013 yilning fevral-sentyabr oylarida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qoʼmitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazi direktori oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.



2013-2021 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani lavozimida xizmat qilgan.



2022-2023 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi professori va kafedra mudiri vazifalarida faoliyat olib borgan.



Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.



2007 yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi, 2021 yilda iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini, 2009 yilda dotsent, 2023 yilda professor ilmiy unvonini olgan. Uning tomonidan monografiyalar, maqolalar, oʼquv qoʼllanmalar, uslubiy tavsiyalar tayyorlangan va bir nechta maqolalari chet mamlakatlarda chop etilgan. Jumladan, 160 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan, shundan 4 ta monografiya, 10 dan ortiq oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar va 100 ortiq ilmiy maqolalar hamda tezislar.



Sh.Toʻrayev oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimidagi attestatsiya jarayonlarida samarali qatnashib kelmoqda. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi DSc.20/13.05.2020.1.23/01 raqamli Ilmiy kengash, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi texnika fanlari boʼyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli Ilmiy kengash, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengash va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.1.16.01 raqamli Ilmiy kengashlar aʼzosi.



Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi DSc.20/13.05.2020.1.23/01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar raisi oʼrinbosari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi hisoblanadi.



Sh.Toʻrayev Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oʼzbekiston Respublikasi OAK Siyosiy, sotsiologik, islomshunoslik tadqiqotlari va falsafiy-pedagogik soha ijtimoiy jarayonlari boʼyicha ekspert kengashi tavsiyasiga asosan “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish ilmiy asoslari va amaliy yoʼnalishlari” fanidan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi, Oʼzbekiston Respublikasi OAK Iqtisodiy va raqamli iqtisodiy integratsion tadqiqotlar fanlari boʼyicha ekspert kengashi tavsiyasiga asosan 08.00.07-«Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi boʼyicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi raisi.



Sh. Toʻrayev 2023 yildan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish institutiga qarashli Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-metodik birlashma raisi hisoblanadi.



Sh.Toʻrayev 2019 yildan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati “Byudjet va iqtisodiy islohotlar” qoʼmitasining Ekspert kengashi aʼzosi sifatida ishlab chiqqan taklif va tavsiyalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda normalarini takomillashtirishda inobatga olingan. U 2022 yildan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Iqtisodiyot fanlari” boʼyicha Ilmiy-texnik kengashi aʼzosi sifatida mamlakatmizda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Shuningdek, Sh.Toʻrayev Hindistonning “Thematics Journal of Economics” iqtisodiy jurnali va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish statistik tadqiqotlar institutining «O‘zbekiston Statistika axborotnomasi» elektron jurnali tahririyati aʼzosi hisoblanadi.



Shuningdek, Sh.Toʻrayev 2021 yildan “Turon” Fanlar akademiyasi akademigi, 2022 yildan Rossiya Federatsiyasining Xalqaro telekommunikatsiya akademiyasi va 2023 yildan Xalqaro menejment akademiyasi aʼzosi hisoblanadi.



Sh.Toʻrayev Niderlandiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, АQSh, Hindiston, Xitoy va Rossiya Federatsiyalari oliy taʼlim muassasalarida malakasini oshirgan.



U “Аspirant, doktorant va tadqiqotchilarning Respublika ilmiy-amaliy anjumani va ilmiy ishlari tanlovi”da qatnashib, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Faxriy yorligʼi bilan taqdirlangan.



Sh.Toʻrayev Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi (RAE) Prezidiumining (2023-yil 21-sentyabrdagi 1141-sonli) qarori bilan ilm-fandagi yutuqlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Ushbu Orden jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qoʼshgan olimlarga beriladi.



Shuningdek,2023 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligining buyrugʼi bilan “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.



Sh.Toʻrayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori sifatida universitetda taʼlim-tarbiya ishlarini va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish hamda oʼtkazishda tashabbus koʼrsatib, shuningdek, talabalar bilan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan doimiy suhbatlar tashkil qilib kelmoqda,



U zamonaviy interfaol oʼqitish usullarini puxta egallagan, shu bois maʼruza va seminar darslarini zamonaviy pedagogik usullardan, yaʼni aqliy hujum, munozara, debat, tanqidiy fikrlash, keys-stadi, ilmiy prezentatsiyalar, kichik guruhlarda ishlash usullarini qoʼllagan holda olib boradi. Maʼruza va seminar darslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllash orqali turli xil taqdimotlar hamda multimedia taʼlim resurslaridan foydalangan holda yuqori saviyada oʼtadi.



Toʻrayev Shavkat Shuxratovichning ilmiy rahbarligi ostida 6 nafar ilmiy darajaga talabgor shogirdlari tadqiqot olib bormoqda hamda 2013-2022 oʼquv yillarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 20 dan ortiq magistrlari hamda 30 dan ortiq bakalavrlari oʼz tadqiqot ishlarini himoya qilgan. Shuningdek, 2 nafar “Beruniy” nomidagi davlat stipendiantlari tayyorlagan.



Sh.Toʻrayev tomonidan tayyorlangan oʼquv dasturlari, oʼquv-tarqatma materiallari va oʼquv qoʼllanmalaridan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining oʼquv jarayonlarida faol foydalanib kelinmoqda.



Shavkat Toʻrayev doimiy ravishda oʼz malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qatʼiyat bilan ishlaydi. U davlat siyosatini qoʼllab-quvvatlaydi.



Toʻrayev Shavkat Shuxratovich oʼziga yuklatilgan barcha vazifalarda maʼsuliyatliligi, halolligi, tashabbuskorligi hamda mehnatsevarligini namoyon qilib, tajribali yosh iqtisodchi olim sifatida, talabchan mohir tashkilotchi sifatida hurmat-eʼtibor qozonib kelmoqda.