Olim

UMAROV ABDUSALOM VAXITOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Umarov Abdusalom Vaxitovich 1960-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.  1977-yil Toshkent shahridagi 192-sonli umumtalim maktabini bitirgan. Umarov Abdusalom Vaxitovich 1977-1982-yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) Fizika fakultetida tahsil olgan. U 1982-1995-yillar davomida Toshkent davlat universiteti da aspirant, assistant dotsent lavozimlarida  faoliyat yuritgan. 1988-yilning 11-martida 01.04.10 – “Yarim otkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Poliakrilonitril asosidagi yarim o’tkazgichli piropolimerlarning elektr o’tkazuvchanlik mexanizmini tadqiq qilish” mavzusidagi dissertatsiya ishini M. Kalinin nomidagi Peterburg politexnika institute qoshidagi ilmiy kengashda professor Magripov Maxmud Asqarovich ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan va fizika-matematika  fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.   1989-yil dotsnt ilmiy unvonini ham oladi. Umarov Abdusalom Vaxitovich turli nufuzli Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy jurnallarda, ilmiy, amaliy, nazariy va texnikaviy anjumanlarda 350 dan ortiq ilmiy izlanish natijalari chop etilgan.



Umarov Abdusalom Vaxitovich 1995-yil respublikada birinchi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi qoshidagi “Ijtimoiy yonalishdari Respublika maxsus gimnaziyasi”ni tashkil etishda qatnashib 7 yil unga rahbarlik qildi.   Umarov Abdusalom Vaxitovich 2008-yil Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” DUKda doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va texnika fanlari doktori ilmiy darajani qo’lga kiritadi.



U 2008-yildan 2012-yilga qadar Toshkent temir yol muhandislari instituti Fizika kafedrasiga boshchilik qilib, o‘zining pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 2011-yil professor ilmiy unvonini oladi.



2012-yil Mirzo Ulug֮bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prorektorligiga tayinlanadi.



2013-yil Namangan davlan universiteti rektorligiga tayinlanadi. Namanganda universitet faoliyati bilan bir qatorda viloyatning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi va viloyat deputatlari kengashi deputatligiga saylanadi. Namangan davlat universitetida qator o‘zgarishlarni amalga oshiradi, Jumladan, universitet qoshida “Xorijiy tillarni o‘rganishga ixtisoslashgan Ibrat nomidagi ixtisoslashgan maktab”, “Ibrat” muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar shular sirasidan.



2018-yil Toshkentga qaytib O‘zbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi xuzuridagi Respublika talim markazini boshqaradi.



       2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti “Tabiiy fanlar” kaferdasiga boshchilik qiladi.



        2021-yildan Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.



Umarov Abdusalom Vaxitovich ilmiy faoliyatini doim davom ettirib kelgan, u 1 nafar fan doktori (DSc) 7 nafar fan nomzodi (PhD)  ilmiy darajaga ega shogirdlarni tayyorlagan bo‘lsa, bugungi kunda 10 dan ortiq shogirdlari himoya arafasida turishibdi.



Faolligi, kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish ko‘nikmasiga ega ekanligi, yurtimiz tarixini mukammal bilganligi hamda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan chet tillarini (rus va ingliz tillari) puxta egallagan. U har yili o’tkazilayotgan “Zamonaviy materialshu-noslik: dolzarb masalalar, yutuqlar va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy anjumanning tashkilotchisi va ilmiy rahbari. Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Umarov Abdisalom Vaxitovich fidoyi, vatanparvar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglaydigan olim.



Umarov Abdusalom Vaxitovich to‘rt nafar farzand, 6 nabiraning otasi.